|
Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan
|
bet | 3/13 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,84 Mb. | | #127150 |
Bog'liq 119-GURUH AZIZOV SAIDMUROD KURS ISHI 5 KURS TALABASIRebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan:
- Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan
o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
- Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan
o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
- So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan
chiziladi;
- So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p”
esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi;
- Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali
yangi hosil qilish mumkin;
- Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi.
“Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun
quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:
Rebus Tushuncha Ta’rif
Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o’stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy
qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar,
o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar.
Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini talabalarda
qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli talabalar
uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga talabalar
shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari
bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday
shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon talabalarnigina emas, balki
past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past
o’zlashtiruvchi talabalar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga
aylanadilar. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar
ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb
etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan
namuna keltiraman.
|
| |