• Ustaxona ish tartibini belgilash va unda ishlovchilar sonini aniklash.
  • Texnik hujjat Xo’jalik texnikalariga o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatishlar va ta’mirlshlar sonini xisoblash




    Download 247 Kb.
    bet1/3
    Sana01.08.2021
    Hajmi247 Kb.
    #16641
      1   2   3

    Lecture № 9

    Mavzu: Texnik hujjatlarni tayyorlash

    Reja:

    1. Texnik hujjat

    2. Xo’jalik texnikalariga o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatishlar va ta’mirlshlar sonini xisoblash.

    3. Ustaxona ish tartibini belgilash va unda ishlovchilar sonini aniklash.

    Texnik hujjatlar — sanoat mahsulotlarini loyihalash, tayyorlash, sinash va ulardan foydalanish, shuningdek, binolar (inshootlar)ni loyihalash, qurish va taʼmirlash uchun zarur boʻladigan grafik va matnli qujjatlar majmui. Asosiy xillari: loyigʻalash va ishchi hujjatlar (qurilishda), konstruktorlik va texnologik qujjatlar (sanoatda), meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, texnik shartlar, umumiy texnik talablar, yoʻriqnomalar, sinovlar uslubiyati va boshqalar). Texnik hujjatlar maxsus standartlar orqali belgilab qoʻyiladi. Bu standartlarda Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish, butlash, ularga oʻzgartirishlar kiritish va sakdash tartibi va qoidalari koʻrsatiladi.

    Texnik shartlar — sanoat korxonasida ishlab chiqarilgan mahsulot (buyum, mashina va boshqalar) uchun tuziladigan texnik hujjatlar toʻplamiga kiruvchi hujjat. Unda oʻsha mahsulotga qoʻyiladigan texnik talablar, uni qabul qilish va joʻnatish qoidalari, nazorat qilish usullari, tashish, foydalanish va saqlash shartlari koʻrsatiladi. Texnik talablar mahsulotning asosiy koʻrsatkichlari, oʻlchamlari, xossalari va foydalanish tafsilotlari, sifat koʻrsatkichlari, butliligi va boshqalarni belgilaydi. Qabul qilish va joʻnatish qoidalarida maxsulotni tayyorlagan korxona uni buyurtmachiga (yoki sotishga) to’shirishi va buyurtmachi (yoki xaridor) ning uni qabul qilib olishi paytida mahsulotni sinash tartibi va shartlari oʻz aksini topadi. Nazorat qilish (sinash, analiz qilish, oʻlchash va boshqalar) boʻlimida mahsulotning barcha koʻrsatkichlari va tafeilotlarini aniqlash usullari; namunalarni tanlab olish, sinash jihozlari, asboblari, ashyolari va reaktivlarni tanlash qoidalari; sinovlar, analiz qilish, oʻlchash va natijalarni ishlashga tayerlanish va ularni bajarish uslubiyati belgilab qoʻyiladi. Mahsulotdan foydalanish, uni tashish va saqlash boʻlimida maxsulotni yigʻish, oʻrnatish va qoʻllashga doyr koʻrsatmalar, uni idishga joylash (oʻrash) va tashish kridalari; saqlash joyi, shartlari va muddatiga doyr koʻrsatmalar boʻladi. Texnik shartlarning alohida mahsulot (buyum) yoki bir necha turdagi mahsulot (mahsulotlar guruhi) ga doyr (guruhiy Texnik shartlar) turlari boʻladi. Texnik shartlar muayyan standartlar boʻyicha ishlab chiqiladi. Texnik shartlarlar maxsulotni ishlab chiqargan korxonada tuziladi. Oʻzbekistonda Texnik shartlarni nazorat qilishga doyr masalalar bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi

    Reja-grafik ekzel jadval shaklida tuziladi. Xo’jaliklarda bu ish navbatdagi qishloq xo’jalik yili boshlanishi oldidan tuzilib, ma’lum tartibda tasdiqlanadi. Uning namunaviy ko’rinishi ilovaning 2-jadvalida ko’rsatilgan.

    Namunada ko’rsatilgan jadvalni birinchi ustuniga talaba o’z vazifasida ko’rsatilgan texnikalar markasini ko’chirib yozadi. Qolgan ustunlar qiymatini to’ish va to’ldirish ishlari quyida tushuntirilgandek tartibda bajariladi.




    Download 247 Kb.
      1   2   3




    Download 247 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik hujjat Xo’jalik texnikalariga o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatishlar va ta’mirlshlar sonini xisoblash

    Download 247 Kb.