• IMS komponentasi
  • Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 361.01 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana17.05.2023
    Hajmi361.01 Kb.
    #61137
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Murtazoyev Oybek
    1 Эшонқулов С.К. Электромонтаж, 1668886172, 3-maruza., pul va kredit, O.Bexruz, Base inforamtion of MObile communications step by step (1), Mobil aloqa arxitekturalar, kurs ishi uchun slayd
    Integral 
    mikrosxema 
    (IMS) elektr 
    jihatdan o‘zaro bog‘langan elektr 
    radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) 
    majmui bo‘lib, yagona texnologik siklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o‘zida yagona 
    konstruksiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funksiyasini bajaradi. 
    IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish bilan birga 
    kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funksiyalarni ham 
    bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret elementlarda mos keluvchi 
    sxemani yig‘ish talab qilinardi. 
    IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv 
    belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida 
    joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo‘lib, 
    yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo 
    bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar 
    yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega. 
    Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra IMSlarning uchta 
    prinsipial turi mavjud: yarim o‘tkazgichli, pardali va gibrid. Har bir IMS turi 
    konstruksiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar sonini 
    ifodalovchi integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi. 
    Element deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor, kondensator va 
    boshqalar) funksiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga aytiladi va u kristall yoki 
    asosdan ajralmagan konstruksiyada yasaladi. 
    IMS komponentasi deb uning diskret element funksiyasini bajaradigan, lekin 
    avvaliga mustaqil mahsulot kabi montaj qilinadigan qismiga aytiladi. 
    Asosiy IMS konstruktiv belgilaridan biri bo‘lib asos turi hisoblanadi. Bu belgiga 
    ko‘ra IMSlar ikki turga bo‘linadi: yarim o‘tkazgichli va dielektrik
    Asos sifatida yarim o‘tkazgichli materiallar orasida kremniy va galliy arsenidi keng 
    qo‘llaniladi. IMSning barcha elementlari yoki elementlarning bir qismi yarim 
    o‘tkazgichli monokristall plastina ko‘rinishida asos ichida joylashadi. 


    Dielektrik asosli IMSlarda elementlar uning sirtida joylashadi. Yarim o‘tkazgich 
    asosli mikrosxemalarning asosiy afzalligi – elmentlarning juda katta 
    integratsiya darajasi hisoblanadi, lekin uning nominal parametrlari diapazoni juda 
    cheklangan bo‘lib ular bir - biridan izolyatsiyalanishni talab qiladi. Dielektrik asosli 
    mikrosxemalarning afzalligi – elementlarning juda yaxshi izolyatsiyasi, ularning 
    xossalarining barqarorligi, hamda elementlar turi va elektr parametrlari tanlovining 
    kengligi. 

    Download 361.01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 361.01 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 361.01 Kb.
    Pdf ko'rish