HARBIY ISH ASOSLARI O‘QUV BO‘LIMI AMALIY MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISHDA “HAMKORLIKDA ISHLASH” USULIDAN FOYDALANISH




Download 5,41 Mb.
bet94/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151
HARBIY ISH ASOSLARI O‘QUV BO‘LIMI AMALIY MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISHDA “HAMKORLIKDA ISHLASH” USULIDAN FOYDALANISH
Usmanov A.A.– Nizomiy nomidagi TDPUHarbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, rezervdagi podpolkovnik
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining ta’lim muassasalarining oldida o‘quv-tarbiyaviy jarayoni sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, talimda ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish, qobiliyatli o‘smirlarni saralab olish, zamonaviy xorijiy ta’lim metodlari va texnologiyalarini milliylashtirish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan yosh kadrlar potensialini tarbiyalash va shakllantirish, yangi o‘quv adabiyotlari, moddiy-texnik baza, zamonaviy jihozlar va zamonaviy ta’lim texnika vositalari bilan mustahkamlash hozirgi kunda ham ustuvor vazifalardan bo‘lib turibdi.

Hozirgi kunda ham ta’lim jarayonida bo‘lgan texnologiyalarni harbiy talim jarayoniga adaptatsiyalash masalasi ham kun tartibida turibdi. Gap shundaki, harbiy ta’limning o‘ziga xos tomonlari, uning amaliy mashg‘lotlarida qo‘llaniladigan tushuntirish, ko‘rsatmalilik, mashq qilish kabi metod va usullari hozirgi kunda ham amalda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda, shuningdek, harbiy ta’lim mashg‘ulotlari nazariy, amaliy, ko‘rgazmali, taktik, taktik – saf, nazorat shakllaridan iborat ekanligi, ularning aksariyat qismi amaliy bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Nizomlari talablariga binoan olib borilishi, otish tayyorgarligi mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borilishida o‘quv va jangovar qurollar bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatma va yo‘riqnomalar talablariga qa’tiy amal qilinishi, shuningdek, mashg‘ulotlarning aksariyat qismi o‘quv-moddiy bazalar bilan chambarchars bog‘liqligi, harbiy ta’lim mashg‘ulotlarining o‘ziga xos tomonlarini namoyon etadi.

Harbiy ta’limdagi o‘ziga xosliklar tufayli, harbiy ta’limdan dars beruvchi ayrim ofitser, professor – o‘qituvchilar tomonidan harbiy ta’limni texnologiyalashtirishga hojat yo‘qligini ta’kidlashib, harbiy ta’limdagi an’anaviy metodlardan voz kechmaslik lozimligini uqtiradi, lekin bu fikrni bir tomonlama aytilgan deb hisoblash kerak. Chunki harbiy ta’lim ham ta’limning bir turi sifatida metodik va texnologik tomondan rivojlantirilishi davr talabi bo‘lib qolaveradi. Harbiy ta’limda qo‘llanadigan metod va texnologiyalar to‘g‘risida soha o‘quv qo‘llanmasida ma’lumot bor. Bu o‘rinda gap qaysi harbiy fan va qaysi mavzuni o‘tishda qanday metod va texnologiyani tanlashda qoladi.

Bizning nazarimizda, harbiy ta’lim mashg‘ulotlarida “hamkorlikda ishlash” usulining imkoniyatlari kengroqdir.




Download 5,41 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151




Download 5,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



HARBIY ISH ASOSLARI O‘QUV BO‘LIMI AMALIY MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISHDA “HAMKORLIKDA ISHLASH” USULIDAN FOYDALANISH

Download 5,41 Mb.