• Ch.Ketter klassifikatsiyasi
  • Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    3.6. Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari
    (XIX asr oxiri va XX asr boshlari)
    Kutubxona klassifikatsiyasining xuddi shu davrda tuzilgan va 
    e’lon qilingan boshqa sxemalari birmuncha kamroq yoyildi. Gar- 
    chi ulardan ayrimlari o‘nli klassifikatsiyaga nisbatan ma’lum us- 
    tunlikka ega bo‘lsada (o‘nli klassifikatsiyada bo'lim lar bir qadar 
    mantiqiy joylashtirilgan edi), o‘nli klassifikatsiya ustun turardi; 
    chunki boshqa klassifikatsiyalar indekslarining tuzilishi nisbatan 
    oddiy boclib, beso'naqay va foydalanishga noqulay edi.
    Ko‘pchilik sxemalarda indekslarning kombinatsion tuzilish 
    usuli (Ch. Ketter, D. Braun, G. Bliss va, ayniqsa, Sh. Ranga- 
    natan sxemasida) o‘z ifodasini topdi. Tekshirilayotgan muallif- 
    larning sxemalar tuzilishini fanning zamonaviy darajasiga yaqin- 
    lashtirishga intilishlariga qaramay, bu sxemalarning hammasida 
    ayniqsa ijtimoiy-siyosiy adabiyot bo‘limlari strukturasida burjua 
    dunyoqarashining cheklanganligi aks etgan.
    Ch.Ketter klassifikatsiyasi
    XIX asrning oxirgi o‘n yillarida amerikalik kutubxonashunos 
    Ch. Ketter sxemasi vujudga keldi. Unda asosiy bo‘lim lar — yangi 
    joylashish izchilligi o‘nli klassifikatsiyadagiga qaraganda an­
    cha mantiqiyroqdir: tarix va ijtimoiy fanlar, tilshunoslik hamda 
    adabiyot bo‘limlari bir-biriga yaqinlashtirilgan, tibbiyot amaliy 
    fanlardan ajratilib, tabiiyot fanlari bo‘lim idan keyin keladi, bi-
    57


    nokorlik ishi va sanoat ishlab chiqarishi bo‘limlari bir-biridan 
    ajratilgan.
    Ch. Ketter o‘z klassifikatsiyasini har xil ko‘lamdagi — juda 
    kichik, 1000 jilddan kam kitobga ega bo‘lgan kutubxonalardan 
    tortib, fondida bir necha yuz ming jild kitob bo‘lgan yirik kutub- 
    xonalarning ham foydalanishiga qulay qilishga intilgan edi. Ket­
    ter bo‘limlarning katta-kichikligi har xil bolgan sxemalarning 
    oltita variantini e’lon qilgan; birinchi variant faqat 11 ta yirik 
    bo'lim ni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi har bir variant o‘zidan oldin 
    kelgan variantni rivojlantiradi1.
    Ch. Ketter sxemaning sekin-asta detallashtira borish imkoni- 
    yatini yaratish uchun bosqichli indekslarni qo‘lladi, biroq Ketter 
    sxemasida indekslar lotin alfaviti harflarining birikmasidan ibo­
    ratdir. Bu hoi har bir bo‘limda 10 dan ortiq bo‘linma (lotin alfavi- 
    tida 26 harf bor) tuzishga imkon bergan, lekin ayni vaqtda talaf- 
    fuz qilish qiyin bo‘lgan va esda yaxshi qolmaydigan indekslarning 
    hosil bo‘lishiga olib kelgan. Ana shu nuqson, shuningdek sxe­
    ma e’lon qilingan vaqtga kelib (1891—1893-yillar) AQSHning 
    ko‘pchilik kutubxonalari o‘nli klassifikatsiyani qo‘llay boshlagan- 
    ligi fakti Ch. Ketter sxemasidan Amerika kutubxonalarining juda 
    oz foydalanishiga sabab bo'lgan.
    Ch. Ketter sxemasi diqqatga sazovordir. Bu sxemada «kengay- 
    tirish» usuli qo‘llanilishi ijobiy bahoga loyiqdir. Umumiy klassi­
    fikatsiya asosida bo‘linm alarining katta-kichikligi har xil bo‘lgan 
    sxemalarning bir qancha variantlarini ishlab chiqish, shubhasiz, 
    ratsional g‘oyadir, chunki u fondining hajmi turlicha bolgan ku- 
    tubxonalarda umumiy (asos qilib olingan) sxemani qo‘llashga im­
    kon beradi. Ch. Ketterning xizmati yana shundaki, u kutubxona 
    klassifikatsiyasi tarixida birinchi bo‘lib sxemaga aniqlagichlar- 
    ning yetarli darajada batafsil jadvallarini (geograflk aniqlagichlar 
    va forma aniqlagichlarni) kiritdi2. Birmuncha keyingi davrdagi

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalari

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish