Texnologiya




Download 1,37 Mb.
bet4/12
Sana10.06.2024
Hajmi1,37 Mb.
#262030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diplom ishi noaniqlik

muvofiqlikni tasdiqlash - normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy akkreditatsiya organi yoki muvofiqlikni baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq. [2]
Shunday qilib muvofiqlikni baholash organlari va muvofiqlikni baholashning va muvofiqlikni baholash obyekt, subyektlari to’g’risida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog’lig’i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash.
atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash.
muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash.
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot hamda xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.
xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda ishtirok etish.
savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etish. [2]
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qo’llash;
muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi.
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to’siqlar qo’yishga va ular o’rtasidagi raqobatni cheklashga yo’l qo’ymaslik.
davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirning saqlanishi.
akkreditatsiya bo’yicha faoliyatni sertifikatlashtirishga, muvofiqlikni deklaratsiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani amalga oshirishga, mahsulot sinoviga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini berishga, ekologik ekspertiza o’tkazishga doir faoliyat bilan qo’shib olib borilishiga yo’l qo’ymaslik. [2]
Muvofiqlikni baholash obyektlari quyidagilardan iborat:
Mahsulot.
Ishlab chiqarish jarayonlari.
Xizmatlar.
Menejment tizimlari.
Akkreditatsiya qilinishga talabgor bo’lgan yuridik shaxslar.
Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo’lgan mutaxassislar.
Muvofiqlikni baholash organlari inspeksiya nazoratidan o’tkazilishi chog’ida ushbu organlarning o’zi. [2]


Muvofiqlikni baholash quyidagi jarayonlar bilan amalga oshiriladi:
akkreditatsiya qilish;
sertifikatlashtirish;
muvofiqlikni deklaratsiyalash;
inspeksiya nazorati;
yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya;
mahsulot sinovi;
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza yo’li bilan amalga oshiriladi. [2]
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor bo’lgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi. Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning tahlili va ekspertizasini, olingan dalillarni tekshiruvlar o’tkazish yo’li bilan baholashni o’z ichiga oladi. [2]
Muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarda belgilanadi. Agar muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va usullarida mahsulot sinovini o’tkazish zarur ekanligi belgilangan bo’lsa, bunday sinov akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi bilan tuzilgan shartnoma asosida o’tkaziladi. [2]
Inspeksiya nazorati Milliy akkreditatsiya organi, muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga ko’ra muvofiqlik sertifikatini yoki akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini to’xtatib turish, tugatish yoxud sertifikatni yoki guvohnomani bekor qilish to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin. [2]
Mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarish jarayonlari, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash majburiy yoxud ixtiyoriy tusda bo’lishi mumkin. Muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash ularni akkreditatsiya qilish natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. [2]
Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish tartibini, usullarini o’z ichiga oladi. Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo’yicha ekspert-auditorlar va (yoki) tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil etishga, ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va tajribaga ega bo’lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin. [2]

Download 1,37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,37 Mb.