M AICHdan foydalanish — qurilma ishi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
ancha
yaxshilash, samaradorlikni keskin oshirish imkonini beradi.
Samaradorlik manbayi, dastaw al, MAICH ning o ‘zgaruvchanligidadir.
M A ICH ning texnik imkoniyatlariga mos yangi detalni tayyorlashga o ‘tish
uchun EH M ga uni ishlashning tegishli yangi dasturini kiritish yetarli. Bu
dastur EHM ning xotirasida bor bo‘lsa, operator uning shifnni ko‘rsatsa
yetarli bo‘ladi. Shundan so‘ng EHM M AICH ning qurilmasi orasidagi ishni
yaxshi taqsim lab beradi, detallarni yetkazib berish uch u n M A ICH
qurilmasi elementlari orasidagi transport aloqalarini
yaxshilab belgilab beradi,
barcha amallaming sinxron (uyg‘un) bajarilishini ta ’minlaydi. Natijada quril-
maning yuklanish koeffitsiyenti 0,85—0,9 gacha yetkazilishi m um kin,
buyumlarga ishlov berish davri esa an’anaviy texnologiyaga nisbatan 2—3
m arta qisqartirilishi, m ahsulot tannarxi 3—5 m arta pasayishi mumkin.
M AICH ni boshqaruvchi EH M qurilmaning yuklanishini va mahsulot
ishlab chiqarilishini uzluksiz hisobga olib borishi mumkin.
Ish natijalarini
bir necha kun mobaynida taqqoslab, o ‘z -o ‘zini o ‘qitish prinsiplari asosida
EH M yanada yuqori m ehnat unumdorligiga erishish maqsadida qurilmani
yana ham bir tekis yuklantirishni ta ’minlab, o ‘z dasturini takomillashtirib
borishi m um kin. Q urilm ada joylashtirilgan
datchiklardan olinayotgan
axborot asosida EH M ishdan voz kechishi va nosozliklarni operativ
ravishda aniqlashi, operatorga qurilmaning ishonchliligini oshirish yo‘llarini
aytib berishi, shuningdek, nosoz m ashinani o ‘chirib q o ‘yib, uning
vazifalarini boshqa mashinalarga taqsimlab berishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning
um umiy rivojida
M A IC H qanday o ‘rin egallaydi? Buni baholash uchun bir necha asosiy
bosqichlarni ajratib ko‘rsatish kerak.
Ishlab ch iq arish ja ra y o n la rin i a v to m a tla sh tirish n in g b i r i n c h i
b o s q i c h i d a lokal avtomatlashtirish tizimlari katta hissa qo‘shdi. Bu ishlab
chiqarish jarayonida bevosita band b o ‘lgan xodimlar sonini qisqartirishga
(o ‘rtacha 2 m arta), ishlab chiqarishning sifat ko‘rsatkichlarini
yaxshilashga
im kon berdi.
I k k i n c h i b o s q i c h g a ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga
hisoblash texnikasini joriy qilishni, TJABT yaratishni kiritish mumkin.
Hozirgi paytda bu yo‘nalish yana ham keng tarqalmoqda. Kimyo va oziq-
ovqat sanoatida TJABT boshqarishi uchun joriy etish maqsadida texnologik
jarayonlar ilmiy asosda o ‘rganilmoqda yoki takomillashtirilmoqda.
TJABT
texnologik jarayonlarning ishlashini optimallashtirishni va insonning ishlab
chiqarish jarayonlarida ishtirok etishi ulushini bundan buyon taxminan 3
m arta kamaytirishni ta ’minlaydi.
H ozir ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning u c h i n c h i
b o s q i c h i g a asos solinmoqda, ya’ni M AICH ishlab chiqilmoqda va joriy
qilinm oqda. Bu avtomatlashtirilgan komplekslarning qo‘llanilishi
butun
texnologik jarayonni to ‘la avtomatlashtirish uchun sharoit yaratadi, bunga
jaray o n larn i xom ashyo bilan ta ’m inlash, tayyor m ah su lo tni joylash
bo ‘yicha yordamchi amallar ham kiradi. Bundan tashqari, bir m ahsulotni
ishlab chiqarishdan ikkinchisiga o ‘tishda ishlab
chiqarishni qayta qurish
avtom atlashtiriladi. D astlabki baholashlarga k o ‘ra, insonning ishlab
chiqarish jarayonlaridagi ulushi (ishtiroki) taxm inan 6 m arta qisqaradi.
Avtomatlashtirishning kelajagi t o ‘ r t i n c h i b o s q i c h b o iib , unda
MAICH yig‘indilari asosida odamsiz texnologiya bo‘yicha ishlovchi zavod -
avtomatlar yaratiladi. Bunda insonning bevosita ishlab chiqarishdagi ishtiroki
5% gacha, ya’ni 20 m arta kamayadi.
M A ICH ni ishlab chiqishda va joriy qilishda
qanday vazifalar hal
qilinishi kerak? U lar juda kam emas. Shu bilan birga M AICH ni amalga
oshirishda bir qator o ‘ziga xos m uam m olar paydo bo'ladi.