Temurbeklar maktabi




Download 5,41 Mb.
bet96/151
Sana01.04.2021
Hajmi5,41 Mb.
#13872
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151
Xaydarov B. B. – Nizomiy nomidagi TDPU Harbiy ta’lim fakulteti katta o‘qituvchi, zahiradagi podpolkovnik
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-sonli qaroriga asosan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi” tasdiqlandi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.

Yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish uchun tayyorlash davlat miqyosidagi vazifadir. Ushbu vazifani hal qilishda chaqiruvga qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik dasturi tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tashkillashtirladi va olib boriladi.

Ushbu dasturga asosan “Chaqiriqqa qadar boshlanqich harbiy ta’lim” fani majburiy fan bo‘lib o‘rta maxsus va kasb - hunar ta’limi muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladi. Harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlarga ilk harbiy bilimlarni o‘rgatadi, jumladan Vatanga muhabbat, sadoqat, qasamyodga sodiqlik, qisqagina qilib aytganda harbiy vatanparvalik tarbiyasi shakllantiradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni o‘rganish natijasida talabalar quyidagi bilimlarni shakllantirish kerak:

– o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim o‘quv yurtlaridagi “Yoshlarning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarligi” mashg‘ulotlari davomida va darsdan tashqari tadbirlar, shakl va metodlari, mudofaa va sport ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasini;

– “Vatanparvar”, “Salomatlik” normalari va “Shunqorlar” harbiy sport o‘yinini tashkil qilish va o‘tkazishni, o‘quv-dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish, “Yoshlarning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarligi” fanining tugashiga baq‘ishlangan bayramlarni o‘tkazishni.

– “harbiy vatanparvarlik tarbiyasi” fanini o‘rganish natijasida talabalar quyidagilarni bajara olishi zarur:

– o‘quvchilar harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlaridagi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, ya’ni xalqimiz jangovar va mehnat shuhratiga sazovor bo‘lgan joylariga safarlar uyushtirish;

– urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, Qurolli Kuchlar askarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish;

– harbiy vatanparvarlik mavzusi bo‘yicha nazariy konferensiyalar o‘tkazish, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun nomzodlar tanlash va tayyorlash;

– harbiy ish asoslarini o‘rganish uchun harbiy to‘garaklar tashkil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlashning qayta ko‘rilishi harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuniy va tashkiliy–uslubiy tomonlaridan to‘laroq foydalanishni talab qiladi. Tarbiyaviy tadbirlar samaradorligi tahlili, harbiy vatanparvarlik tarbiyasining amaliyoti bilan berilgan va tekshirilgan an’anaviy shakllarni tanlash va mustahkamlash, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash vazifalarini zamonaviy sharoitlarda yanada to‘la tatbiq qiladigan yangi shakllarini qidirish zarur.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi o‘quvchi shaxsiyati har tomonlama rivojlanishi qonunga muvofiq natijasi, u tomonidan ijtimoiy madaniyat barcha boyliklarining o‘zlashtirilishidir, sog‘lom inson haqida gapirganimizda nafaqat jismoniy sog‘likni, balki bunyodkor g‘oyaga ega bo‘lgan ma’nan yetuk, odob-axloq normalarga ega bo‘lgan, eng yaxshi umuminsoniy namunalar ruhida tarbiyalangan insonni ko‘zda tutamiz.

“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi, barcha tarbiyachilar faoliyatidagi vatanparvarlik vazifalarining jangchi shaxsiyatini shakllantiruvchi, nima uchun qo‘liga qurol olib, himoya qilayotganini muntazam eslatib turuvchi qudratli omil bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy yoshlar oldingi avloddan Vatani ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bormagani bilan farq qilishini e’tiborga olmaslik mumkin emas. Yoshlarimiz ma’naviy qiyofasidagi kamchiliklari bilan qat’iy va serdiqqat tarbiyaviy ishlarni olib borish zarur.


Download 5,41 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151




Download 5,41 Mb.