• I bob Xulosa
  • II bob Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan labaratoriyalar va ularning vazifalari
  • 2.2. Sinov labaratoriyalari va ularning faoliyat turlari (Qurilish labaratoriyalari misolida)
  • Texnologiya




    Download 1,37 Mb.
    bet6/12
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #262030
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Diplom ishi noaniqlik

    Xodimlar
    * Labaratoriyaning labaratoriya ishlari bajaralishiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha, ya’ni o’z shtatidagi va jalb qilingan xodimlari ishini xolisona bajarishi, malakaga ega bo’lishi, ishlarni labaratoriyaning menejment tizimiga mos ravishda bajarishi kerak.
    * Labaratoriya labaratoriya ishlari natijasiga ta’sir qiladigan har bir funksiya uchun kerakli kompetensiyalarga, shu jumladan xodimlarning ma’lumoti, malakasi, tayyorligi, texnik bilimlari, ko’nikmalari va tajribasiga qo’yiladigan talablarni hujjatlashtirishi shart.
    * Laboratoriyani kadrlar bo’limi ushbu vazifalarni bajarishga mas’ul hisoblanadi:
    a) kompetentlikka quyiladigan talablarni belgilash;
    b) Xodimlarni tanlab olish;
    c) Xodimlarni tayyorlash;
    d) Xodimlarni nazorat qilish;
    e) Xodimlarga vakolat berish;
    f) Xodimlarning kompetentligini nazorat qilish uchun tamoyillari bo’lishi va yozuvlarni yuritishi zarur
    *Labaratoriya labaratoriya ishlarining muayyan turlarini shu jumladan:
    a) Usullarni ishlab chiqish, o’zgartirish, muvofiqligini tasdiqlash (verifikatsiya) va yaroqliligini tasdiqlash (validatsiya);
    b) Natijalar, shu jumladan muvofiqlik to’g’risidagi e’tiroflarni yoki fikrlar va talqinlarni taxlil qilish;
    c) Natijalar haqida hisobot tuzish, ularni taxlil qilish va tasdiqlash uchun xodimlarga vakolat berish, ammo ular bilan cheklanmasligi kerak.
    Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti
    * Xonalar va ishlab chiqarish sharoiti labaratoriya ishlari amalga oshirish uchun yaroqli bo’lishi va natijalar ishonchliligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.
    Eslatma. Natijalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan omillarga mikroblar bilan ifloslanish, chang, elektromagnit shovqinlar, radiatsiya, namlik, elektr ta’minoti manbalari, harorat, tovush va vibratsiya kiradi, ammo shular bilan chegaralanmaydi.
    * Xonalar va ishlab chiqarish sharoitiga qo’yiladigan va labaratoriya ishlari bajarish uchun zarur bo’lgan talablar hujjatlashtirilgan bo’lishi shart.
    * Labaratoriya atrof muhitdagi sharoitni monitoring qilishi, tegishli spesifikatsiyalar, usullar yoki tamoillarga muvofiq ravishda yoki sharoitlar natijalarining ishonchliligiga ta’sir qiladigan xolatlarda ularning parametrlarini nazorat qilishi va qayd etishi shart.
    * Xonalarni nazorat qilish choralarini joriy etish, ular yuzasidan monitoring olib borish va davriy taxlil qilish quyidagilarni o’z ichiga olishi, ammo shu bilan cheklanmasligi kerak:
    a) Labaratoriya faoliyatiga ta’sir qiladigan joylarga kirish imkoniyatiga ega bo’lishi va ulardan foydalanish;
    b) Labaratoriya ishlarini ifloslantirish, ularga aralashish va salbiy ta’sir qilishning oldini olish;
    c) Nomuvofiq labaratoriya faoliyati bajariladigan joylarni samarali ajratish.
    * Labaratoriya ishlari doimiy nazorat zonalaridan tashqaridagi uchastkalar yoki xonalarda amalga oshirilgan xolatlarda labaratoriya ushbu xonalar va ishlab chiqarish sharoitlari bilan bog’liq talablar mazkur hujjat talablariga javob berishi kafolatlanishi shart.
    Asbob-uskunlar
    Labaratoriya labaratoriya ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan va natijaga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, quyidagilarni o’z ichiga oladigan, ammo bu bilan cheklanmaydigan asbob-uskunlardan, o’lchash asboblaridan, dasturiy ta’minotdan, etalonlardan, standart namunalardan, malumot beruvchi axborotdan, reagentlardan, sarflash materiallaridan yoki yordamchi uskunalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
    1-Eslatma. Standart namunalar, shu jumladan atestatsiyadan o’tkazilgan standart namunalar uchun ko’plab nomlar bor, jumladan standart namunalar, kalibratorlar, etalon materiallar, sifatni nazorat qilish uchun namunalar. ISO 17034 standartda standart namunalarni ishlab chiqaruvchilar uchun qo’shimcha axborot keltirilgan. ISO 17034 standarti talablariga javob beradigan standart namunalar ishlab chiqariladigan standrt namunalar mahsulot katalogi/sertifikatlar bilan birga yetkazib beriladi. Standart namunalar, boshqa tavsiflar bilan bir qatorda, belgilangan xususiyatlarning bir xilligi va barqarorligini ko’rsatadi, atestatsiyadan o’tkazilgan standart namunalar – belgilangan xuxusiyatlarning sertifikatsiyalangan qiymatlarga mosligini, ular bilan bog’liq noaniqliklar va metrologik kelib chiqishini ko’rsatadi.
    Ishlab chiqaruvchining ISO 17034 talablariga mos standart namunalaridan foydalanishi shart.
    2-Eslatma. ISO 33 qo’llanmasida standart namunalarni tanlash va ulardan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar yozilgan. ISO Guide 80 qo’llanmasida sifatni nazorat qilish uchun materiallarni mustaqil ishlab chiqarish bo’yicha ko’rsatmalar bayon etilgan.
    * Labaratoriya o’zining doimiy nazoratidan tashqari zonadagi asbob-uskunalardan foydalangan taqdirda, mazkur hujjatning asbob-uskunalarga qo’yiladigan talablarini bajarilishini kafolatlashi shart.
    * Lozim tarzda faoliyat yuritilayotganligini kafolatlash, ifloslanish yoki zarar yetishining oldini olish uchun, labaratoriya asbob-uskunalarni tushurish va ortish, transportda tashish, saqlash, foydalanish va reja bo’yicha xizmat ko’rsatish taomillariga ega bo’lishi shart.
    * Asbob-uskunani foydalanishga topshirishdan oldin va texnik xizmat ko’rsatilganidan keyin, u belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlashi kerak.
    * O’lchash uchun foydalaniladigan uskunlar haqqoniy natija olish uchun talab etiladigan aniqlik yoki noaniqlikni ta’minlab berishini tasdiqlashi kerak.
    * O’lchash vositalari quyidagi xolatlarda kalibrlangan bo’lishi kerak:
    - O’lchash aniqligi yoki o’lchashlar noaniqligi olingan natijalarning ishonchliligiga ta’sir qilganda yoki;
    - Olingan natijalar metrologik kuzatiluvchanlik uchun qurilmani kalibrlash talab etilganda.
    Shu va shunga o’xshash bir qancha talablar O’zDSt ISO/IEC 17025:2019 standartida keltirib o’tilgan. Ushbu talablarni bajarish orqali labaratoriylar muvofiqlikni baholash organi, sinov labaratoriyasi, kalibrlash labaratoriyasi va hakazolar bo’lishi mumkin.

    I bob Xulosa


    Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak hozirgi kunda muvofiqlikni baholash unga qo’yilgan talablarni bajarish eng aktual masalalardan hisoblanadi va shu masalalarga yechim berish maqsadida prezident qarorlari, qonunlar ishlab chiqilmoqda. Bu ishlar bejizga amalga oshirilayotgani yo’q. Albatta bu ishlar O’zbekistoning butun jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish borasidagi qadamlariga turtki sifatida qilinmoqda. Yaqin kelajakda biz shu ishlarni izchil davom ettirib muvofiqlikni baholash akreditatsiya sohasidagi bilimlarimizni kengaytirib borsak bu bizning muvofiqlikni baholash sohasidagi yaxshi bir odimlashimizdan bo’lishi kutilmoqda.


    II bob Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan labaratoriyalar va ularning vazifalari

    2.1. O’zbekiton Respublikasi akkreditatsiya markazining faoliyat yo’nalishlari


    “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanadi.
    “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
    “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining holati va faoliyati “Muvofiqlikni baholash va akkkreditatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2018 yildagi 3643-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.04.2019 yildagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga dori qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilanadi.
    “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining faoliyati muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash, muvofiqlikni baholash ishlarining natijalariga ishonchni taʻminlash va natijada savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
    “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK ISO/IEC 17011:2017 talablariga muvofiq ishlaydi. Asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻlib, akkreditatsiya boʻyicha ishlar majmui hisoblanadi, unga dastlabki akkreditatsiya, davriy baho (inspeksiya nazorati), takroriy akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish va/yoki qisqartirish kiradi.
    “O’zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK muvofiqlikni baholash organlarining vakolatlarini quyidagi standart talablariga muvofiq akkreditatsiya qiladi:

    • sinov va kalibrlash laboratoriyalarini ISO/IEC 17025:2017;

    • tibbiy laboratoriyalarini ISO 15189:2012;

    • mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17065:2012;

    • xodimlarni sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17024:2012;

    • inspeksiya organlarini ISO/IEC 17020:2012;

    • malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043:2010;

    • menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17021-1:2015.




    2.1.1 – rasm Muvoqlikni baholash sohasidagi faoliyat yuritayotgan tashkilotlar
    Hozirgi davrda muvofiqlikni baholash va akkreditasiya sohasida akkreditatsiya guvohnomasiga ega 2.1.1 –rasmda ko’rsatilgan labaratoriyalar mavjud. Ushbu labaratoriyalar o’z faoliyatini davom ettirib kelishmoqda. Akkred.uz sayti orqali har bir tashkilot to’g’risida batafsil ma’lumotlarni olish mumkin.
    O’zbekiston akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yo’nalishlari:

    muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini ta’minlagan holda manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik;


    Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forumda (IAF) o’z faoliyati bo’yicha masalalarni hal etish bo’yicha fikrlar berish;
    akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;
    akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, o’zining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
    O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya bo’yicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko’rish;
    akkreditatsiyadan o’tkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini ta’minlash.
    O’zbekiston akkreditatsiya markaziga berilgan huquqlar:
    akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
    ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya bo’yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo’yicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya bo’yicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari bo’yicha qoidalar, yo’riqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
    treninglar, seminarlar o’tkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;
    o’z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajaryotgan xodimlarga o’z mablag’lari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha bo’lgan miqdorda har oylik ustamalar to’lash;
    eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
    O’zbekiston akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.
    ​O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori bilan "Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom" tasdiqlandi. Ushbu qonunga binoan akkreditatsiya organining faoliyat shartlari belgilandi. Quyida ushbu talablarni ko’rib chiqamiz:
    Akkreditatsiya organi mustaqil yuridik shaxsdir va u maxsus vakolatli davlat organining tizimiga hamda tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
    Akkreditatsiya organining faoliyati akkreditatsiya organiga nisbatan umumiy talablarni belgilovchi xalqaro va milliy standartlar talablariga muvofiq tashkil etilishi kerak.
    Akkreditatsiya organining faoliyatida quyidagilar ta’minlanishi kerak:
    akkreditatsiya organining o’zi akkreditatsiya o’tkazayotgan muvofiqlikni baholash organlaridan mustaqilligi;
    muvofiqlikni baholash organlariga maslahat xizmatlarini ko’rsatishga yo’l qo’yilmasligi;
    akkreditatsiya qilinadigan muvofiqlikni baholash faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
    muvofiqlikni baholash organlarida mulkiy huquqlarning va (yoki) boshqaruv huquqining mavjud bo’lishiga yo’l qo’yilmasligi;
    o’z xizmatlaridan foydalanuvchilardan beg’araz, homiylik yordami yoki boshqa moddiy yordam olinishiga yo’l qo’yilmasligi.
    Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari akkreditatsiya organining ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.


    2.2. Sinov labaratoriyalari va ularning faoliyat turlari (Qurilish labaratoriyalari misolida)

    Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan muvofiqlikni baholash sohasidagi sinov laboratoriyalari soni 240 dan ortiq. Hozirgi kunda ushbu laboratoriyalar respublikamiz hududida muvofiqlikni baholash sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu laboratoriyalarning qurilish sohasidagi faoliyat yuritayotganlari esa 30 dan ortiqni tashkil etadi. Ushbu diplom ishi mavzusini yoritish uchun ushbu qurilish laboratoriyalari o’rganib chiqildi. Bu laboratoriyalarning ko’pchiligi Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududida joylashganligini guvohi bo’ldik.


    Shu o’rinda ta’kidlash kerakki qurilish sohasidagi sinov laboratoriyalari ham kun sayin rivojlanib bormoqda. Buning yaqqol misoli sifatida 1- jadvalda ko’rsatilgan laboratoriyalarni olishimiz mumkin. Ushbu laboratoriyalar barchasi O’zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablarini bajargan holatda o’z faoliyat sohalarini belgilashgan.

    1-jadvalX№

    Reestr raqami

    Muvofiqlikni baholash organi nomi

    Manzili

    Akkreditatsiyadan o'tkazilgan sana

    Toshkent shahri

    1

    O'ZAK.SL.0103

    "Asfaltobeton" ilmiy ishlab chiqarish korxonasi

    100016, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 327.

    11.01.2021

    2

    O'ZAK.SL.0332

    "Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti" Kompleks sinov laboratoriyasi

    Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 75-uy

    27.10.2023

    2

    O'ZAK.SL.0214

    "Stroytest Service" mas`uliyati cheklangan jamiyati

    100059, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko`chasi, 5.

    28.06.2022

    3

    O'ZAK.SL.0236

    “Correct Results Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 196A.

    13.09.2022

    4

    O'ZAK.SL.0123

    "Advanced Testing Laboratory" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100015, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 10-daha, 15.

    08.07.2021

    5

    O'ZAK.SL.0207

    “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi

    100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko'chasi, 333 A va B

    10.06.2022

    6

    O'ZAK.SL.0191

    "Yangi Texnologiyalar" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100059, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi, 2.

    25.04.2022

    7

    O'ZAK.SL.0244

    "Texnik sinovlar" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100069, Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 2.

    11.10.2022

    8

    O'ZAK.SL.0219

    “Turon Standart Sertifikat” Ilmiy texnik markazi mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100071, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Shahriobod ko‘chasi, 280A.

    18.07.2022

    9

    O'ZAK.SL.0067

    "Binokor Temir-Beton Servis" mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo'shma korxonasi

    100083, Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Ziroat ko'chasi, 52-uy

    22.06.2022

    10

    O'ZAK.SL.0263

    "Innovasiy Plus" mas‘uliyati cheklangan jamiyati

    100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shot Rustaveli ko‘chasi, 45.

    16.12.2022

    11

    O'ZAK.SL.0108

    "Uzko‘prikloyiha" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100115, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor mavzesi, 2-daha, 15.

    22.02.2021

    12

    O'ZAK.SL.0213

    "Avtomobil Yo'llari Ilmiy-Tadqiqot Instituti" unitar korxonasi

    100146, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Quruvchilar ko‘chasi, 12.

    27.06.2022

    13

    O'ZAK.SL.0137

    "Ko'priksifatnazorat" unitar korxonasi

    100154, Toshkent sh., Sirg'ali t., Janubiy sanoat zonasi. Filial: 100044, Toshkent sh., Sirg'ali t., Mirza-Xaydar k., 1-berk.

    21.09.2021

    14

    O'ZAK.SL.0232

    “RWS Optimum” mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100158, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Chirchiq bo‘yi ko‘chasi, 4.

    05.09.2022

    15

    O'ZAK.SL.0308

    “Trusted Laboratory” mas’uliyati cheklangam jamiyati

    100160, Toshkent shahri, Sergili tumani, Ko‘hna qumariq MFY, 2-Alisher Navoiy pr.2 ko‘chasi, 7.

    08.06.2023

    16

    O'ZAK.SL.0257

    "Attest" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    100171, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviyasozlar ko‘chasi, 4-mavze 24 A.

    28.11.2022

    Buxoro viloyati

    17

    O'ZAK.SL.0044

    "Buxoro maxsus sinov qurilish laboratoriya" mas‘uliyati cheklangan jamiyati

    201122, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, B.Naqshbandiy ko`chasi, 309/3

    23.09.2021

    18

    O'ZAK.SL.0120

    “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi

    200125, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 1/2.

    21.06.2021

    Navoiy viloyati

    19

    O'ZAK.SL.0147

    "Qizilqumsement" aksiyadorlik jamiyati

    210100, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi, 33.

    25.11.2021

    20

    O'ZAK.SL.0319

    "Navoiy Zamon Standart" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    210100, Navoiy vil., Navoiy shahri, Guliston massivi, G‘alaba shoh ko’chasi, 96A.

    03.10.2023

    21

    O'ZAK.SL.0242

    "Navoiyqurilishsinov" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    210100, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Navoiy ko'chasi, 5A.

    10.10.2022

    22

    O'ZAK.SL.0310

    "Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati" aksiyadorlik jamiyati

    210300, Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Sanoat zonasi, Temir-beton zavodi.

    12.06.2023

    Namangan viloyati

    23

    O'ZAK.SL.0288

    "Texno Standart Test" mas'uliyati cheklangan jamiyati

    160100, Namangan viloyati, Namangan shahri, 8-mart ko‘chasi, 17.

    07.04.2023

    24

    O'ZAK.SL.0282

    "Texno Analit Test" mas'uliyati cheklangan jamiyati

    160100, Namangan viloyati, Namangan shahri, 8-mart ko‘chasi, 24.

    02.03.2023

    Qashqadaryo viloyati

    25

    O'ZAK.SL.0245

    “O’zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi

    180100, Qashqadaryo viloyat, Qarshi shahri, Xo’jabog‘ ko‘chasi, 6.

    12.10.2022

    Samarqand viloyati

    26

    O'ZAK.SL.0198

    "Mintaqa Sinov Markazi" mas`uliyati cheklangan jamiyati

    140147, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy

    11.05.2022

    27

    O'ZAK.SL.0205

    "Sam MBI Ekspertiza" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    140162, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Umid ko'chasi, 7A.

    27.05.2022

    Farg'ona viloyati

    28

    O'ZAK.SL.0030

    "Far Imdod Servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    150100, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 310.

    27.04.2022

    Xorazm viloyati

    29

    O'ZAK.SL.0171

    "Jur’at Hamroh Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati

    220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xiva ko‘chasi, 88.

    08.02.2022

    30

    O'ZAK.SL.0256

    “Muxannad Sinov Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati

    220100, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonka ko‘chasi, 138 F.

    21.11.2022

    31

    O'ZAK.SL.0154

    "Sinov Sertifiqat Servis" mas`uliyati cheklangan jamiyati

    220400, Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Pitnak shahri, Obod mahallasi, Xalqlar do'stligi ko'chasi, 10/3. Filiali: 111219, Toshkent viloyati, Qibray tumani, "Yalang'och" qishlog'i, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 5.

    15.12.2021















    Hozirgi kunda respublikamiz hududida 30 dan ziyod qurilish sohasidagi akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi mavjud. Hududlar kesimi bo’yicha qaysi viloyatda qancha ekanligini 1-jadvalda ko’rishinggiz mumkin. Bu jadvalda joy olmagan yana bir laboratoriya mavjud. Bu labaratoriyalar bo’yicha ma’lumotlarni akkred.uz sayti orqali sinov laboratoriylari bo’limidan bilib olishinggiz mumkin. Quyida ushbu xolatni amaliy ko’rsatib o’tamiz.



    1. Dastlab istalgan internet brauzeridan akkred.uz saytini qidirtiramiz.





    1. Keyin ushbu saytning oynasiga o’tamiz.





    1. Interfeysda keltirib o’tilgan sinov labaratoriyalari bo’limini tanlaymiz.



    1. Ushbu bo’limda akkreditatsiya qilingan barcha sohadagi sinov labaratoriyalarining holati va faoliyat sohasi bilan tanishsak bo’ladi.

    Shu tarzda respublikamizda faoliyat yuritayotgan akkreditatsiyalangan laboratoriyalar faoliyati bilan tanishishimiz mumkin. Hozirgi kunda juda ko’pchilik akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar faoliyat sohasi davlatlararo standart hisoblangan GOST larga asoslangan. Bu esa hozirgi kundagi ayrim texnik to’siqlarga sababchi bo’lmoqda. Ya’ni ishlab chiqaruvchilar xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarmoqda. Yoki quruvchilar xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan materiallar eksportini amalga oshirmoqda.
    Bu jarayonda quruvchi ham ishlab chiqaruvchi ham ushbu mahsulotining sifat va xavfsizlik ko’rsatkichlarini nazorat qilishi kerak. Bu jarayonda yuzaga keladigan muammo birinchi navbatda xalqaro standart respublikamizda amalda emasligi, ikkinchi muammo esa ushbu standart talablarining sifat va xavfsizlik ko’rsatkichlarini baholovchi usullar bo’yicha laboratoriyalarning faoliyat sohasida qamrab olinmaganligi.
    Shu sababli respublikamiz hududida hozirgi kunda xalqaro standartlarni respublikamiz hududiga uyg’unlashtirish, ular bilan bog’liq bo’lgan standartlarni o’rganib chiqish izchil davom etmoqda. Bu esa xalqaro talablarning o’rganilishi xalqaro darajada mahsulotlarning tan olinishi va boshqa bir qancha qulayliklarni olib keladi.
    Buning uchun esa avvalambor xalqaro standartlarni o’rganish va bu standartlar bo’yicha faoliyat sohasini belgilash zarur bo’ladi. Ushbu faoliyat sohasi juda keng qamrovli bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Download 1,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,37 Mb.