• III BОB. Qurilish sinov labaratoriyalarida o’lchashlar noaniqligini baholash.
  • Texnologiya




    Download 1,37 Mb.
    bet7/12
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #262030
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Diplom ishi noaniqlik

    II bob Xulosa
    Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan laboratoriyalar juda ko’p ammo ularning ko’pchiligi akkreditatsiya qilinmagan. Bu esa natijalarning ishonchliliga ta’sirini ko’rsatadi. Shu sababli yurtimizda faoliyat yuritayotgan laboratoriyalar faoliyatini akkreditasiya orqali rivojlantirishni maqul ko’raman. Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan barcha laboratoriyalar aniqlik to’g’rilik ishonchlilik ko’rsatkichlari baland bo’lishi xalqaro darajadagi mavqeimizni juda oshiradi.


    III BОB. Qurilish sinov labaratoriyalarida o’lchashlar noaniqligini baholash.

    3.1. O’lchashlar noaniqligini baholash bo’yicha jarayon hujjati

    Sinov labaratoriyalarida o’lchashla noaniqligini baholash va uning qiymatini ko’rsatib berish muhim hisoblanadi. Sababi dunyo miqyosida o’lchashlar birligini taminlash va natijalarni bayon etish bo’yicha kelishuvlar mavjud. Ushbu kelishuvlarning mazmuni shundan iboratki butun dunyoda o’lchashlar biriligini ta’minlash va o’lchash natijalarining bir xil tushunilishini ta’minlashdan iboratdir.


    Shu maqsadda sinov va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga qo’yilgan umumiy talablarda ushbu mavzu yuzasidan to’xtalib o’tilgan va o’lchashlar noaniqligini baholash jarayoni hujjatlari shakllantirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu sababli ushbu diplom ishini bajarish mobaynida ushbu hujjatning tuzilishi va tarkibiy qismlarini ko’rib o’tamiz.
    Ushbu jarayon hujjati laboratoriya kelgusida o’lchalar noaniqligini baholash jarayonidagi nomuvofiqliklarning oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
    O’lchalar noaniqligini baholash bo’yicha jarayon hujjati quyidagilardan tashkil topadi:

    1. Titul varagi

    2. Mundarija

    3. Kirish qismi

    4. Hujjatning ishlashini taminlash uchun javobgar shaxslar haqida ma’lumot

    5. Hujjatning qo’llanilish sohasi

    6. Meyoriy hujjatlarga havolalar

    7. Atama va tariflar

    8. Asosiy qism

    9. Ilovalar

    10. Foydalanilgan adabiyotlar
    Jarayon hujjatlari shu tarkibiy qismdan tashkil topadi ammo shu bilan cheklanmaydi.
    Endi hujjatning ushbu bo’limlarida nimalar yoritilishini ko’rib chiqamiz.
    Titul varagida ushbu hujjatning nomi uni tasdiqlagan shaxs uni ishlab chiqqan shaxs va ushbu hujjatni ishlab chiqqan tashkilot nomi va hakazolar tasvirlanadi.


    Download 1,37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,37 Mb.