gan fanlar (masalan, tibbiyot, harbiy ish va dengiz ishi, arxitek-
tura)ni alohida bo‘limlarga ajratgan.
Bu sxema yaxshilab bezatilgan. Sxemaning bo‘limlari va
bo‘linmalari aniq bosqichli indekslar bilan ko‘rsatilgan: asosiy
bo‘limlari raqamlar bilan, bo‘limchalar — lotin alfavitining bosh
harflari bilan, bundan keyingi bo‘linm alar — kichik lotin harflari,
ba’zan yunon harflari bilan ifodalangan.
K.E. Berning o‘z davridagi ilg‘or ilmiy qarashlarini aks et-
tirgan va amalda foydalanishga yetarli darajada moslashtirilgan
sxemasi XIX asr birinchi yarmidagi kutubxona klassifikatsiyala-
rining eng yaxshilari jumlasiga kiritilishi mumkin.