|
Texnologiya
|
bet | 5/12 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #262030 |
Bog'liq Diplom ishi noaniqlikMuvofiqlikni baholash organlari huquqlari:
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida sertifikatlashtirishni amalga oshirish.
muvofiqlik sertifikatlari berish.
o’zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining yoki muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiyani ro’yxatdan o’tkazishning amal qilishini belgilangan tartibda to’xtatib turish yoxud muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik haqidagi deklaratsiyani ro’yxatdan o’tkazishni bekor qilish.
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovini o’tkazish, o’lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash.
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarni, o’lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash to’g’risidagi bayonnomalarni berish milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qo’llash huquqiga ega.[2]
Muvofiqlikni baholash organlari majburiyatlari:
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni bajarishi.
manfaatdor shaxsga sertifikatlashtirish, muvofiqlikni deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovlari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qoidalari va tartib-taomili to’g’risida axborot taqdim etishi.
muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiyalarni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshirishi.
o’zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining, mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarning, o’lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash to’g’risidagi bayonnomalarning, shuningdek ro’yxatdan o’tkazilgan muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiyalarning hisobini yuritishi.
o’zi bergan muvofiqlik sertifikatlari va ro’yxatdan o’tkazilgan muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiyalar, ularga o’zgartirishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to’xtatib turish, shuningdek ularni bekor qilish to’g’risida Milliy sertifikatlashtirish organini xabardor qilishi.
mahsulot sinovlari, o’lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlashning belgilangan qoidalari hamda tartib-taomillariga rioya etishi.
mahsulot sinovlari, o’lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash natijalarining to’g’riligini ta’minlashi.
akkreditatsiya bilan bog’liq xarajatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda to’lashi shart. [2]
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatishni so’rab ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs bo’lgan muvofiqlikni baholash organi tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o’zgartirilishi mustasno;
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini to’xtatib turishga sabab bo’lgan holatlarni Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
muvofiqlikni baholash organi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni muntazam ravishda buzganda yoki bir marta qo’pol tarzda buzganda;
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to’g’risida guvohnoma berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilish muddati o’tganda.
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organining yoki sudning akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi va yo’q qilib yuborilishi lozim.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi oldida u ko’rgan zarar miqdorida javobgar bo’ladi.
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomaning amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. [2]
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qilganda;
akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda bekor qilish sudning hal qiluv qaroriga ko’ra, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda bekor qilish esa, Milliy akkreditatsiya organining qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organining yoki sudning akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran o’n kun ichida akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi, Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridan chiqarilishi va yo’q qilib yuborilishi lozim.
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnomani bekor qilish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda akkreditatsiya to’g’risidagi guvohnoma u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi. [2]
1.2. Muvofiqlikni baholashda ishtirok etuvchi sinov laboratoriyalarining texnik kompetentligiga qo’yiladigan talablar
Muvofiqlikni baholash sohasida bir qancha standartlar mavjud bo’lib bu turdagi barcha standartlar ISO 17000 seriyali standartlar hisoblanadi. Bu turdagi standartlarning barchasi muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohasidagi jarayon xizmat mahsulot va boshqalarni me’yorlaydi. Bu standartlarga misol qilib aytadigan bo’lsak O’zDSt ISO/IEC 17065:2015; O’zDSt ISO/IEC 17025:2019; GOST ISO/IEC 17011-2018 va shu kabi bir qancha xalqaro standartlar muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohasidagi faoliyatni me’yorlashtirish bilan birga organlar faoliyatini yaxshilash bilan bog’liq tushuncha va standartlarni havola qiladi. Ushbu standartlar sirasiga kiradigan O’zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti sinov va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi, shu bilan birga ushbu standart talablarini bajarish uchun ma’lum bir standartlarga havolalar berib o’tadi. Ushbu standart talablari bir muncha murakkab bo’lib ushbu talablarni bajarish asnosida muvofiqlikni baholash organlari sifat menejmenti tizimlaridagi bir qancha talablarni ham bajarishini aytib o’tish kerak. Ushbu talablarni tushunish maqsadida muvofiqlikni baholash organlari sinov va kalibrlash labaratoriyalari uchun bazi bir talablarni keltirib o’tamiz. Muvofiqlikni baholash ishlarida ishtirok etmoqchi bo’lgan yuridik shaxslar tominidan ushbu talablar bajarilishi talab etiladi.
|
| |