Jarayon hujjatining titul varag’i
TASDIQLAYMAN
“Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti”
Kompeks sinov laboratoriyasi boshlig’i
____________J.A. Xamidov
«___» _______________ 2024 y.
O’LCHASHLAR NOANIQLIGINI BAHOLASH TARTIBI
Ishlab chiqdi: mutaxassis S.X. G’ozibekov
Laboratoriyaning sifat bo’yicha
Menedjeri mutaxassis E.U. Umerova
Kelishilgan:
Laboratoriya boshlig’i
J.A. Xamidov
Toshkent 2024
|
2. Mundarijada ushbu hujjatning tashkiliy qismlari qaysi betlarda ekanligi ko’rsatiladi. Mundarija hujjatda kerakli bo’limlarning oson topilishi uchun yordam beradi. Shu sababli mundarijani aniq to’ldirilishiga e’tibor berish zarur. Mundarija hujjatning barcha tarkibiy qismlarini o’zida aks ettiradi va bu hujjat bilan oson ishlash uchun dasturli amal hisoblanadi.
3. Hujjatning kirish qismida ushbu hujjatning dolzarbligini ko’rsatib berish kerak bo’ladi. Ya’ni ushbu hujjat nima maqsadda ishlab chiqilayotganligi haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tiladi. Kirish qismi hujjatning muhim qismi hisoblanib ushbu hujjatning dastlabki tushunchalarini umumiy ma’noda yetkazish uchun hizmat qiladi. Shu sababli kirish qismi aniq va qisqa bayon etilishi va hujjat bilan ishlovchilarga qulaylik tug’dirishi zarur, bu esa hujjatni ishlab chiqaruvchidan yuqori malaka va tajriba talab etadi.
4. Hujjatning ishlashi uchun javobgar shaxslar qismida ushbu hujjatning qo’llanilishiga va qo’llashga mas’ul shaxslar imzolagan holatda tasdiqlash ko’zda tutiladi. Bu shaxslar laboratoriya boshlig’i, sifat bo’yicha menejer va metrologlar hisoblanadi. Bu shaxslar har biri uzi uchun biriktirilgan jihatdan ushbu hujjat va jarayonni ishlashiga hizmat qiladi. Aytaylik aniqlik, to’g’rilik va ishonchlilik jihatlarini metrolog nazoratini amalga oshiradigan bo’lsa, sifat menedjeri ushbu hujjatda ko’rsatilgan barcha vazifalar xodimlar tomonidan bajarilayotgan yoki bajarilamayotganligini nazoratini amalga oshiradi. Laboratoriya boshlig’i esa ushbu ikkala xodimning vazifalarini bajarayotganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Shu tarzda laboratoriyada amalga oshirilayotgan ishlar tizimlashadi va tizim ishlashni boshlaydi. Shu sababdan hujjatga javobgar shaxslar tayinlanadi va bu hujjatning ishlashi uchun eng to’g’ri yo’l sifatida ko’rilishi mumkin.
5. Hujjatning qo’llanilish sohasida esa ushbu hujjatning barcha ishlatilishi mumkin bo’lgan yo’nalishlari kiritib o’tiladi. Ya’ni ushbu hujjat faqatgina o’lchashlar noaniqligini hisoblash maqsadida qilinayotganini va ushbu qo’llanmani zarur holatda kimdir qo’llamoqchi bo’lsa ushbu hujjat faqat hujjat tasdiqlanayotgan laboratoriyalarda ishlashini kiritib o’tishimiz kerak bo’ladi. Tan olingan rasmiy munosabatga ega emas ekanligini ham ko’rsatib ketishimiz zarur. Ya’ni biror bir laboratoriya yoki shaxslar ushbu hujjatdan o’z hujjat yoki ishlarida foydalanadigan bo’lsa ushbu hujjatdagi har bir formula va atamalar rasmiy tusda emasligini bilishi zarur. Shu sababli ushbu amaliyotni amalga oshirganda uni rasmiy ma’lumotlar bilan bog’lashi kerakligi bo’yicha tushuntirishlar berib o’tsak bo’ladi. Shuning uchun hujjatda normativ hujjatlarga havolalar qismi mavjud bo’lib ushbu hujjatda foydalanilgan atama va ta’riflar hamda formulalarni boshqa hujjatlar orqali to’g’riligini tasdiqlashi mumkin. Lekin ushbu hujjatda boshqa qo’llanilish sohalari ham keltirilishi mumkin. Ya’ni formula tushunchalar umumiy hisoblanib sinov laboratoriyasi uchun ishlab chiqilgan hujjat kalibrlash laboratoriyalari uchun ham mos kelishi mumkin. Shu sababli ham ushbu hujjatning qo’llanilish sohasini aniq belgilash talab etiladi va bu muhim qismlardan hisoblanadi.
6. Meyoriy hujjatlarga havolalar bo’limi ushbu bo’limda hujjat uchun foydalanilgan barcha asos bo’luvchi meyoriy hujjatlar kiritiladi. Ushbu qismda bizning respublikamiz hududida amalda bo’lgan standartlarni kiritishimiz yani standartlarning aktualligini taminlashimiz kerak. Bu ham muhim jihatlardan biri hisoblanib agarda ushbu hujjatda havola qilingan standart aktual emasligi aniqlansa ushbu hujjat o’z ta’sirini yo’qotadi. Shu sababli hujjatni ishlab chiqishda ishlatilayotgan har bir hujjatning o’zbekistonda amalda ekanini ko’rishimiz va ushbu hujjatlar o’zgarganda ushbu hujjatning aktualligini ta’minlash maqsadida ushbu hujjatdagi meyoriy hujjatlarga havolalar qismini ham o’zgartirishimiz kerak bo’ladi. Agarda qandaydir amalda bo’lmagan me’yoriy hujjatdan foydalanib hujjatni shakllantirishimiz bizning tajribasizligimiz va ko’nikmalarimizni pas darajada ekanligidan dalolat beradi va ushbu hujjatning ishlashi uchun salbiy tasirini ko’rsatadi. Sababi o’zgargan, o’z kuchini yo’qotgan me’yoriy hujjatlar endilikda ishlamaydi, bundan ko’rinib turibdiki ushbu meyoriy hujjatda keltirilgan talablar ham o’z kuchini yo’qotdi. Lekin afsuski siz o’z kuchini yo’qotgan hujjatdagi talablarni jarayon hujjati ichida qo’llayapsiz. Bu esa tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Hujjatlarga havola berayotganimizda aynan o’lchashlar noaniqligi bo’yicha ILAC P-14, O’ZAKK P-11, O’ZAKK P-12 kabi hujjatlarni asos sifatida olishimiz va ushbu hujjatlar talablariga monand jarayon hujjatini ishlab chiqishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.
7. Atama va tariflar hamda qisqartmalar bo’limida foydalaniladigan barcha asosiy tushunchalar to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Qisqartmalarning ma’nosi tushuntiriladi. Bu bo’lim ham hujjatning eng asosiy bo’limaridan hisoblanib formula va atamalardan foydalanishda bir muncha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tushunmovchiliklardan bizni halos qiladi. Bu esa hujjatni o’qishni va yozishni soddalashtirishga olib keladi. Ya’ni biror bir hujjatni ishlab chiqishda biz har bir so’z so’z birkmasini qayta qayta yozishimiz, qisqartmalardan foydalanmasligimiz atamalarni qo’llamasligimiz hujjatning hajmini ortirib yuboradi va tushunilishini qiyinlashtiradi. Hujjat rasmiy tusini yo’qotishiga olib keladi. Ya’ni ushbu hujjat endilikda qo’llanma sifatida foydalanishiga olib keladi. Lekin biz bu hujjatni jarayonlarni boshqarish maqsadida ishlab chiqayotganligimizni unutmasligimiz kerak. Shu tariqa atama va tariflarning qisqartmalarning ahamiyatini tushuntirishimiz mumkin. Hujjatda esa bu ta’rif hamda qisqartmalarning ma’nosini bir marta yoritib berib bir necha marta qo’llashimiz mumkin bo’ladi.
8. Asosiy qism bu hujjatning eng muhim qismi bo’lib o’lchash noaniqligini hisoblashning barcha bosqichlari ko’rsatib o’tiladi. Har bir bosqich to’liq tushuntiriladi. Ya’ni hisob kitob jarayoni qanday amalga oshishi bo’yicha to’liq tushunchalar berib o’tiladi. Bu yerda istisno holatlar mavjud bo’lganda qanday yo’l tutilishi kerakligi borasida aniq tushuntirishlar beriladi. Misol uchun kengaytirilgan noaniqlikni hisoblashimiz uchun k qamrov koeffisiyenti kerak bo’ladi bu koeffitsiyentimizni aniqlashda Veff ozodlik darajasi foydalaniladi. Ya’ni ozodlik darajasini qiymatidan kelib chiqib k ga qiymat tanlanadi. Shu o’rinda Veff ni 1 dan kichik qiymati uchun tablitsalar bo’yicha ma’lumot yo’qligini ko’rishimiz mumkin. Bunday holatda k ning qiymatini 1.65 sifatida qabul qilishimiz mumkin. [35] Sababi bunday holatda taqsimot qonuni to’g’ri burchakli tarqalganligi tufayli shunday natija chiqishi mumkin. Shu kabi muhim hisoblangan jaryonlarni tushuntirish sifatida asosiy qismda kiritib o’tishimiz mumkin. Ya’ni asosiy qism hujjatning o’zagi hisoblanib, ushbu hujjatdagi barcha mazmunni shu qismdan bilib olishimiz mumkin bo’ladi. Shu tarzda ishlarni amalga oshirishimiz kerak ekanligi va qandaydir umumiy holatlarni asosiy qismda tushuntirib o’tishimiz kerak.
9. Ilovalar bo’limida ushbu hujjatning ishlash jarayonini ko’rsatib berish maqsadida birorta misol ishlanishi ko’rsatilishi mumkin. Amaliy misolning ko’rsatilishi laboratoriyaning faoliyat sohasidan kelib chiqib yoki boshqa biror misolni olishimiz mumkin. Ushbu bo’lim hujjat yordamida ishlab chiqilayotgan hujjatlarni qanday ko’rinishda bo’lishi uchun misol tarzida beriladi. Har bir hujjatni ishlab chiqish jarayonida ba’zi bir tushunmovchiliklar vujudga kelishi mumkin. Ushbu tushunmovchiliklarni esa ilovada keltirilgan misollar orqali tushunib olish mumkin bo’ladi. Ilovalarning keltirilishidan ham ko’zlangan maqsad shu bo’ladi. Hujjatning ilovalar qismida keltirilgan misollarning aniq va tartibli bayon etilishiga ham ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
10. Foydalanilgan adabiyotlar bo’limida barcha ishlatilgan adabiyotlar ko’rsatib o’tiladi. Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlarining aktualligi ta’minlanishi kerak. Shuning uchun har bir adabiyotdan foydalanishdan oldin ushbu adabiyotning eng oxirgi nashri ekanligiga ishonch xosil qilish kerak. Shu adabiyotlarning rasmiy tan olinganligiga ham e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni biror bir ilmiy izlanish orqali olingan natijalarni aniq tasdiqlanganini bilmay turib ushbu natijalardan foydalanmasligimiz kerak bo’ladi.
3.2. Noaniqlikni aniqlash bo’yicha amaliy misol
Qurilish sinov laboratoriyasida amaliy ishlarni o’tkazish orqali Gi’sht mahsulotining o’rtacha zichligini aniqlandi. Ushbu jarayon quyidagicha amalga oshirildi:
Sinov o’tkaziladigan sinov xonasining sharoiti o’lchandi. Sinovni o’tkazish uchun standart bo’yicha (20 ± 5) ℃ harorat belgilangan bo’lib, sinov laboratoriyasida 23 ℃ harorat ta’minlandi. Ushbu haroratni o’lchash temogigrometr yordamida nazorat qilindi.
Sinov namunasini sinov uchun tayyorlash amalga oshirildi. Sinovni o’tkazish uchun kamida 3 ta sinov namunasi kerak bo’ladi.
Sinovni o’tkazish quyidagicha amalga oshirildi. Dastlab olingan g’ishtlarning geometrik o’lchamlari o’lchanadi har bir tomon 3 ta nuqtasidan o’lchanib ularning o’rtacha qiymati o’lchash natijasi sifatida qabul qilinadi. So’ngra sinov namunalari changlarini tozalaymiz hamda quritish shkafida doimiy massaga kelguncha quritamiz.
Sinov natijasini quyidagi formula bo’yicha hisoblash amalga oshiriladi.
100*m/V
Bu yerda: V namunaning hajmi, cm3
m – namunaning massasi, kg
Sinov natijalari 5 ta kuzatish natijasining o’rtachasi orqali aniqlanadi.
Qurilish sinov laboratoriyasida g’isht mahsulotining GOST 7025-91 standartining 5 - bandi bo’yicha o’rtacha zichligi sinovlarni o’tkazdik. Sinov natijalaridan kelib chiqib o’lchashlar noaniqligini hisoblab chiqdik.
Dastlab o’lchash modelini va undagi kiruvchi kattaliklarni aniqlab ularning qiymatlarini qanday birliklarda olishimiz bo’yicha ma’lumotlarni to’pladik.
So’ngra noaniqlikka ta’sir qiluvchi omillarni aniqladik va ular bo’yicha jadvallar shakllantirildi. Ushbu jadval asosida o’lchashlar noqniqligini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar ekanligi ma’lum bo’ldi:
Kuzatishlar soni (Ushbu sinovni o’tkazishda kuzatishlar ko’p karrali bo’lganligi sababli).
O’lchash va sinash vositalari (ushbu sinash jarayonida foydalanilganligi sababli).
O’lchash sharoiti (Ushbu o’lchash jarayonida ta’sir qiluvchi omil bo’lgani sababli).
Operator (O’lchashni amalga oshirishi uning ish tajribasi va hakazo ko’rsatkichlari orqali).
Va shu kabi bir qancha omillar o’lchashlar noaniqligiga hissa qo’shayotgan ekanligi aniqlandi.
Ushbu noaniqlik omillarini son qiymatini baholash talab etilganligi tufayli ba’zi bir ta’sir qiluvchi omillarning son qiymatini nol ba’zi birlarini esa hisobga olmasa ham bo’ladi degan qarorga kelindi. Ushbu qaror o’lchashlar noaniqligiga ta’sir qiluvchi omillarning eng kattasining 3 dan 1 qismidan kata bo’lmasa ushbu omilni hisobga o’lish shart emasligi tufayli qabul qilindi. Barcha omillarning son qiymatini topib oldik. Ushbu jarayonda o’lchash va sinash vositalarining noaniqlikka ta’sir qiluvchi omillarni quyidagicha hisoblab chiqildi.
So’ngra kirish kattaliklarini o’lchash uchun o’lchash vositalari va sinov vositalarining xususiyatlari bo’yicha ma’lumotlarni to’pladik. Bu jarayonda bizga o’lchash vositalarining kalibrovka sertifikatlaridagi ma’lumotlar asos sifatida olindi. Kalibrovka sertifikatida natijalarning og’ish qiymati, noaniqligi va ularning ehtimolligi hamda qamrov chegarasi ko’rsatilgan holatda taqdim etilganini aytib o’tish kerak.
So’ngra har bir kirish kattaligining kuzatish natijalarini jadval ko’rinishida yozib oldik. Metod talabiga ko’ra har bir kirish kattaligi 3 marta o’lchanadi. Ushbu jarayon o’lchash natijasining ishonchiligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotanligini ta’kidlash kerak. Sababi g’isht mahsulotining ishlab chiqarishdagi texnologiyasi saqlash, tashish sharoitlari tufayli bir muncha murakkab bo’lgani sababli ushbu jarayoning o’lchash natijasining ishonchliligiga ta’sir qilishi mumkin.
Ushbu o’lchashlardan so’ng kuzatish natijalarining to’g’ri yozilganligi qayta tekshirildi.
Har bir kuzatish natijasi uchun chiqish kattaligini hisoblaymiz, agar o’lchash natijasini chiziqlashtirish usuli yordamida noaniqligini baholamoqchi bo’lsak. Aks holda har bir kirish kattaligining o’rtacha qiymatini hisoblab ular yordamida chiqish kattaligini hisoblashimiz mumkin. Ushbu ikki natija o’rtasida farq bo’lishini amaliyotda ko’rib chiqdik. Ushbu usullardan birinchisidan ya’ni chiziqlashtirish usulidan foydalangan holatda o’lchashlar noaniqligini hisoblash amalga oshirishni maqbul dep topdim.
So’ngra o’lchash natijalariga ta’sir qiluvchi noaniqlik omillaridan biri bo’lgan kuzatishlar sonining noaniqligini son qiymatini baholashmiz. Ushbu qiymat o’lchash natijasining tasodifiy xatoligini son qiymatini ifodalaydi. Ushbu xatolik noaniqlikning A tur bo’yicha baholanish turiga kiradi hamda A tip bo’yicha standart noaniqlikni baholadik va ushbu noaniqlik qiymatini 3.2.1 – rasmda ko’rishinggiz mumkin.
Sistematik xatolikni ifodalash maqsadida hisoblanadigan qiymat bu noaniqlikning ifodalanish turiga ko’ra B turdagi noaniqlikka misol bo’ladi hamda bizning kirish kattaliklarimizni o’lchash jarayonidagi B turdagi noaniqliklar hisoblash chiqilishi zarur. B tip bo’yicha ham har bir kirish kattaligi uchun standart noaniqlik qiymatlarini topib olamiz. (Ub)
Kirish kattaliklarining o’lchash modeli yordamida olinayotgan natijalarini bir qancha noaniqligi mavjud. Ushbu noaniqlikni bartaraf etish maqsadida o’lchash modelida ishtirok etayotgan kirish kattaliklarini hosilasini hioblash va uning noaniqlik qiymatiga ko’paytirish orqali ushbu noaniqlikni bartaraf etish mumkin. Shu sababli kirish kattaliklarining sergirlik koeffitsiyentlarini hisoblab chiqdik va buni quyidagicha amalga oshirdik. (3.2.1. rasm) Kiruvchi kattaliklar uchun sergirlik koeffitsiyenti (C (x)) ni aniqlaymiz. O’lchash modelida foydalanilgan kirish kattaliklarini hosilasini aniqlagan holatda.
Kirish kattaliklarini bir xil o’lchash vositasi yordamida qisqa vaqt davomida o’lchaganimizda bizda bir xavf vujudga keladi. Ushbu xavf kirish kattaliklari o’rtasidagi korillatsiya hisoblanib ushbu omil o’lchashlar noaniqligiga o’z hissasini albatta qo’shadi. Shu sababli ushbu omilning son qiymatini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kirish kattaliklari uchun korilatsiya koeffitsiyentlarini r (xi; xj) kabi belgilanadi. Ushbu qiymat 3.2.1. rasmda hisoblab topilgan.
Ushbu son qiymatlardan kelib chiqib endi noaniqlarni yig’ishni amalga oshirishimiz zarur. Buning uchun esa yig’indi standart noaniqlikni aniqlaymiz. Yig’indi standart noaniqlik o’z nomi bilan aytib turibdiki ta’sir qiluvchi noaniqliklarni shunchaki qo’shish yoki matematik bog’lanishlar orqali hisoblash yo’li bilan topiladigan noaniqlik hisoblanib u (y) korinishida belgilanadi. Biz ko’rib chiqayotgan misolda yig’indi standart noaniqlik korrilatsiyani hisobga olgan holatda hisoblab chiqilishi kerak. Sababi kirish kattaliklari o’rtasida korilattsiya qiymati mavjud.
Yig’indi standart noaniqlik hisoblangandan so’ng uchbu noaniqlik natijasinining qamrov koeffitsiyentini aniqlashimiz zarur. Buning uchun esa bizga ozodlik darajasi kerak bo’ladi. Yig’indi standart noaniqlikdan foydalangan holatda ozodlik darajasi sonini hisoblaymiz. Shundan song qamrov koeffitsiyenti aniq bo’ladi.
Songra o’lchash natijasi bilan birgalikda qo’shib yoziladiganQamrov koeffitsiyentini aniqlaganimizdan keyin uni uc yig’indi standart noaniqlikka ko’paytirib kengaytirilgan noaniqlik qiymatini olamiz. Shu tariqa o’lchashlar noaniqligini hisoblaymiz. Kelgusida ushbu noaniqliklardan qaysi biri kattaroq hissa qo’shayotganini aniqlaymiz va ularni bartaraf etish bo’yicha ishlarni amalga oshiramiz.
Sinov natijasini 3.2.1-rasmda ko’rishimiz mumkin.
3.2.1 – rasm. G’isht mahsulotining o’rtacha zichligi ko’rsatkichi bo’yicha o’lchashlar noaniqligini baholash
III bob Xulosa
Ushbu bobda yoritib o’tilgan o’lchashlar noaniqligi bilan bog’liq jarayonlar hozirgi rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotining eng dolzarb jabhalarini yordamchisi sifatida ko’rishimiz mumkin. Sababi har bir soha borki unda o’lchashlar mavjud har qanday o’lchashlarda esa noaniqlik ko’rsatkichi mavjud. Shu sababli ushbu hisob kitoblarni amalga oshirish juda muhim.
XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.
Bitiruv ishining bu qismida ishlash jarayonida hayot faoliyatining xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kurib chiqiladi. Hayot faoliyati deb insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarziga aytiladi.
Insonlarni texnosferadagi faoliyatining xavfsizligini asoslarini o’rganishga kirishishni avvalo tirik mavjudotlarning o’zaro va atrof-muhit bilan bir-biriga munosabati to’g’risidagi umumiy bilimlarda HFXni o’rnini bilishdan boshlash kerak.
Biosfera o’zining xokimligini asta-sekin yo’qota boshlab, insonlar yashaydigan joylarda ishlab chiqarish rivojlanishi va tabiatga ta’siri natijasida texnosferaga aylana boshladi. Tirik va tirik bo’lmagan materiyadagi o’zaro biologik munosabatlar, fizik va kimyoviy jarayonlarga o’z o’rnini bo’shata boshladi, jamiyatda tabiatni va insonlarni texnosferaning negativ faktorlaridan muxofazalash talabi yuzaga keldi.
Jamiyatda va tabiatda yuzaga kelgan ko’pgina negativ faktorlarning avvalam bosh sababi insonlarni anropogen faoliyati bo’lib, xozirgi paytda ushbu muammolarni еchish uchun insoniyat texnosferani mukammallashtirib, odamlarga va tabiatga salbiy ta’sirini yo’l qo’yilgan darajagacha pasaytirish hisoblanadi.
HFXning fan sifatidagi asosiy maqsadi- insonlarni texnosferadagi negativ antropogen va tabiiy ta’sirlardan himoyalash hamda hayot faoliyati uchun (qulay) komfort sharoitlar yaratishdan iborat. Yashash siklida inson va atrof-muhit doimo harakatdagi «inson-yashash muhiti» tizimini hosil qiladi.
Kompyuterdagi zararli va xavfli omillardan asabiy zo’riqish va ko’zning toliqishi, ularni ta’sirini kamaytirish chora tadbirlari
Shvesiyada 57,7 % tekshirilgan operatorlarda umumasabiy shikoyatlar qayd qilingan, bular: kuchaygan umumiy toliqish, bosh og’rig’i, boshning og’irlashuvi, yomon uyqu, tetiklikni, ish qobiliyatin susayishi va x.k. XK da ishlovchi operatorlarning ko’pchiligida (40,3 %) kuchaygan asabiylashuv, betoqatlikni sezish va ruxiy azoblanish kabi turg’un asabiy-psixologik buzulishlar qayd etilgan. Hisoblash texnikasi bilan band insonlarda boshqa soxalarda ishlovchi guruxlarga nisbatan lipillashlarni qo’shilishining kritik chastotasi (LQKCh) ko’rsatkichi bo’yicha sezilarli ifodalangan asabiy-sensor toliqishi, ya’ni ko’z orqali bir sekundda minimal portlagan yorug’lik qiymatini -uzluksiz va sezilmas darajada qabul qila olishi bo’lib, uni o’zgarish xarakteri asab tizimlarini ortiqcha ta’sirchanligi va turg’unligi buzilganligidan dalolat beradi.
Shu bilan bir qatorda, ikki soat bir xil ishni bajargan operatorlarda tekshirishlar diqqatni mustahkamlik konsentratsiyasi testini bajarganda e’tibor berish vaqti uzaygani, xatolar soni oshgani va yurak qisqarish chastotasi pasaygani, 72 % esa ko’zlarning muskul muvozanati buzulgani aniqlangan. XK operatorlarida ish jarayonida diqqati faol bo’lishi, ish natijalariga, xususan murakkab texnik tizimlarida, muxim ilmiy yoki iqtisodiy masalalarni еchishda katta javobgarlik, stress deb ataluvchi asabiy tolikishni yuzaga keltiradi.
Asabiy toliqish - bu organizmni fiziologik reaksiyasi bo’lib, qo’yilgan vazifani bajarish uchun uni barcha resurslarini jalb qilishdir. Asabiy toliqish xolatida operatorda kuchaygan ish xolati, umumiy jamlanganlik, harakatlarni yanada aniqlashuvi, harakat reaksiyasining tezlashuvi kuzatiladi. Lekin xis-tuyg’uning jo’shishi rag’batlantirish mexanizmining fiziologik chegarasi bo’lib, undan so’ng manfiy effekt yuzaga keladi. Toliqishning bunday chegaradan chiqish formalari buzulishlarga, insonni xaddi ziyod toliqishiga olib keladi.
VDT foydalanuvchilari stressga boshqa kasbdagilardan, xatto aviadispetcherlardan ham yuqori darajada duchor bo’ladilar. Stresslar bosh aylanishlarning, ko’ngil aynashi, depressiyalar, stenokardiya, ish qobiliyatini pasayishi, tez xayajonlanish, diqqatini bir joyga jamlash uchun uzoq vaqt talab qilinishi, surunkali bosh og’rishlar, uyqusizlik, ishtaxa yo’qligining sababchisidir. Amerikalik psixologlar bir qator o’quv yurtlarida (maktablarda, oliy o’quv yurtlarida) olib borgan izlanishlardan yangi, yaqinda paydo bo’lgan kompyuterofobiya deb atalmish, ya’ni o’zi xoxlamagan tarzda XKda ishlashni istamaslik kasalligini qayd etdilar. Agar bunday o’quvchini yoki talabani baribir kompyuterga o’tkazsalar, ularning kaftlari terlay boshlar, yurak urushi tezlashar, bosh og’rig’i boshlanar ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, kompyuterofobiya - mashina bilan muloqot, uning organizmga salbiy ta’siridan yuzaga keladigan ko’nikish kasalligidan EXM da ishlaydigan operatorlarning katta qismi, (30-40 %) aziyat chekar ekan.
XK bilan ishlash avval insonga xos bo’lmagan bir qator xususiyatlar bilan xarakterlanish qayd etilib, bunda avstriyalik shoir Rilkening asr boshidayoq ramziy-model dunyo kirib kelayotganini oldindan bilib, «Bizga qiymatlar va belgilar dunyosida unchalik rohatli emas» degan fikrini keltiradi.
Ish joyidagi VDT larning vizual parametrlarini nazorati
№
|
Parametrlar
|
Yo’l qo’yilgan qiymatlari
|
1
|
Oq nurning yorqinligi
|
35 kd/m2 dan kam emas
|
2
|
Ish yuzasining yorqinligini bir tekisda emasligi
|
± 20 % dan ko’p emas
|
3
|
Kontrastligi (monoxrom ekran uchun)
|
3 : 1dan ko’p emas
|
4
|
Tasvirni vaqtinchalik stabil emasligi (lipillashi)
|
Qayd etilmasliggi kerak
|
5
|
Tasvirni fazoviy stabil emasligi (titrashi)
|
bolee 2 x 1E(-4L) dan ko’p,bu еrda L — loyixaviy nazorat qilish masofasi, mm
|
Ko’rish toliqishining muxim faktorlaridan biri-kompyuter joylashgan xona va ish joyining yoritilganligidir. VDT bilan ishlaganda yorug’lik muxiti xarakteristikalari ko’pincha umumiy kamchiliklarga egadir: ko’rish chegarasida ko’plab to’g’ri va qaytar yorkinliklar (ekrandan va klaviaturadan, deraza va yoritgichlardan) bo’lishi, ravshanlikning bir tekisda taqsimlanmaganligi, yoritilganlik darajasining pastligi va x.k. Ular asosan uskunalarni xonadagi еruglik manbaiga nisbatan savodsizlarcha joylashtirilganligi va ko’rish organlarining operator ish joylaridagi toliqtiruvchi faktorlarga nisbatan elementar himoyasi yo’qligiga bog’liqdir. "Astenopiya" terminiga mutaxassislar ko’rish simptomlarini (ko’z oldini xiralashuvi, predmetlarni shakl ko’rinishiini noaniqligi, ular rangini o’zgarishi va boshqalar) va ko’z simptomlarini (ko’z charchaganini xis etish, ulardagi haroratining oshganligi, noqulayligi, ko’zda og’riqlar paydo bo’lishi va boshqalar) aks etishini kiritadilar. Bu tushunchani orqasida ko’rish analizatorining barcha bo’g’inlaridagi funksiyalarning, ya’ni ko’zning muskul apparati (akkomodatsiyaga va konvergensiyaga javob beruvchi) zo’riqishi bilan birgalikda ko’z to’r pardasi elementlarida ko’rish organining optimal ishlashini ta’minlovchi (yorug’likni sezuvchanlik, rangni ajratish kabi) biokimyoviy reaksiyalarning buzulish alomatlari turadi.
Ob’ektiv izlanishlar ko’rishnint asosiy funksiyalari (rangni ajrata bilishni o’zgarishi 19-25 %, ko’ra olish ko’rsatkichini o’zgarishi 12-33 % va boshqalar) yomonlashgani, xamda sezilarli darajada ishlash qobiliyati va diqqatining pasayishini tasdiqlaydi. Maxsus apparatura yordamida o’tkazilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, operatorlarda aniq ko’rish turg’unligi, ko’rish analizatorining elektr sezuvchanligi va labilligi (harakatchanligi), ko’rish o’tkirligi va moslashuvi pasayadi, shuningdek ko’z muskullarining muvozanati buziladi. Bu esa VDT bilan ishlaydiganlarning 80 % yaqini ko’ishni yomonlashuvidan aziyat chekib, ko’zoynakdan foydalanishiga olib keladi.
Mamlakatimizning ba’zi bir regionlarida o’rta maktabni tugatayotganlar ichida uzoqni ko’ra olmaydiganlari 30 % (ba’zi sinflarda 40-50 %) ga yaqinlashib qoldi. Agar o’z vaqtida kerakli chora-tadbirlar ko’rilmasa, yomonligi profilaktikani tufayli kompyuter texnikasini samarali joriy qilish mavjud epidemiologik sharoitida uzoqni ko’ra olmaslikni yanada kuchaytiradi.
1993- 1994yillarda Yaponiyada olib borilgan tibbiy izlanishlar 10-14 yoshdagi bolalarning 20 % yaqini ko’zoynak taqsa, 15-19 yoshga borib ularni soni 40 % еtar ekan. Hisoblash texnikasi bilan ishlovchilarda kon’yuktivit va blefarit bilan og’riganlar soni, bular bilan ishlamaydiganlardan ikki barobar ortiq uchraydi. Yana igu vaziyat ogohlantiradiki, kompyuterlarning elektromagnit nurlanishi kataraktaga olib kelishi mumkin. Xususan ko’z gavxarini ichi xiralashuvchi oldiy kataraktadan farkli ularoq, kompyuter nurlanishidan paydo bo’ladiganida ko’z gavxarini qobig’i xiralashadi. Ba’zida bu kasallik displeyda xatto bir yil ishlagandan keyin xam paydo bo’lishi mumkin.
Xususiy kompyuterda ko’rish ishlarining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, displeydan tarqalayotgan nurlar spektri ko’zning nurini yutish spektriga mos tushmasligidir. Olimlarning ko’pgina izlanishlari nafaqat ultrabinafsha nurlanish, balki xavorang-binafsha yorug’likning ortiqcha kattaligi xam ko’zning optik muxitini xiralashuviga olib kelishini ta’kidladi. Bu vaqt-soatida ko’z turpardasining turli shakllarni aniqligini yomonlashtiradi.
Ko’rish jarayonida nafaqat ko’zlar, balki miya xam ishtirok etishini nazardan qochirmaslik kerak. Ko’rishning tashqi juft organi (ko’zlar) - uncha mukammal optik asbob bo’lmay, ko’z to’r pardasiga predmetlar shaklini buzib ko’rsatilgan, noaniq, ustiga-ustak ag’darib «uzatadi». Shundan so’ng ko’z to’r pardasidan tushirilgan shakl bizning miyamizda qiyin "matematik" qayta ishlanadi. Shakl 180 gradusga ag’dariladi, undagi geometrik noaniqliklar tekislanadi. Albatta, ko’z to’r pardasida boshlang’ich shakl qanchalik aniq bo’lsa, uni qayta ishlash miyaga shunchalik oson bo’ladi. Miyaga ortiqcha yuklanganlik 0,3 mm dan ortiq doni (pikseli) bo’lgan sifatsiz monitorlar bilan ishlaganda kuzatiladi
Shunday qilib, ko’rish yomonlashuvini oldini olishning eng samarali chorasidan biri xavorang-binafsha yorug’likning ortiqchaligidan, ko’z to’r pardasida shakllarning aniqligini oshirish bilan birgalikda himoyalashdir.
Bioenergetiklarning fikricha, XKda ishlaganda agar ko’rish organlariga ortiqcha og’irlik tushsa, og’irlikdan himoyalanish, bu organning korreksiyasi va davolanishi boshqa organlarning energiyasi hisobiga amalga oshadi, u esa yurakda, buyrakda, bosh miyada, asab tizimida, ichak-me’da traktida og’irlikning oshishiga olib keladi. Inson organizmidagi bioenergetik jarayonlarni bunday bog’lanishi kompyuterda qanchalik uzoq vakt ishlansa, ortiqcha asabning taranglashuvini va bosh og’riklari sabablaridan birini tushuntirishga imkon beradi.
Displeylarning rangli parametrlariga qo’yiladigan talablar majburiy emas, faqat taklif etilayotganlar bo’lib, ularga rioya qilish esa ma’lumotni idrok etish sifatini oshishiga imkon beradi va ko’rish zo’riqishini kamaytiradi. Displey ekranida idrok etadigan (qo’zg’almas ekran rangi bilan birga) ranglar soni- monoxrom displeylar uchun - 2, turli rangli grafik displeylarda - 16ta.
Oq rang va boshqa asosiy ranglar (qizil, yashil, kuk) uchun ranglanish koordinatalarining qiymatlari rangli displeyning me’yoriy xujjatlarida belgilanadi.
Monoxrom displeylar uchun ekran yarqirashiga taklif etiladigan ranglar - sariq, yashil, qizg’ish, axromatik (ya’ni oq, kul rang).
Rangli displeylar uchun belgilar va fon uchun ranglanish koordinatalari yanada uzoqlashganlarini tanlash taklif etiladi.
Matnli, nozik grafikali, yuksak aniqlikni talab qiladigan axborotlarni ajratish uchun spektrning ko’k rang qismini ishlatish taklif etilmaydi. Spektrning qizil rang bulagining ranglaridan foydalanuvchi e’tiborini jalb qilish maqsadida ishlatish taklif etiladi.
|