• Korish ariqchalari
  • Kotargichlar
  • Estakadalar
  • Ko'tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni




    Download 71 Kb.
    bet2/3
    Sana10.05.2023
    Hajmi71 Kb.
    #58082
    1   2   3
    Bog'liq
    11-mavzu (2 soat)
    2-Amaliy mashg\'ulot, Dilshod, pedagogika AAA, 040-041-042-043-21 Diskret tuzulmalar Topshiriq 2 sirtqi, 25-10. Tahrirlash, 3-yigilish AMALIY FANLAR , 2-yigilish TABIIY FANLAR , Falsafa Yakuniy Javoblari, Maxsuliy (produksiya) ekspert tizimlari taraqqiyoti va tadbiqlar, 10-mavzu-t-ch, Tarbiya jarayonida oila, mahalla hamda ta’lim muassalarining o z, 6-LHI 2023, 1-LHI.2023doc (1), HOSILALAR JADVALI
    4.Ko'tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni. ATK da JT ishlari texnologik jarayonini tashkil qilish texnik, texnologik va hisobga oluvchi hujjatlarni tayyorlash (ta'mirlash texnologik xaritalari, ajratish-yig'ish ishlari xaritalari) hamda, ish joylarini tashkil qilish ishlarini o'z ichiga oladi.
    Ko'tarish, qarash va tashish jihozlari JT va TXK da ishlatilib ular avtomobillarga har tomondan (ustidan, tagidan, yonidan) XK va T ga imkon yaratadi va ish unumini oshiradi. Avtomobillarga TXK ishlarining 40-50 % tagidan, 10-20 % yonidan va 40-45 % ustidan bajariladi.
    Ko'tarish, qarash va tashish jihozlari ish unumini oshiribgina qolmay balki, uning sifatini oshirishga ham imkon yaratadi.
    Asosiy ko'tarish, qarash va tashish jihozlarga ko'rish ariqchalari, ko'targichlar, konveyrlar va estakadalar, yordamchilarga esa damkratlar, ag'dargichlar va har xil shu kabi jihozlar kiradi. TXK va JT ishlarini bajarish asosan ishchilarni tik turgan holda ishlashini talab etadi.
    Ko'rish ariqchalari: ular eng ko'p tarqalgan universal ko'rish tuzilmalari bo'lib, avtomobillarga ustidan, yonidan va tagidan xizmat ko'rsatish uchun imkon yaratadi. Ko'rish ariqchalari bilan boshi berk, boshi ochiq ishchi postlari va oqimli qatorlar jihozlanadi. Ular ensiz va enli bo'lishi mumkin.
    Ensiz deb, ariqchalarning eni avtomobil enidan kam bo'lsa, enli deb avtomobil enidan ko'p bo'lsa tushiniladi.




    KO'RISH ARIQCHALARI

























    BOSHI BERK




    BOSHI OCHIQ

























    ENSIZ




    ENLI




























    Avtomobil koleyasi oralig'ida




    Yontomonli




    Koleya tagida ko'prikli




    Avtomobilni
    ko'tarib turuvchi



    Ko'rish ariqchalarining turlanishi

    Ko'rish ariqchalari tuzilish avtomobillarni turiga bog'liq bo'lib, uzunligi avtomobil uzunligidan (yengil avtomobillar uchun 1.4-1.5m, yuk avtomobillar va avtobuslar uchun 1.2-1.3 m) uzun bo'ladi Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, yengil avtomobillar uchun 0.8 m bo'ladi. Ko'rish ariqchalariga kuchlanishli yoritgichlar (42 V) o'rnatiladi va ularni harorati 16-25S bo'lgan, har 1 metr uzunlikka 200 m.kubsoat hajmidagi,tezligi 2-2,5 ms va yo'nalishi 45 burchak ostida bo'lgan havo bilan shamollatib turilishi kerak. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus trubalar o'rnatiladi.


    Ko'rish ariqchalari, ularda bajariladigan ish turiga qarab ko'targichlar, harakatlanuvchi voronkalar, moy quyish qurilmalari bilan jihozlanadi.
    Ensiz ko'rish ariqchalari yoriq emasligi, hamda ba'zi bir agregatlarni yechish va o'rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar ko'p joy egallashi kabi kamchiliklardan ham holi emasdir.
    Ko'targichlar: Ular avtomobilni kerakli balandlikka ko'tarish uchun xizmat qiladi va quyidagicha turlanadi:
    1) Pol ustidagi
    2) Ko'rish ariqchalaridagi
    Ular o'z navbatida qo'zg'almas, qo'zg'aluvchan bo'lishi va ishchi organlari bo'yicha esa, suyuqli yuritmali, elektromexanik va pnevmatik kabi turlarga bo'linadi.
    Estakadalar - temir betondan, temirdan yoki yog'ochdan balandligi 0.7-1.4 m qilib ishlangan bo'lib, 20-25 % qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo'lgan ko'priklardan iborat bo'ladi.
    Ular boshi berk va boshi ochiq, hamda qo'zg'almas va qo'zg'aluvchan bo'lishi mumkin.
    Ko'tarish tashish moslamalari: avtomobillarga TXK va JT ishlarida agregat va mexanizmlarni ko'tarish, hamda tashish uchun ATK da harakatlanuvchi kranlar, yuk tashish aravachalari, elektr telferlari va kran-balkalar ishlatiladi.
    - harakatlanuvchi kranlar: yuklarni yerdan ko'tarish yoki tashish uchun ishlatiladi. Ular kichik yelkada 1000 kg gacha, katta yelkada 200 kg gacha yuk ko'tarish va tashish qobiliyatiga ega.
    - yuk tashish aravachalari - avtomobil agregatlarini ishlab chiqarish korpusida tashish uchun ishlatiladi. Ular maxsus ishga mo'ljallangan bo'lishi ham mumkin (uzatmalar qutisi, ko'prik reduktorini, kardan valini, ressorlar va boshqa agregatlarni yechish, o'rnatish va tashish aravachalari).
    - kran balkalar-3,2 tonnagacha, tallar 0,25-1,0 t gacha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lib, ular avtomobillardan agregatlarni yechish, o'rnatish va yechilgan agregatlarni kerakli joyga elitish uchun xizmat qiladi.
    Konveyerlar: TXK ishlari oqimli qatorda bajarilganda avtomobillarni postdan-postga ko'chirish uchun ishlatiladi. Ular ishlash vaqtiga qarab uzluksiz ishlaydigan va to'xtab-to'xtab ishlaydigan bo'lishi mumkin, avtomobilni postdan postga o'tkazish turiga qarab itarib yuruvchi, ko'tarib yuruvchi va tortuvchi kabi turlarga bo'linadi.
    - itarib yuruvchi konveyrlar - avtomobillarni oldingi yoki keyingi g'ildiragidan maxsus itargich yordamida harakatlantiradi (KXK, 1,2-TXK), ko'tarib yuruvchi - maxsus lentalar ustida avtomobillarni postdan postga ko'chirishda ishlatiladi (KXK, 1-TXK, 2-TXK), tortuvchi konveyrlar - avtomobil oqimli qator bo'ylab o'rnatilgan ilgakka maxsus tross yoki zanjir yordamida briktiriladi va ilgak harakati bilan harakatga keladi.
    Konveyrlarni harakatga keltirish avtomat tarzda yoki uni boshqaruvchi operator yordamida amalga oshiriladi.
    Konveyrlar asosan "Rosavtospetsoborudovaniya" birlashmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Ularning uzunligi 26-52 m gacha bo'lib, TXK dagi avtomobillarni turiga bog'liq bo'ladi.
    Konveyrlarni qo'llash TXK texnologik jarayonini tashkil qilishni takomillashtiradi va ishlab chiqarish surati oshadi.



    Download 71 Kb.
    1   2   3




    Download 71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko'tarish, tashish va qarash ishlari texnologik jarayoni

    Download 71 Kb.