birmuncha chuqurroq va to‘laroq fikr bo‘lsa-da, afsuski, sxemada
aniq aks ettirilmagan edi.
K.K. Foygt fanlarni «insonning ehtiyojlariga qarab» ajratishni
sxemaga asos qilib olgan edi. U insonning moddiy zaruratini
(ehtiyojlarini) belgilovchi narsa deb bilib, asosiy bo'lim lar sxema-
sini ishlab chiqdi; bu sxemada birinchi o'rinni «oziq-ovqat» ehti-
yoji bilan bog‘liq bo‘lgan «Sanoat» bo'limi olgan, so'ngra «Harbiy
ish» («tashqi xavfsizlik» ehtiyoji) «Yurisprudensiya» («ichki xavf-
sizlik» ehtiyoji) va hokazolar qo‘yilgan.
Fanlarni «inson ruhining qobiliyatlariga qarab» ajratish qan-
chalik shartli bo‘lsa, ularni «insonning ehtiyojlariga» qarab
ajratish ham shunchalik shartlidir. Masalan, K.K. Foygt tarix-
ni «izzat-nafs» ehtiyoji bilan, tabiiyot fanlarini — «sinehkovlik»
ehtiyoji bilan bog‘laydi; bu - Foygt fanlarining haqiqiy kelib
chiqishini, kishilarning ijtimoiy praktikasi bilan ishlab chiqarish
faoliyati aloqasini tushunmaganligidan dalolat beradi.
XIX asrning birinchi yarmida klassifikatsiyaning kitob
do'konlari bosma kataloglari uchun mo‘ljallangan bibliografik
sxemalari ham ishlab chiqildi.
Bu davrdagi rus klassifikatsiya sxemalarining ko‘pchiligiga xos
xususiyat mazkur sxemalar mualliflarining «fakultet» va «fran
suz» sistemalari qoidalaridan chetga chiqishga intilishlari edi;
«fakultet» va «fransuz» sistemalarida ilohiyot, albatta yetakchi
o‘rinda turar, juda ko‘p mustaqil fanlar falsafaga kiritilar edi.
Klassifikatsiya tuzilishining yangi formalarini izlash, uning m an
tiqiy asosini belgilash XIX asr birinchi yarmidagi rus klassifikat-
sion fikrining dolzarbligini xarakterlab beradi.
Bu intilishlar akademik K.E. Berning klassifikatsiyasida ifo-
dalab berilgan bo‘lib, u Fanlar akademiyasining Peterburgdagi
chet el bo‘limiga moljallangan edi1. K.E. Ber fanlarni ularning
mazmuniga muvofiq ravishda dunyoning taraqqiy etish tarixini
aks ettiradigan izchillikda: anorganik tabiat haqidagi, organik ta-