99
2shakl
Texnika xususiyatlari
Texnologik taraqqiyotning asosi barcha turdagi uskunalarning aso siy xususiyat-
larini oshirishdan iborat.
Bunday jarayon
moderni zat siya
deb ataladi.
Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha
“moderne”
– eng yangi, zamona-
viy) –
biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga
muvofiq oʻzgartirish.
Modernizatsiyalash da mashina, turli texnologik qurilmalar,
muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi.
Demak, texnikadan moddiy va madaniy boylik yaratishda, energiya hosil qilish,
uzatish va bir turdan
ikkinchi turga aylantirish, tabiat va jamiyatni rivojlantirish,
transport va aloqa, axborotlarni yig‘ish, saqlash,
qayta ishlash va uzatish, maishiy
xizmat, tibbiyot va mudofaani ta’minlashda keng foydalaniladi.
Ishonchlilik
– texnik asbobning o‘z vazifalarini tegish li sifat
darajasida uzilishlarsiz bajarish yoki
muayyan vaqt davomida
o‘rna tilgan talablarga javob berish qobiliyati;
2
3
4