‘zbekiston Respublikasining kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

1 0 ‘zbekiston Respublikasining kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi.
Ommaviy kutubxonalar uchun jadval. — Т.: Istiqlol, 2004. — 8—16-b.
71


M azkur jadvalni tayyorlashda tuzuvchilar rus tilida 1997-yil- 
da Moskvada chop etilgan «Библиотечно-библиографическая 
классификация: рабочие таблицы для массовых библиотек» 
jadvaliga asoslanib, undagi ayrim xususiyatlarni saqlab qolish- 
ga harakat qilganlar. Masalan, asosiy yirik bo‘limlarning qa- 
torlari, ularning to‘ldirilishi, bo‘limlarning nomlari, ularning 
ketma-ketligi saqlangan holda asosiy bo‘linishlarning mazmuni 
nafaqat o‘zgargan, balki ko‘p bolim lar, jum ladan ijtimoiy-siyo- 
siy bo'lim lar butunlay yangidan tuzilgan. Yangi nashrda nam u­
naviy bo‘linishlar jadvallari, kengaytirilgan hududiy, namunaviy 
bo‘linishlar jadvallari, kutubxonachilar uchun tuzilgan uslu- 
biy ko‘rsatmalar esa yangidan ishlanib, tarix, siyosat, iqtisod va 
boshqa ayrim bo‘limlar butunlay o‘zgartirilgan.
Eng avvalo jadvalda respublikamizning milliy xususiyatlari, 
milliy mafkura o‘z aksini topgan.
« 0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
kutubxona-bibliografik 
klassifikatsiyasbning falsafiy-metodologik prinsiplari obyektivlik 
va taraqqiyot, ilm-fan va voqelik hodisalariga asoslangan. Bu 
prinsiplar materiya turlari va uning harakat shakllari klassi­
fikatsiyasiga muvofiq ilm-fanning subordinatsiyasida quyidan 
yuqoriga, oddiydan murakkabga o‘tishda o‘z ifodasini topgan. 
KBK oraliq ko‘chuvchi fanlarni, obyektiv muayyan struktura- 
li darajada o‘rganadigan, fanlarni ilm-fan differensatsiyasi va 
integratsiyasining tobora kuchayib borayotgan jarayonlarini o‘z 
ichiga oladi. Hozirgi davr uchun xos bo‘lgan ijtimoiy muammolar 
va qonuniyatlar: jahonda turli sotsial tuzumga mansub davlat- 
larning tinch-totuv yashashi, tabiat va inson muammosi, jahon 
raketa-yadro urushining oldini olish uchun kurash va boshqa ma- 
salalar KBKda o‘z ifodasini topdi.
Unda fondlar tizimigina emas, balki fanlar o‘rganayotgan 
obyektlar tizimi, ilmiy tushunchalar, muammolar, fanlarga emas, 
balki ijtimoiy tuzum dalillari, voqealari va muammolari, amaliy 
faoliyat sohalari, san’at turlari mavjud. Jadvalda matbuot asarlari- 
ning vazifasi, ularning turi va nashr shakllari aks ettirilgan.
Ko‘pgina belgilar: o'rganish obyekti, tadqiqot usuli, bilish 
maqsadi, obyektning xossalari, jarayonlari, munosabatlari,
72


hududi, tarixiy davri va va hokazolar jadvallarning bo‘limlarga 
va kichik bo'Iimchalarga bo'Iinishi uchun asos qilib olingan. 
Bo‘linishning yanada chuqurroq bosqichlarida ba’zan nomlar- 
ning alfaviti va shu kabilar bo‘yicha tushunchalarning joylashuvi 
qoMlaniladi. Shu bilan birga KBKda o‘sha bir tushunchalarning 
joylashuvini belgilar asosida ta’riflash imkoniyati ko‘zda tutilgan 
bo‘lib, bu esa matbuot asarlarining mazmunini yanada chuqurroq 
aks ettirish imkoniyatini beradi.
Ushbu jadval ommaviy kutubxonalarning fondlarini, sistemali 
katalog va kartotekalarini tashkil qilish, shuningdek, nashriyot- 
larda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi
— hujjatlarning mazm unini ochib berishdan va ularni bilimning 
qaysi sohasiga oidligini aniqlash va shu tariqa kitobxonning ku­
tubxona fondlaridan foydalanishini m um kin qadar yengillashti- 
rishdan iborat. Bugungi kunda jadvalning asosiy qatorlari fan 
tarmoqlari bo‘yicha birlashishi, bo‘limlarning mantiqiy tuzilishi 
har bir bo‘limning boshqa bo‘limlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
Barcha kutubxonachilik jadvallari kabi 0 ‘zbR KBKsi ham asosiy 
jadvallar va yordamchi jadvallar apparatidan iborat.
Asosiy jadvallarda barcha bilimlar tartibli tarzda, o‘zaro 
bog‘liq ravishda tuziladi. Asosiy jadvalning har bir bo‘limi bilim 
sohasini yoki shu sohaga tegishli masalalardan birini aks etti- 
radi va u ma’lum shartli belgilar — indekslar bilan ifodalanadi. 
Bo‘limning nomi (so‘zli ifodasi) va uning shartli belgisi. klassifi- 
katsiyali b o linm a deb ataladi.
Demak, klassifikatsiya bo‘linm asini quyidagi sxemada aks et­
tirish mumkin:
73


KBK jadvalining indekslari raqamli yoki raqamlar va harflar 
birikmasidan iborat shartli belgilardir. Masalan:
63.3 (50‘zb) L 6
Tarixiy muzeylar. Tarixiy yodgorliklar, ularni himoya 
qilish
63.3
Tarix (Bu bo‘Iim butun dunyo yoki bir necha mam­
lakatning tarixiga oid adabiyotlarni to‘plash uchun 
moljallangan).
(50‘zb)
0 ‘zbekiston hududiy bo'linishi
L 6
Tabiat, tarix va madaniy yodgorliklarni muhofaza 
qilish masalalari. Muzeylar. Ko‘rgazmalar. Arxivlar 
(umumiy namunaviy bo‘linish).
Bu misolda asosiy bo‘lim 63.3 bilan birgalikda (5 0 ‘zb) raqam 
va harfli namunaviy bo‘linish ishlatilgan. Demak, 63.3 (5 0 ‘zb) 
L 6 indeks bilan bo‘lim ning so‘zli ifodasi (tarix) birgalikda klas- 
sifikatsiyali bo‘linmani tashkil qiladi.
Sistemali katalogda muvofiq tarzda bo‘limlar, bo‘linm alar va 
bo‘limchalar hosil qilinadi. Bo‘linmalarning mazmunini tushun- 
tirib beradigan matn keltiriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan 63.3 Ta­
rix bo‘limining tushuntirishida «bu bo‘lim butun dunyo yoki bir 
necha mamlakatning tarixiga oid adabiyotlarni to‘plash uchun 
mo‘ljallangan» degan matn berilgan. Jadvalning asosiy qatorlari 
fan tarmoqlarining o‘zaro birlashishi hamda bo‘limlarning boshqa 
bo'lim lar bilan bog‘liqligi ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
KBK jadvali
I
Q ‘zbR KBKni tuzilish tartibi, uslubiy ko‘rsatmalar
Asosiy jadval bo‘limlari
Yordamchi jadvallar
1 2 3 4 5 6 7 8 9
Namunaviy
bolinishlar
Alfavit predmet 
ko‘rsatkich
Tlova
Umumiy
namunaviy
bo‘linish
Hududiy
namunaviy
bo‘linish
Maxsus
namunaviy
bo‘linish
Sotsial tizim- 
lar namunaviy 
bo‘linishi
74


KBK jadvallarining asosiy qatori arab raqamlari bilan belgi­
langan va quyidagicha joylashgan1:
1
Umumilmiy va sohalararo bilimlar
2
Tabiiy fanlar
3
Texnika. Texnika fanlari
4
Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi
5
SogMiqni saqlash. Tibbiyot fanlari
6/8 Ijtimoiy va gumanitar fanlar
9
Universal mazmunli adabiyotlar
Kutubxonashunoslik va bibliografiyashunoslik nazariyasida 
va ish tajribasida hujjatlarning klassifikatsiyasi tushunchasi deb 
aynan sistemali (fan sohalari bo‘yicha) klassifikatsiyasiga ayti- 
ladi.
Sistemali klassifikatsiyaning asosiy xususiyatlari shundan 
iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarining 
bo'linishiga qarab, alohida bo‘lim larni hosil qiladi. Bo‘lim ichi- 
da yana kichik bo‘linmalar va bo‘limchalar tashkil qilinadi, bu 
bo‘limlarning har birida muayyan sohaga tegishli masalalardan 
biriga doir kitoblar jamlanadi. Bo‘linm alar ichida yanada kichik 
bo‘limchalar hosil qilinadi.
Klassifikatsiyali bo‘linmalarga yo'naltirgichlar berilgan, ayrim 
holatlarda «qaralsin» yoki «shuningdek qaralsin» degan qisqacha 
yozuv shaklida ham yo‘naltirgichlar uchraydi, undan keyin indeks 
va bir-biriga yaqin mavzu bo‘limming nomi ko‘rsatiladi.
«Qaralsin» yo‘naltirgichi kerakli tushunchani bu bo‘linmada 
emas, balki boshqa yo‘naltirilgan bo‘linm adan qaralishi kerak- 
ligini ko'rsatadi. Masalan:
65.9 (5 0 ‘zb) 26 Moliya. Pul muomalasi. Kredit
□ 

Download 5,22 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ‘zbekiston Respublikasining kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish