• 1-ilova Mavzu: Ma’naviy-axloqiy tarbiya. Reja
  • Asosiy tushunchalar: ma’naviyat
  • Elektron ta’lim resurslari
  • 3-ilova “Fuqarolik tarbiyasi” mavzusi yuzasidan savol-javob
  • (Yusupov E). “Ma’naviyat
  • Тermiz-2021 15 mavzu: “MA’naviy-axloqiy tarbiya” ma’ruza mashg’ulo­t ishlanmasi texnologik modeli




    Download 236 Kb.
    bet4/12
    Sana17.05.2023
    Hajmi236 Kb.
    #61144
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Очиқ дарс ишланмаси
    4, Pulning metallik nazariyasiga nisbatan tanqidiy qarashlar, 2- n ish, 5- mustaqil ish, Тўгри чизик анализи , 3-4-маъруза-Газлама-ўрилиш, Faxriy yorliq Madinabonu, Ishtixon tumani PSIXOLOG MAKTAB, Kiberxavfsizlik asoslari 2 MUSTAQIL ISH J, 007 Мавзу 4 маш- 1-2, «falsafa» fanidan test savollari-fayllar.org, 1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlar-fayllar.org, 1. Fanlarni integratsiyalab o‘qitishning metodologik asoslari-fayllar.org, 14-mavzu (3)
    Yakuniy bosqich
    (10 daqi­qa)

    3.1.Mashg’ulot yuzasidan nazo­rat savollari beradi (10-ilova).
    3.2.Nostandart test topshiriq­lari (11-ilova).
    3.3.Mustaqil ta’lim topshi­rik­larini beradi, umumiy xulosa­larni chiqaradi (12-ilova).

    Tinglaydilar, nazorat sa­vol­lariga javob beradilar va o’zlarining xatolarini daftarlariga tuzatadilar.

    1-ilova
    Mavzu: Ma’naviy-axloqiy tarbiya.
    Reja:
    1.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
    2.Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari.
    3.Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
    4.O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
    Asosiy tushunchalar: ma’naviyat-morality, ta’lim-education, tarbiya-upbringing, axloq-morals, shaxs-individual, insonparvarlik-humanitarianism.
    Adabiyotlar ro’yxati:

    1. Pedagogika // M.X.Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. – T.: Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 252-257;

    2. Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B.153-155;

    3. Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. – T.: Fan, 1995;

    4. Hasanboev J., Turopova M., Hasanboeva O. Ma’naviy-axloqiy tarbiya asoslari. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002;

    Elektron ta’lim resurslari:www.pedagog.uz. www.ziyonet.uz
    2-ilova
    Ma’ruza mashg’ulotining maqsadi: talabalarga ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi, mazmuni va vazifalari hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish metodlariga doir bilim berish. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni borasidagi ma’lumotlarni berish.
    3-ilova
    Fuqarolik tarbiyasi” mavzusi yuzasidan savol-javob
    1. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat?
    2. Xuquqiy tarbiyaning maqsadini izohlang
    3. Fuqarolik nima?
    Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishi­ning ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:

    1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

    2. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

    3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

    4. Vatanparvarlik1.

    Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
    Har qanday mafkura kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
    Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.
    Madaniyat («kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
    Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
    Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.
    “Ma’naviyat - moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”.1 (Yusupov E).
    “Ma’naviyat - moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa”2

    Download 236 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 236 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тermiz-2021 15 mavzu: “MA’naviy-axloqiy tarbiya” ma’ruza mashg’ulo­t ishlanmasi texnologik modeli

    Download 236 Kb.