O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana02.02.2023
Hajmi3.57 Mb.
#40785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
e TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYN
Mustaqil ish H.Jumayeva 1, Mustaqil ta\'lim.H.Jumayeva, 004 1 kurs Algebra 4 mavzu Natural sonlar va ular ustida amallar. Arifmetikaning asosiy teoremasi., 2 5269570219562510991, shpor, Ximiyavij tahlil laboranti, vbnfnffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffffff, 1-tor ko\'cha, REFERAT, 1404722902 54432, Yig`uv jarayonlarini mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish., 630-631, Guruh Tursunova Gulhayo 4-Mavzu Akmeologiyaning hozirgi kundag, Pardayev O Saydullayev FUNM (2)
1.2. 
O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik 
xususiyatlari. 
Tarixiy 
taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat 
insoniyatni olg’a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo'lib kelgan. Shunday ekan, 
yosh avlodni ijodiy mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari 
bilan qurollantirish barcha davrlarda hamraa xalqlar uchun eng dolzarb vazifa 
hisoblangan.
Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o'zaro bog'liq vazifani e’tiborga 
olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil 
fikrlashini 
rivojlantirish, 
bilimlami egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy 
dunyoqarashining shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlami 
ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda mustaqil qo'llay olishga o’rgatish bilan 
belgilanadi.
Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va 
mukammalligini ta'minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxsiy 
xislatlarni shakllantiruvchi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi 
faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo'lajak mehnat va kasb ta'limi 
o'qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishlarida, keyinchalik bu jarayonga


bevosita rahbarlik qilishni amalga oshirishlarida ijodiy ish shakllarini ishlab 
chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlikka bo'lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, 
bir 
nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi, havas - ehtiyojning 
eng sodda shakli bo'lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan 
yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo'lgan xohish ham inson tomonidan ongli 
boshqarilib, u shaxsning ma'lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari 
majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo’lgan qiziqish, 
xohish va u bilan bog’liq bo'lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish 
hayotdagi tashqi tahsirlar, shaxs faoliyati hamda ta'lim-tarbiya jarayoni 
tahsirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, 
tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli tahsir ko’rsatib, 
shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
1.3. 
Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal 
qilishi zarur bo’lgan ko’pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o’z 
muammolarini qanday hal qiladilar? Bahzilar o’z intuitsiyasiga tayangan holda 
yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o'zga insonlar bilan 
maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni 
tahlil qilib, o'z muammolari yechimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu 
ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan 
umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta 
bo’lmagan qismigina o'z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida 
yechadilar.
Siz, ijodkorlik faoliyati metodlari mavjudmi? Ijodkorlik bilan maqsadli 
yo'naltirilgan holda shug'ullanish mumkinmi? degan savollar berasiz. Ha, 
ijodkorlik metodlari mavjud, o'z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi 
mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik sanhati asarían, musiqiy, 
adabiy asarlar yaratish bo’yicha aniq masalalar qo'yib, ijodkorlik faoliyati bilan 
maqsadli shug'ullanish mumkin. Navbatdagi muammo yuzaga keladi - ijodkorlik


8
faoliyatini qaerda o’rganish mumkin? Bundan 10-20 yillar awal ijodkorlik 
metodlari bilan faqat ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi bo'yicha 
mutaxassislar tomonidan o’tkaziladigan seminarlarda, tizimli tahlil, funksional- 
qiymatli tahlil, tizimli fikrlash faoliyati metodologiyasi, iikrlashni faollashtirish 
metodlari va ijodkorlik nazariyasining boshqa bo’limlarida tanishish mumkin 
edi. Hozirgi kunda bu ilmiy yo’nalish bo'yicha yetarli darajada adabiyotlar nashr 
qilingan. Bu borada tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro’yxati qo'llanmaning 
oxirida keltirilgan. Kitoblardan tashqari ko’pgina maktablar va oliy ta’lim 
muassasalarida turli maxsus fanlar kiritilgan. Shunday bo'lsa-da, ko’pgina ta’lim 
oluvchilar ijodkorlik metodlari bilan tanishish, ulami madaniyatning turli 
sohalarida muammolami yechishda qo'llashga o’rganish imkoniga ega emas 
edilar. Nega? Chunki talabalar uchun ijodkorlik nazariyasining yuqorida 
ko’rsatilgan bo’limlarini, asosiy metodlarini o'zida birlashtiradigan qo'llanma 
mavjud emas edi.
Yana ijodkorlikka qaytamiz. Taklif qilinganlardan ijodkorlik faoliyati 
turlarini tanlashga harakat qiling: salat tayyorlash, mashhur detektiv asarini 
mutolaa qilish, reklama ehlonini yaratish, fizika bo’yicha masala yechish
o’qilgan matn asosida hikoya tuzish, pardoz qilish. Bu sizda qanday sifatlarni 
shakllantiradi? Ijodkorlik faoliyati deyilganda mavjud bo’lgan namunalaridan 
nusxa olmaydigan va bajarish jarayonida inson o’zi uchun yoki boshqalar uchun 
yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat turi nazarda tutiladi. Shunday qilib, 
ijodkorlik - bu obyektiv (hamma uchun) yoki subyektiv (o’zi uchun) yangi 
tizimlar yaratish jarayonidir.
Har bir insonga ijodkorlik faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash 
zarurmi, axir hamma ham obyektiv yangiliklar yaratmaydi-ku? Inson kim bo'lib 
ishlashidan qathiy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni modellashtirishi, 
o’z 
farzandlarini tarbiyalashi, ko’pgina uy ishlarini bajarishi va xo’jalik 
muammolarini yechishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun javob bir xil, ijodkorlik


metodlarini har bir inson egallashi zarur. Qanday metodlami va qaysi faoliyat 
uchun qo'llash yoki qo'llamaslik - bu uning tanlash huquqi.
1.4. 
Ijodkorlik tabiati. Nima deb o'ylaysiz, ijodkorlik qobiliyati nasldan 
naslga o’tadimi? Uzoq yillar ko'pgina olimlar va oddiy insonlar ijodkorlik 
qobiliyati - bu nasldan naslga o'tuvchi xudo bergan nehmat deb hisoblashar edi. 
SHuning uchun agar bola oddiy oilada tug'ilgan bo’lsa, undan qaysidir faoliyatda 
yuksak muvaffaqiyatlar kutishga o'rin yo’q deb hisoblangan. Yetuk 
kompozitorlar (Baxlar oilasi), rassomlar (Rerixlar oilasi), yozuvchilar 
(yaratuvchi - xudoga nisbatan aytiladi] (Dyumalar oilasi), olimlar (Kyurilar 
oilasi) ning oilaviy dinastiyasi hammaga mahlum. Biroq tarixda yetarli Ma'lumot 
olmagan va o'qimagan oilalardan chiqqan yetuk shaxslar ham mahlum. SHu 
bilan birga olimlarda ijodkorlik qobiliyatlari naslga hech ham aloqasi yo'q va 
insonning hayoti davomida o'zini rivojlantirish yo’li bilan shakllanadi degan fikr 
yuzaga keldi. Unda haqiqat qaerda? Odatdagiday oraliqda... So'zsiz, ijodkorlik 
faoliyatining ayrim nishonalari nasldan naslga o’tadi va bunga oilaviy 
dinastiyalar misol bo’ladi. SHu bilan birga, shaxsning butun hayoti davomida 
tinmasdan o'z ustida ishlashi uning ijodkorlik faoliyatida yuksak natijalarga 
erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Shu o’rinda har birimizning aynan qanday faoliyatga nasliy nishonalar 
mavjudligini qanday aniqlashimiz mumkin? degan eng murakkab savol yuzaga 
keladi. Mark Tvenning «Kapitan Sommerfildning samodagi sarguzashtlari» 
hikoyasida kapitan Sommerfild jannatga tushib, insoniyatga mashhur bo’lgan 
hamma 
harbiylarning 
munozarasi 
o'tkaziladigan 
xonaga 
kiradi. 

qatnashuvchilarning yuzlariga qarab, ko'pchiligini taniydi, lekin qanchalik 
tirishmasin, stolning boshida munozarani boshqarib o'tirgan odam kimligini 
taniy olmaydi. Shunda u bu to’g’rida o'zining qo’shnisidan so'raydi, munozarani 
boshqarib o’tirgan inson hayotligida etikchi bo'lgan va u harbiy bo’lganida ham 
harbiy sanhatning dahosi bo'lar edi, degan javobni oladi.


10
O’z qobiliyatlarini bolalikdanoq bilish, ularni maqsadli rivojlantirish va o’z 
kasbi va foliyati sohasini izlashga yillami va hatto o’n yilliklarni yo’qotmaslik 
imkonini beradi. Biroq tez-tez shunday ham bo’ladiki, universitetni tugatib bir 
necha yil ishlagandan keyin inson bu uning ishi emasligini anglaydi. Bizning 
hayotimiz qisqa va kam natijali, insonga quvonch baxsh etmaydigan faoliyatga 
bir necha yilning yo’qotilishi juda achinarlidir. Hozirgi paytda, bolalar va 
kattalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun turli xil psixologik testlar ishlab 
chiqilgan, lekin muammoning yakuniy yechimiga hali uzoq. Afeus bilan 
Ta'kidlash mumkinki, kishilaming qobiliyatini aniqlashning universal testi 
mavjud emas. Balki, bu kitobni o’qiganlardan kimdir kelajakda shunday testlar 
ishlab chiqadi.
Yana bir juda muhim savol - ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning 
cheki bormi? Ma'lumki, reproduktiv qobiliyatlar 
ma’lum chegaragacha 
rivojlanadi. Biz ip bog’lash, nonga yog’ surishni qanchalik mashq qilmaylik, 
ertami kech biz undan boshqa o’zib keta olmaydigan oxirgi darajadagi tezlikka 
erishamiz. Ijodkorlik qobiliyatlari olimlaming isbotlashiga ko'ra, chegaraga ega 
emas, insonda ulami rivojlantirish xohishi bor ekan, ular rivojlanaveradi. Xulosa 
oddiy: ijodkorlik faoliyati o'zimizga, to'g’rirog'i, nasliy qobiliyatlar va ish 
qobiliyatlarimizga bog'liq. Aynan ish qobiliyati insonning hayot faoliyati 
davomida erishilgan faoliyati natijalarini aniqlaydi. Ma'lum bo'lishicha, inson 
yuksak ish qobiliyati va zarur genetik qobiliyatlarsiz erisha olmaydigan 
maqsadlar yo’q.

Download 3.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik

Download 3.57 Mb.
Pdf ko'rish