Texnologiyalari




Download 29.35 Mb.
bet4/137
Sana27.07.2023
Hajmi29.35 Mb.
#77440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)
Abdumalikova 2665, 22222, asosiy vositalar mavzu
Axborotlashgan jamiyat — jam iyatning ko‘pchilik a ’zolari axbo­
rot, ayniqsa, uning oliy shakli bo'lm ish bilimlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band b o ‘lgan jamiyat. Axborotlashgan jamiyatga o ‘tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati
yuzaga keladi.
Hozirgi paytda u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o ‘rin egallashi va boshqa m am lakatlar bilan iqtisodiy m usobaqada teng qatnashishi uchun o ‘z iqtisodiy tuzilishi, ustuvor jihatlari, boylik-


lari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerakligi ravshan bo'lmoqda.
Bizning respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jam iyat tom on kirib bormoqda. Bu masala mamlakat Prezidenti va Respublika hukumatining diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.
K ibernetika ham da inform atika sohasida ilm iy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq xo‘jaligiga joriy etish m aqsadida 1956-yilda akadem ik M .T. O 'rozboyev tashabbusi bilan O 'zbekiston F anlar akadem iyasi tarkibida, V.I. Romanovskiy nom li M atem atika insti- tuti qoshida Hisoblash texnikasi bo'lim i ochildi. 1966-yilda M arka­ ziy Osiyo m intaqasida O 'zbekiston Respublikasi Fanlar akadem i­ yasi tarkibida hisoblash m arkazi bo'lgan K ibernetika instituti, 1978- yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Davlat tom onidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 1992-yil 8-dekabr qarori bilan Fan va texnika bo'yicha Davlat Q o'm itasi (FTD Q ) qoshida Axborotlashtirish bo'yicha bosh boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. M azkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlari doirasida O 'z R FTD Q tashabbusi bilan axborotlashti­ rish jarayonini rivojlantirishga yo'naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqidagi (1993-yil, may), EH M va m a’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi
(1994-yil, may) qonunlar shular jum lasidandir.
Vazirlar M ahkamasi Axborotlashtirish haqidagi Q onun talablarini bajara borib, 1994-yil dekabrda O'zbekiston Respublikasini axborot­ lashtirish konsepsiyasini m a’qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo'yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
• milliy axborot-hisoblash to'rini yaratish;
• axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va m e’yoriy hujjatlarini yuritish;
• axborotlam i qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
• informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
• axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundam ental tadqiqotlarni rag'batlantirish va qo'llab-quw atlash;
• informatika vositalaridan foydalanuvchilami tayyorlash tizim ini muvofiqlashtirish.


Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan « 0 ‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi. U uch maqsadli dastum i o 'z ichiga oladi:
a) milliy axborot-hisoblash tarm og'i;
b) EH M ni m atem atik va dasturiy ta ’minlash;
d) shaxsiy kompyuter.
Mazkur dasturda vazirlik va idora axborot tarmoqlari, Milliy axborot- hisoblash tarm og'ini yaratish, kom pyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologi­ yalari sohasida kadriar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirish- ning m e'yoriy-uslubiy ham da huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
0 ‘zbekiston axborot texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kom pyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta ’m inoti, axborot tizim lari bo'yicha malakali xodimlar ishlamoqda.
Xalq xo‘jaligining ushbu yo‘nalishida O'zbekiston Respublikasi ham yuqorida belgilab berilgan tamoyillami amalga oshirar ekan, axborot­ lashgan jamiyat sari shahdam qadamlar bilan bormoqda.
Buning yorqin dalili sifatida 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan
«Kadriar tayyorlash milliy dasturi»ni, ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisining V sessiyasida Prezident I.A. Karimov ko'targan masalalar yuzasidan Vazirlar M ahkamasining 2001-yil 23- mayda qabul qilingan «2001—2005-yillarda kom pyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, « I n t e r n e t t in g xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta ’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi Qarorini va 2001-yilning m ay oyida respublikamizda birinchi m arta o'tkazilgan Internet festi- valini aytib o 'tish mumkin.
M azkur qarorni bajarish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirildi va yana bir qator ishlam i amalga oshirish rejalashtirilgan.
XXI asrda oliy va o 'rta maxsus o'quv yurtlarining bitiruvchilari yangi sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo ‘lish- lari lozim. Shu sababli respubhkamizda ta ’lim sohasida ham , boshqa sohalardagi kabi, katta o ‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy kibem etikani rivojlantirishda akadem ik S.S. G 'u lom ov boshchiligidagi bir guruh olim lar olib borayotgan izlanishlar diqqatga sazovordir. Z ero akadem ik V.Q. Qobulov aytganidek: «Iqtisodiy


kibernetika — mashina texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni o ‘rganadigan yangi fanga aylanmoqda».
Axborotlami qayta ishlash, saqlash va uzatish insoniyat taraqqi- yotining har bir bosqichida turlicha rivojlanib borib, har xil ko'ri- nishlarga ega bo'lgan. Eng sodda zamonaviy axborot sistemasigacha uning paydo bo'lishi, so'ngra m uloqotning paydo bo'lishi uchun insondan alohida vosita talab qilinmagan. Unga inson miyasining quwati yetarli hisoblangan. Inson tajribasi va bilimini orttirishda, axborot almashishda til va nutq vositachi vazifasini bajargan. Ulaming og'zaki hikoyalarda yig'ilishi, xotirada saqlanishi va avloddan avlodga o 'tib borishi insonning tabiiy imkoniyatlari tufaylidir. Taraqqiyot bosqich­ lari rivojlangani sari, insoniyatning axborot to'plashi, qayta ishlashi va uzatishi usuli o'zgarib borgan. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
I bosqich — yozuvning paydo bo'lishi, saqlanishi va avloddan avlodga o'tishi. Yozuv paydo bo'lishi bilan inson qayta ishlash tex- nologiyasidan birinchi marta quw at oldi.
II bosqich — XVI asr o 'rta larida kitob bosish vositalarning yaratilishi bilan bog'liq. Bu hodisa m adaniyatning rivojlanishiga olib keldi. Kitob nashr etish ilm-fanning rivojlanishi bilan birga, soha bilimlarining ham jadal rivojlanishiga olib keldi. M ehnat jarayonida, dastgohlarda, mashinalarda ishlash orqali orttirilgan bilimlar yangi fikrlash manbayi va ilmiy yo'nalishlarga tatbiq etildi.
III bosqich — XIX asr oxirlari. Elektr energiyasi paydo bo'lishi bilan birga telefon, telegraf, radio orqali ko'p miqdordagi axborot- lam i uzatish va qabul qilish imkoniyati yaratildi.
IV bosqich — axborot revolyutsiyasi sodir bo'lishi bilan xarak­ terlanadi. Bu bosqichning boshlanishi XX asming 40-yillariga, ya’ni universal EHM lam ing yaratilishi davriga to 'g 'ri keldi. 70-yillarda axborot texnologiyasining yadrosi bo'lgan mikrotexnologiya va shaxsiy k o m p y u te r la r y a ra tild i. H iso b lash tex n ik asin in g riv o jlan ish i evolyutsiyasida mikroprotsessor yo'nalishi paydo bo'ldi.
V bosqich — XX asr oxiri. Boshqarish tizimlarini osonlashtirish maqsadida axborot texnologiyalari qayta ishlandi. Axborotlami m az- munli qayta ishlash negizida bizga boshqaruv tizimini o'rganish im - koniyatini beradigan algoritm va modellar bor. Kompyuterlaming paydo bo'lishi insoniyatning ulkan yutug'i hisoblanadi. Kompyuter axborotni xotirasida yig'ib, uni tez qayta ishlash imkoniyatiga ega, lekin axborotni qayta ishlashdan m aqsad nima ekanligini bilmaydi.



Download 29.35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Download 29.35 Mb.