77
3
Avtomatlashtirish
– ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashning eng yuqori
darajasi bo‘lib, unda malakali
ishchi avtomatlashtirilgan
mashina va mexanizmlar orqali faqat ishlab chiqarish
jarayonini tashkil etadi va boshqaradi.
Texnologiya
– yunoncha ikki so‘zdan –
“texnos” (techne)
– mahorat, san’at va
“logos” (logos)
– fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan.
Texnologiya
ish usullarini, uning rejimini, harakatlar ketma-ketligini o‘z
ichiga
oladi.
Mehnat jarayonida texnika va texnologiyalarning roli mah su lot tayyorlashning eng
zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iborat.
Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnika va texnologiyalarning o‘rni va roli
oshishi natijasida texnologiyalar ham yangilanib va oʻzgarib bormoqda. Bu esa inson
qo‘l
mehnatini yengillashtirishga, mehnat unumdorligini oshirishga,
sifatli mahsulot
ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda.
1shakl
Mexanizatsiyalash darajalari
Qisman mexanizatsiyalash
– bajaradigan ishlarni mashinalar yoki mexanizmlar
yordamida qo‘lda amalga oshirilishi;
Murakkab mexanizatsiyalash
– ishchi tomonidan mahsulotni ishlab chiqarish jarayo-
ni ni mashinalarda
bajarilishining boshqarilishi;
1
2