• Chizma geometriya bo‘limi uchun grafik ishlar mazmuni.
  • IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/215
    Sana26.10.2022
    Hajmi32.33 Mb.
    #28137
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   215
    Bog'liq
    Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy oʻquv dasturlari
    1, Yunagogika 1-mavzu, 1711538834, 1710767391 (1), 1701497274 (2), alifbo yozuvi
    IV. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar.
    Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan konspektlar 
    tayyorlanadi va u savol-javob tarzida himoya qilinadi. Yoziladigan konspektlarda 
    mavzuning o‘rganilganlik darajasi, hozirgi kundagi dolzarb masalalari, muammolari va uni 
    bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-metodik takliflar o‘rin olishi lozim. Shuningdek, chizma 
    geometriya va muhandislik grafikasining turmushdagi, texnikadagi, ishlab chiqarishdagi
    tasviriy sanʼatdagi, arxitekturadagi amaliy ahamiyatlari yoritilishi kerak. Bundan tashqari 
    mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va 
    uni taqdimot qilish, ilmiy metodik va ilmiy nazariy maqolalar tayyorlash ham tavsiya etiladi. 


    133
    V. Majburiy grafik ishlarning mazmuni.
    Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanining “Chizma geometriya” va 
    Muhandislik grafikasi” bo‘limlari bo‘yicha egallangan nazariy va amaliy bilimlarni yanada 
    mustahkamlash, shuningdek, fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda talaba 
    har bir yirik mavzular bo‘yicha grafik vazifalar bajaradi. Quyida ushbu grafik vazifalarning 
    taxminiy mazmuni keltirilgan. 
    Chizma geometriya bo‘limi uchun grafik ishlar mazmuni.
    1. Sarvaroqni chizma shriftda yozish
    2. AB to‘g‘ri chiziq kesmasining fazoviy holatini qurish va to‘la tahlil qilish
    3. ABC uchburchak tekisligining izlarini yasash;
    4. D nuqtadan ABC uchburchak tekisligigacha bo‘lgan eng qisqa masofani aniqlash;
    5. ABC uchburchak tekisligidan 40 mm uzoqlikda unga parallel tekislik o‘tkazish;
    6. ABC uchburchak tekisligining biror uchi orqali unga perpendikular tekislik o‘tkazib, bu 
    tekisliklarning kesishgan chizig‘i va ko‘rinar-ko‘rinmas qismlarini aniqlash.
    7. ABC uchburchak tekisligining haqiqiy kattaligini aylantirish usulida aniqlash;
    8. S nuqtadan ABC uchburchak tekisligigacha bo‘lgan qisqa masofani parallel-ko‘chirish 
    usulida aniqlash.
    9. Qirrali sirtning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishish chizig‘i, kesim yuzasining 
    haqiqiy kattaligi, kesik qismining yoyilmasi va modelini yasash;
    10. Aylanish sirtining umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishgan chizig‘i va kesim 
    yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash;
    11. Ikki sirtning o‘zaro kesishgan chizig‘ini yordamchi kesuvchi tekisliklar usulida yasash;
    12. Ikki aylanma sirtning o‘zaro kesishgan chizig‘ini yordamchi kesuvchi sferalar usulida 
    yasash. 

    Download 32.33 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   215




    Download 32.33 Mb.
    Pdf ko'rish