Sabab-oqibat bog’Iiqliklarini aniqlash masalalari




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)
Sabab-oqibat bog’Iiqliklarini aniqlash masalalari.
Sabablami aniqlash
oqibatlarni aniqlash; isbot; rad etish; qonuniyatlarni aniqlash; yangi funksiyani 
aniqlash; tizim elementlari o’rtasidagi aloqalarni aniqlash; bashoratlash.
Tadqiqotchilik 
operatsiyalarini 
bajarish 
uchun 
masalalar. 
Muammolami shakllantirish; tadqiqot rejasini, muammoni yechish rejasini 
tuzish; kuzatishlar, o’ichashlar va sinovlami rejalashtirish va o’tkazish; faoliyat 
natijalarini tahlil qilish va baholash.


Ijodkorlik masalalari tizimiga, shuningdek, turli xil guruhlardan masalalarni 
birlashtirish yo'li bilan olingan konibinatsiyalangan topshiriqlar ham kiritilishi 
mumkin. Biroq 
ijodkorlik masalalarini 
dars va darsdan tashqari 
mashg'ulotlarda o'zidan-o’zi qo'llash bu hali ijodiy fikrlashni shaklantirish va 
rivojlantirish emas. Bu jarayon o'quvchilar ijodkorlik masalalarini yechish 
metodlarini o'zlashtirib, mustaqil ravishda ularning keyingi bobda batafsil 
to'xtaladigan modifikatsiyalari (turlari)ni yaratganlarida amalga oshiriladi. 
Ijodkorlik masalalarini yechish uchun hech qanday metodlar qo’llanmasa, bu 
o’qituvchi va o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lgan, lekin hech nima 
shakllantirmaydigan va rivojlantirmaydigan «topag’on» o’yinidan boshqa narsa 
emas.
1.8. 
Maktab ta'limi va ijodkorlik. Nimaga maktabni tugallagandan so'ng 
bitiruvchilaming sezilarli qismi ijodkorlik masalalarini hal qila olmasligi 
to’g’risida hech o'ylab ko’rganmisiz? Ko’pgina o'qituvchilar bolalarni 
ijodkorlikka o’rgatishlarini, ular bilan ko’p sonli ijodkorlik masalalarini 
yechishlarini Ta’kidlashadi, biroq unda nega bitiruvchilar ijodkorlik faoliyati 
metodlarini egallashmagan?
Har qanday fan bo'yicha har qanday mavzuni o'rganish bilish faoliyatining 
umumiy strukturasiga muvofiq quyidagi 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1. Tasawurlarning shakllanishi - bu bosqichda o'quvchilar yangi tizimning 
umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o'rganadilar.
2. Bilimlar va reproduktiv ko'nikmalarning shakllanishi - bu bosqichda 
o'quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu 
ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko’nikmalar - ilgari o'rganilgan 
bilimlarni takrorlash ko'nikmalari shakllanadi.
3. Ilmiy va ijodkorlik ko’nikmalarining shakllanishi - bu bosqichda 
o’quvchilar, asosan, turli ko’rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu 
ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko’nikmalari shakllanadi.


14
4. 
Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllanishi - bu 
bosqichda o’quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar, Bu 
ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko’nikmalari shakllanishi amalga 
oshiriladi.
Alohida Ta’kidlash kerakki, yuqorida ko'rsatilgan bilish jarayoni strukturasi 
o'quvchilarni o'qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu 
har qanday mavzuni o’rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik 
topshiriqlarini qo'llash mumkin va zarurligini bildiradi.
Mavzu bo’yicha o’quv ishining dastlabki ikki bosqichi bizning 
maktablarimizda muammosiz amalga oshiriladi. Muammolar oxirgi ikki 
bosqichda. Birinchidan, ko’pchilik o'qituvchilarda har bir mavzuni o’rganish 
borasida o’quv ishining bu bosqichlari umuman yo'q. Ikkinchidan, ilmiy va 
ijodkorlik ko’nikmalari shakllanishi 
o’qituvchining 
ixtiyorida alohida 
masalalarni emas, balki ijodkorlik masalalari tizimini qo'llash bilan amalga 
oshiriladi. Uchinchidan, ijodkorlik masalalarini yechish jarayonida o’quvchilar 
ijodkorlik faoliyatining zamonaviy metodlarini egallashi zarur. Afsuski, bu 
metodlaming ko'pchiligi nafaqat o'quvchilarga, balki o'qituvchilariga ham 
ma’lum emas. To’rtinchidan, ilmiy va tadqiqotchilik ko'nikmalarining 
shakllanishi o'quvchilarning mustaqil ishlarini o’rganilayotgan mavzu bo'yicha 
ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, 
shuningdek, murakkab bo'lmagan ilmiy tadqiqotlarni bajarishni taxmin etadi. 
Fan bir joyda turmaydi, u doimo rivojlanadi. Darsliklardagi Ma'lumotlar tez 
eskiradi. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyot bilan ishlash o’quvchilarni 
rivojlantirish, to’ldirish va to'g'rilashga yo'naltiradi. Ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish 
uchun o’quvchilarga nafaqat darslik muammolari - matematik, fizik, tarixiy va 
boshqalar, balki fanlararo, masalan: LEP qo’yilmasi, to'g’on qurilishi
parfyumeriyaning yangi kollektsiyasini yaratish, yangi dorilar, avtomobilning 
yangi modelini ishlab chiqarish, sanhatda yangi yo’nalishlar, janrlar va


15
mavzularni izlashni taklif etish zarur. Fanlararo masalalar real hayotda ko’p 
uchrasa-da, maktabda hozircha juda kam qo'llaniladi.
Shunday qilib, o'quvchilarni ijodkorlik faoiiyatining elementar asoslariga 
o'qitishda yuqorida sanab o'tilgan shartlarning hammasi bajarilishi lozim. 
Buning uchun o'qituvchilarning ishida o'zgarishlar kamlik qiladi, bunda ta'lim 
mazmunini: standartlar, dasturlar, darsliklarni o'zgartirish zarur. Ammo bu ish 
tez orada qilinmaydi. SHuning uchun muallif o'quvchilarga ilmiy adabiyotlar va 
ijodkorlik masalalarini qo'llab, har bir mavzuni o'rganishning oxirgi ikki 
bosqichini mustaqil bajarishni tavsiya qiladi.

Download 3.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sabab-oqibat bog’Iiqliklarini aniqlash masalalari

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish