|
Texnologiya
|
bet | 3/12 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #262030 |
Bog'liq Diplom ishi noaniqlikmuvofiqlikni baholash — mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo’yicha faoliyat. [2]
muvofiqlikni baholash organlari - yuridik shaxs bo’lgan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari. [2]
Akkreditatsiya - yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash. [2]
akkreditatsiya sohasi - muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chog’ida Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi. [2]
inspeksiya nazorati - mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili. [2]
inspeksiya organi - yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani va inspeksiya nazoratini o’tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs. [2]
milliy akkreditatsiya tizimi - muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi tizim. [2]
muvofiqlik to’g’risidagi deklaratsiya - ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat. [2]
|
| |