|
BM ishi bo’yicha maslahatchi(lar)
|
bet | 2/12 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #262030 |
Bog'liq Diplom ishi noaniqlik6. BM ishi bo’yicha maslahatchi(lar)
К/к №
|
Bo’lim mavzusi
|
Maslahatchi o’qituvchining F.I.SH
|
Imzo, sana
|
Topshiriq berildi
|
Topshiriq bajarildi
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
7. BM ishini bajarish rejasi
К/к №
|
BMI bosqichlarining nomi
|
Bajarish muddati (sana)
|
Tekshiruvdan o’tganlik belgisi
|
1
|
|
|
|
2
|
|
|
|
3
|
|
|
|
4
|
|
|
|
Topshiriq berilgan sana <<______>>________________2024y.
BM ishi rahbari _________________________________________
sana (imzo)
Topshiriqni bajarishga oldim _____________________________
sana (imzo)
Mundarija
Kirish 4
I bob O’zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimi va uning ob’ekt va sub’ektlari 7
1.1.Muvofiqlikni baholash tizimi, obyekti va subyektlari 7
1.2. Muvofiqlikni baholashda ishtirok etuvchi sinov laboratoriyalarining texnik kompetentligiga qo’yiladigan talablar 15
I bob Xulosa 19
II bob Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan labaratoriyalar va ularning vazifalari 19
2.1. O’zbekiton Respublikasi akkreditatsiya markazining faoliyat yo’nalishlari 19
2.2. Sinov labaratoriyalari va ularning faoliyat turlari (Qurilish labaratoriyalari misolida) 23
III BОB. Qurilish sinov labaratoriyalarida o’lchashlar noaniqligini baholash. 29
3.1. O’lchashlar noaniqligini baholash bo’yicha jarayon hujjati 29
3.2. Noaniqlikni aniqlash bo’yicha amaliy misol 35
III bob Xulosa 41
XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. 42
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 53
Kirish
Bugingi kunda O’zbekiston Respublikasida qurulish sohasida tub o’zgarishlar yuz bermoqda, ya’ni, qurilish industriyasida rivojlanishning turli bosqichlarini ko’rish mumkin, jumladan, barpo etilayotgan yangi shaharlar, zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo’lgan osmono’par binolar, ko’ngilochar maskanlar, ravon va keng yo’llar, yеr osti va yеr usti metrolar, va boshqalar. Bu kabi barpo etilayotgan qurilish ob’yektlarining sifat va xavfsizligini ta’minlash darajasi qurilish ishlarini zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida yuqori malaka va tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan xalqaro standartlarga mos usullar va zamonaviy o’lchash qurilmalarini qo’llagan holda amalga oshirilayotganlik ko’rsatkichlari bilan baholash mumkin.
Shuningdek, qurilish ob’yektlarida qo’llanilayotgan qurilish materiallari va buyumlarining sifat va xavfsizligini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda, mamlakatimizda sohaning rivojlanishi bilan birga sohadagi kamchiliklar va ular asosida yuzaga kelayotgan muommolar ham ochiqlanmoqda jumladan, loyiha qidiruv ishlarida takomilashgan usullar asosida ishlashga mo’ljallangan dasturiy taminotlardan keng foydalana olishlik uchun texnik to’siqlar, qurilish kompaniyalarida sifat boshqaruv tizimlarini xalqaro standart talablari asosida joriy qilinganlik ko’rsatkichining pastligi, zamonaviy qurilish materiallarini sifat va xavfsizlik ko’rsatkichlari bo’yicha muvofiqligini baholash tizimida sinov laboratoriyalarining yеtarli emasligi va mavjudlarining xalqaro standart talablariga muvofiq faoliyat yuritish ko’rsatkichining pastligi kabi dolzarb misollarni aytish mumkin.
Yuqorida to’xtab o’tilgan dolzarb masalalar еchimiga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinmoqda, misol tariqasida, O’zbekiston Respublikasi prizedintining 2020 yil 5 fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to’g’risida” gi PQ-4586-sonli Qarorida quyidagi masalalarga to’xtalib o’tilgan.
Qurilish-mantaj ishlari sifatini yanada oshirish maqsadida, bu ishlarni nazorat qiluvchi inspeksiyalar ro’lini kuchaytirish, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiylar inspektorlariga, shuningdek, xavf-xatar toifasi yuqori bo’lgan ob’yektlarda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarga qo’yiladigan malakaviy talablar va ularning javobgarligini kuchaytirish. Hamda inspeksiya va hududiy inspektsiya organlariga nazoratini amalga ochirish doirasida quyidagilarga vakolatlidir:
ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligiga va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qo’llanilgani aniqlangan hollarda, qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqarish, sotish va qo’llashni to’xtatib turish haqida tegishli organ va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborishga;
bino va inshoatlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv huquqbuzarliklar aniqlangan holatlarda qurilish-montaj ishlarini to’xtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoillariga rioya qilinmagan, hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha kamida ikkita ko’rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarni to’xtatib qo’yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to’g’risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;
loyihalashtirish va qurilish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni to’xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish huquqi berilsin.[1]
Hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilishda standartlashtirish respublika markazi huzurida ob’yektlar konstruktsiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini xalqaro standartlarga muvofiq to’laqonli sinovdan o’tkazishni amalga oshiruvchi Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi tashkil etilsin.
Shuningdek O’zbekiston Respublikasi prezidentining Muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to’g’risidagi 15.08.2019 yildagi qarori bunga yaqqol misol bo’la oladi. Chunki bu qarorda sohani rivojlantirish, tubdan o’zgartirish hamda takomillashtirish, har soha kesimida zamonaviy, xalqaro standart talablariga muvofiq sinov laboratoriyalari tashkil etish hamda ularni yuqori aniqlikdagi standart talablariga mos keladigan jihozlar bilan ta’minlash to’g’risida, shuningdek yuqori ma’lakali hodimlar va kadrlar tayyorlash hamda ularni sohaga jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.[2]
Mazkur diplom ishi yuqorida ochiqlangan qurilish sohasida bugungi kunda muhim deb hisoblanadigan qurilish materiallarini sifatini tekshirish va nazorat qilish hamda ularni standart talablariga muvofiqligini baholash jarayoni bilan bog’liq bo’lgan qurilish materiallarini sifat va xavfsizlik ko’rsatkichlarini laboratoriya sharoitida aniqlash uchun zarur bo’ladigan qurilmalar, sinov va o’lchash vositalarini o’rganish ularni standart talablariga muvofiq tanlab olish va sinovlarda qo’llashga tayyorlash, sinashlarni o’tkazish, sinov natiajlarini rasmiylashtirish ya’ni o’lchashlar noaniqligi va muvofiqllik to’g’risida qaror qabul qilishdan iborat bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi.
I bob O’zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimi va uning ob’ekt va sub’ektlari Muvofiqlikni baholash tizimi, obyekti va subyektlari
|
| |