Displeylarning ko’rish xarakteristikalari optimizatsiyasi




Download 1,37 Mb.
bet11/12
Sana10.06.2024
Hajmi1,37 Mb.
#262030
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Diplom ishi noaniqlik

Displeylarning ko’rish xarakteristikalari optimizatsiyasi
Ko’rish toliqishiga ta’sir qiluvchi monitorning asosiy (eng muhim) parametrlaridan biri - monitor konstruksiyasiga kiritilgan muxim faktorlarning yig’indisi bo’lgan displey ekranidagi tasvir sifatidir.
Sifatli monitor quyidagi asosiy xossalarga ega bo’lishi kerak:

  • tasvirning aniq va ravshan ko’rinishi;

  • tasvirning lipillamasligi;

  • monitorni optimal yorqinligi;

  • displey ekranida yaltillishlarning yo’qligi.

Ma’lumotlarni displeydan ishonchli ravishda uqish va uni qulay idrok etishni asosiy kurish ergonomik parametrlari optimal yoki qisqa vaqt ishlaganda esa yul quyilgan diapazonlarda olib borish kerak. Asosiy kurish ergonomik parametrlariga quyidagilar: shaklning yorugligi, ekranning tashqi yoritilganligi, belgining burchak ulchami, ekranni kuzatish burchagi kiradi. Kursatilgan parametrlar va ularning birikmalari qiymatlarining optimal va yul quyiladigan diapazonlari maxsus laboratoriyalardagi tajribalardan sung Uzbekistonga import qilingan VDT texnik xujjatlariga urnatilgan tartibda kiritiladi.
Shu bilan birga, nazorat qilish burchagi ham me’yorlashtiriladi va u displey ekranining har qanday nutqtasiga normaldan plyus 40° dan oshmasligi kerak.
Belgining burchak o’lchami- bu kuzatuvchining ko’zi bilan belgining chekka nuqta balandligini bog’lovchi chiziqlarning kesishidan hosil bo’lgan burchak bo’lib, u a = arctg (h / 21) formulasi bilay ifodalanadi, bu еrda
h - belgi balandligi, / - belgidan kuzatuvchining ko’zigacha bo’lgan masofadir.
Ko’rishning asosiy ergonomik parametrlariga optimal va yo’l qo’yiladigan diapazonlarning ta’rifini keltiramiz. Optimal diapazon deb, inson-operator tomonidan berilgan turdagi VDTdan ma’lumotni xatosiz o’qish uchun reaksiyasining chegara vaqti minimaldagisidan 1.2 marta ko’p bo’lmaganni ta’minlaydigan vaqtga aytiladi. Yo’l qo’yiladigan diapazon esa 1.5 martadan ko’p bo’lmaydigan vaqtdir. VDT lar bilan ishlaganda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun ko’rishning asosiy ergonomik parametrlarining eng yaxshi qiymatlari optimal diapazonlar chegarasida bo’lishini ta’minlash kerak. Talabalar va professional foydalanuvchilarga ko’rishning asosiy ergonomik parametrlari optimal diapazonlar chegarasida, professional foydalanuvchilarga esa qisqa vaqt ishlaganda ko’rishning asosiy ergonomik parametrlari yo’l qo’yiladigan diapazonlarda bo’lishiga ruxsat beriladi. VDTning texnikaviy xujjatlarida ko’rishning asosiy ergonomik parametrlarining optimal va yo’l qo’yiladigan diapazonlari xaqida ma’lumot yo’q bo’lsa, bunday VDTdan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
MPR II bo’yicha monitorlarning ko’rish parametrlarini tekshirish ro’yxati (Parametrlarga talablar va ularning o’zaro bog’liqligi) fonning yoki belgining rangi
Ko’rinish diapazonida spektr taqsimotining egri chizig’i iloji boricha ko’proq nuqtalarga va to’lqin diapazonning barcha uzunligida bir xilda tarqalgan bo’lishi kerak.
Oq rangni xonada ilg’ash uchun fon xonaning umumiy yoritilganligi bilan muvofiqlashgan, ya’ni yumshoq rangli fon bo’lishi kerak. Oq rang ko’kimtir nur mavjud bo’lgan ekranda yanada sof ko’rinadi.
O’zbekiston Respublikasi 28.11.00da tasdiqlangan № 0100-00 “Kompyuter , videodispley terminallarida va orgtexnikada ishlagandagi sanitar me’yorlar va qoidalar ” (Sm va Q) ga rioya qilgan xolda foydalanuvchining yanada ratsional va fiziologik xolatini belgilovchi ish joyi elemetlarining gabaritlari, ularni xona yuzasida uzaro joylashishi, operatorni kompyuterning asosiy ish elementlarigacha masofasi (ko’rish organi-displey ekrani, qo’llar-klaviatura, va x.k.) va boshqa parametrlar reglamentatsiya qilinadi.



Download 1,37 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Displeylarning ko’rish xarakteristikalari optimizatsiyasi

Download 1,37 Mb.