• Nazorat uchun savollar
  • O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini oily ta’lim bilan




    Download 277.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet10/10
    Sana15.06.2022
    Hajmi277.76 Kb.
    #23690
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Texnologiya faninig amaliy fanlar blok modulidagi fanlar va o‘rt
    ekologya, ---------- (1), hisobot.1docx, 1-top 22-var
    3.4. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini oily ta’lim bilan 
    integratsiyalash. Integratsiyalash jarayoni  
    Zamon talablari asosida barpo etilgan oliy ta‟lim muassasalari, o„rta 
    maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda yoshlarning ilmiy, 
    ijodiy-intelluktual saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz 
    ta‟lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta‟minlashda fan, ta‟lim va 
    ishlab chiqarish integratsiyasining roli va ahamiyati‖ mavzusidagi ilmiy 
    anjuman olimlar, professor-o„qituvchilar va ishlab chiqarish korxonalari 
    vakillari o„rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib olishda ulkan amaliy 
    ahamiyatga egadir. Respublikamiz hukumati kasb-hunar kollejlari va 
    akademik litseylar bilan ta‟lim sifatini tayyorlanayotgan mutaxassis 
    salohiyatini oshitish maqsadida oliy va o„rta mahsus ta‟lim tizimidagi 
    barcha turdagi o„quv jarayonlarini ishlab chiqarish bilan integratsiyasini 
    tashkil etish hamda oliy ta‟lim mutaxassislari bilan aloqani kuchaytirish
    o„z sohasi bo„yicha malakali hisoblangan professor-o„qituvchilarni 
    o„rindoshlik asosida ishga taklif qilish va doimiy ravishda ularning 
    darslarini ochiq darslar sifatida namoyish qilish, oliy o„quv yurtlarida 
    mavjud bo„lgan kafedralarning filiallarini tashkil qilish va ularning 
    faolyatini doimiy nazoratga olish kabi ko„plab muammolami hal qilishga 
    katta e‟tibor qaratmoqda.
    Oliy ta‟lim muassasasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 
    universitetda mavjud bo„lgan kafedralarning filiallarini tashkil etish, 
    mutaxassislik yo„nalishlari bo„yicha tashkil etilgan filiallarda asosiy 
    fanlarga old bo„lgan laboratoriya va amaliyot darslarining bir qismini 
    kafedralarda mavjud bo„lgan laboratoryalarda amalga oshirish lozim. 
    Bunday amalda sinalgan usullar tayyorlanayotgan mutaxassis 
    kadrlarning zamonaviy asbob-uskunalardan hamda reaktivlardan 
    foydalanish ko„nikmalari hosil qilishida katta ahamiyat kasb etadi. 
    Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etilgan oliy o„quv 
    yurtlari kafedralari filiallarini tashkil etish maqsadga muvofiq. 
    Filiallardan ijobiy 
    51


    foydalanishning qulay tomoni shundan iboratki, chet ellardan keltirilgan 
    zamonaviy asbob-uskunalarni o„quv jarayoniga ta„lim standartlariga 
    mos, o„quv dasturlariga to„g„ri keladigan laboratoriya va amaliy ishlar, 
    bundan tashqari iqtidorli talabalar bilan o„tkaziladigan qo„shimcha 
    to„garak o„quv dasturlariga mos amaliy ishlarga taalluqli o„quv-uslubiy, 
    uslubiy qo„llanmalar hamda dars ishlanmalari bilan ta‟minlashda katta 
    uslubiy yordam ko„rsatish imkoniyatlari paydo bo„ladi. Bizning 
    nazarimizda sifatli dars jarayonlarini tashkil qilish avvalo o„quv 
    yurtining rahbariga, so„ngra esa mazkur fan o'qituvchisining 
    ishbilarmonligiga ko„p jihatdan bog„liq. Nazariy yoki amaliy 
    laboratoriya darsiga o„rindoshlik asosida taklif etilayotgan oliy o„quv 
    yurti professori yoki dotsenti va ishlab chiqarish korxonasi yoki xo„jalik 
    mutaxassis xodimini yil davomida haftasiga 2-4 soat miqdorida dars 
    o„tish uchun qatnashi qiyinchiligini hisobga olib, o„quv semestrining ma 
    lum oylariga 50-100 soatdan qilib dars jadvaliga kiritishning ahamiyati 
    g„oyat katta.
    Bundan tashqari shu darslarning asosiy qismi ochiq ma‟ruza yoki 
    seminar treninglar ko„rinishida tashkil qilinsa ham o„qituvchilar ham 
    o„quvchi-talabalar uchun foydadan holi bo„lmas edi. Chunki o„quv 
    jarayonini tahlil qilishda ko„pincha sistemasizlik, darslarga tasodifan 
    qatnashish, aniq bir maqsadning yo„qligi, dars jarayonini analiz 
    qiluvchining darsni chuqur analiz qilishga uslubiy jihatdan tayyor 
    emasligi, aniq kuzatish dasturining yo„qligi, darsda asosiy tomonlarni 
    ajratib ko„rsata olmaslik, darsni ijobiy yoki salbiy tomonlarini to„g„ri 
    baholab, xulosalar chiqara olmaslik, taklif etilgan mutaxassis 
    kasbdoshiga malakali tavsiyalar va uslubiy yordam bera olmaslik kabi 
    kamchiliklar kuzatiladi. Ayniqsa, ochiq darslar va seminar treninglarga 
    kirishdan oidin aniq maqsadni reja asosida belgilab olish zarur.
    Talaba o„zlashtirilayotgan har qanday fandagi nazariy bilim amaliyot 
    bilan mustahkamlanishi barchamizga ma‟lum. Uzoq yillik kuzatish va 
    tajribalaridan ayon bo„lgan bu haqiqat keyingi уi1larda mamlakatimiz 
    ta„lim tizimida erishilgan salmoqli natijalarda ham yana bir bor o„z 
    aksini topdi. Ayni paytda barcha ta‟lim turlarida darsdan tashqari 
    mashg„ulotlarga alohida e‟tibor qaratilayotganligini bu 52


    o„quvchi-talabalar bilimida sezilarli ijobiy o'zgarishlarga sabab 
    bo„layotganligiga barchamiz guvoh bo„lib turibmiz.
    Oliy o„quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o„qituvchi- 
    professorlari hamda ishlab chiqarish bilan bog„liq bo lgan tarmoqlar 
    mutaxassislari hamkorlikda amaliy va laboratoriya ishlarini amalga 
    oshirish uchun yaratgan har qanday sifatli uslubiy va o„quv-uslubiy 
    qo„llanmalari, ochiq ma‟ruza darslarining yangi informatsion 
    texnologiyalar asosida tayyorlangan prezentatsiyali dars ishlanmalari 
    ham zamonga mos malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda juda 
    muhim vositalar hisoblanadi.
    Nazorat uchun savollar:  
    1. Texnologiya fanining maqsad vavazifalari nimalardan iborat?
    2. Texnologiya fanining rivojlanish bosqishlari haqida ma‟lumot bering.
    3. Umumta„lim maktablarining o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi bilan 
    integratsiyasi qanday?
    4. Integratsiyalash jarayoni nima?

    Download 277.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 277.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini oily ta’lim bilan

    Download 277.76 Kb.
    Pdf ko'rish