Chidamlilik – uzoq vaqt foydalanish samaradorligi; Daromadlilik




Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/148
Sana01.10.2024
Hajmi33,06 Mb.
#273065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148
Bog'liq
5-texnologiya

Chidamlilik
– uzoq vaqt foydalanish samaradorligi;
Daromadlilik
– mahsulot ishlab chiqarishda sarfla nadi gan 
moddiy resurslar, vaqt, energiya va boshqa xarajatlarni qop-
laydigan mahsulot miqdori.
Mahsuldorlik
– maʼlum vaqt davomida hosil qilinadi gan 
mahsulot miqdori;
1
Mustahkamlash uchun savollar
1. Texnikaning asosiy maqsadi nimadan iborat?
2. Uskunalar foydalanish sohasiga ko‘ra qanday turlarga bо‘linadi?
3. Ishlab chiqarilayotgan texnikalar qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?
4. Modernizatsiya nima?


10
10
3-§.
TEXNIK TIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA. 
TEXNOLOGIK MASHINALAR
Har bir insonning hayoti davomidagi faoliyati turli xil texnik obyektlar bilan uzviy 
bog‘liqdir.
Texnik obyekt
– bu ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljal langan asbob-
uskunalar, moslamalar va turli materiallardir.
Ish jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish orqali ma’lum ehtiyojlarni 
qondirish uchun bajariladigan ish ketma-ketligi 
texnik tizim 
deyiladi.
Bu esa buyum yasash jarayonida bitta asbobdan foydalanish boshqa asbob-uskuna 
va moslamalardan ham foydalanishga ta’sir qilishidan iborat. Masalan, yog‘ochga 
ishlov berish stanoklari turli murakkab qism larni o‘z ichiga oladi. Undagi bitta 
mexanizmning ishlashi bosh qa la ri ni ishlashi uchun ta’sir ko‘rsatishi texnik tizim 
hisoblanadi.
Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil etadi. Ular bajaradigan 
ishi ga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Masalan, ener getika mashinalari (turbina, ichki 
yonish dvigateli, elektrodvigatel, elektrogenerator va b.); transport mashinalari 
(samolyot, avtomobil, vertolyot, velosiped va b.). 
Mashina
– bu о‘ziga biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun ener giya sarflay di gan, 
bir-biriga bog‘langan qismlardan (detal, mexanizm) iborat bо‘lgan texnik qurilma.

Download 33,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148




Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chidamlilik – uzoq vaqt foydalanish samaradorligi; Daromadlilik

Download 33,06 Mb.
Pdf ko'rish