88
2-§. TEXNIKA TURLARI. TEXNIKANING KLASSIFIKATSIYASI
VA TAVSIFLARI
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur,
zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur.
M. Behbudiy
Zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojlanish davrining boshlang‘ich
nuq tasi birinchi sanoat inqilobining boshlanishi hisob lanadi. XVIII asrning birinchi
yarmida bug‘ dvigatellari va yigirish mashinalarining ixtiro qilinishi qo‘l
mehnatini
yengillashishi va mashi nasozlik ishlab chiqarishiga o‘tish davrini belgilab berdi.
XIX asr oxirida ichki yonish dvigatelining yaratilishi dengiz va temiryo‘l
transportining texnik xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshi lashga imkon berdi. U
benzin yoqilg‘isida ishlovchi dvigatelli avtomobilning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish texnolo giyasi elektrotex-
nika sanoatining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi va hozirgi kungacha davom etmoqda.
XX asr boshlarida esa radiotexnika va radioelektronika sohalari rivojlana boshladi.
XX asr oxirida bio va nanotexnologiya sohasida izlanishlar bosh lan di. Bu inson
faoliyatining ko‘plab sohalarida yana bir inqilobga olib kelmoqda. Masalan, nano-
texnologiyada mashina o‘zini o‘zi ta’minlaydi, hech qanday yoqilg‘i iste’mol qilmaydi.
Ya’ni, 4 ta g‘ildirak tok ishlab chiqaradi. Ishlab chiqilgan tokni esa bulutus orqali
akkumulatorga yuboradi va mashina hech qanday xarajatlarsiz harakatga keladi.
XXI asrda qo‘llaniladigan texnika qaysi sohalarga, tarmoqlarga yoki ishlab chiqa-
rish korxonasiga tegishli bo‘lmasin, ularga kompyuter elementlari kiritilmoqda.
Ilm-fan va texnologiyalarning shu darajada rivojlanishiga qaramas dan
texnika ning
klassifikatsiyasi (tasnifi) hali yaratilmagan.
Hozirgi vaqtda, asosan, uskunalar