|
Ko’rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlar ta’minlash
|
bet | 9/12 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #262030 |
Bog'liq Diplom ishi noaniqlikKo’rish ishlarini bajarishda xavfsiz sharoitlar ta’minlash
Foydalanuvchining kompyuterda ishlash chog’idagi ko’rish uchun ma’qul bo’lgan sharoit yaratish- eng bosh muammolardan biridir. Kompyuterdan foydalanilganida ishning ma’qul bo’lmagan sharoitidan shikoyatlarda еtakchi o’rinni ko’rishning u yoki bu muammolari, birinchi navbatda 1.5-2 soat uluksiz ishlash natijasida paydo bo’ladigan ko’z charchashi egallaydi. XK bilan sistematik tarzda ishlash natijasida ko’pincha bir- bir yarim yildan so’ng ko’rishning yomonlashuvi kuzatiladi. Shuning uchun ilmiy maqolalarda, me’yoriy adabiyotlarda, ommaviy nashrlarda ko’z toliqishini oldini olish va yuqotish muammolariga katta e’tibor berilmoqda. Ko’rish toliqishi profilaktikasi masalalari kompleks bo’lib, birinchi navbatda operatorni ko’rishining qay darajadaligiga, monitor sifatiga, ish joyini tashkil etishga va kompyuterni joylashuviga, ish joyidagi va xonadagi yoritilganlik parametrlariga, mehnat qilish va dam olish tartibiga bog’liqdir. Sog’lom ko’rish sharoitini yaratish va ko’z kasalliklarini oldini olishning asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqishni insonning ko’rish apparatini xususiyatlari va displeyda shakl tasvirini qanday qabul qilishiga bog’liqdir.
Insonning ko’rish tizimi, displey ekranidagi rasmlarni ko’rishga yomon moslashgan ekan. Million yillar mobaynida ular aks etgan yorug’likdagi predmetlarni ko’rishga moslashib kelgan, bu evolyusiya natijasida primat-maymunlar va insonlar mukammal ravishda ko’rish xususiyatiga ega bo’lganlar, sariq bananni va zarg’aldoq apelsinni yashil rangli daraxtlar fonida bemalol ajrata oldilar, lekin na banan, na apelsin va yashil barglar yaltillamaydi, ular quyosh nurining aksida ko’rinadilar xolos. Shuni xam eslatib o’tish kerakki, elektromagnit to’lqinlarning 380-760 nm diapazondagi, ya’ni ko’rinadigan spektridagi monoxromatik nurlanishni turli uzunlikdagi to’lqinlariga insonning ko’zi turli xildagi yorug’lik sezgilariga egadir. Infraqizil (> 760 nm) va ultrabinafsha (< 380 nm) nurlarni inson ko’zi ko’rmaydi. Ko’zning eng yuqori sezgirligi kunduzi quyosh nurlanish xarakteristikasiniig maksimal spektri (550 nm -bu yashil rang)ga to’g’ri kelib, yzoq vaqt odamzot ko’zining tarqoq quyosh nuriga moslashuvi natijasidir.
|
| |