• Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862—1946)
  • Rubakin N. А. Среди книг. Опыт обзора русских книжных богатств




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/128
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,22 Mb.
    #230930
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

    1 Rubakin N. А. Среди книг. Опыт обзора русских книжных богатств
    в связи с историей научно-философских и литературно-общественных
    идей, 2-ое изд.,Т.1—3, «Nauka», 1911—1915.— Birinchi nashri 1906-yilda bir
    tom bo‘lib chiqqan.
    67


    chiqishda О. Kontning reaksion qarashlari ayniqsa ko‘proq aks 
    etgan edi.
    Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862—1946)
    Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862-1946) o‘z bibliografik
    klassifikatsiyasida hamma fan­
    larni teskari tartibda joylashtir- 
    gan: birinchi o‘ringa sotsial tur- 
    mush haqidagi fanlarni, so'ngra 
    organik tabiat haqidagi, anor­
    ganik tabiat haqidagi bilish usul- 
    lari haqidagi fanlarni va falsafani 
    qo‘ygan. Uning fikricha, bunday 
    tartib kitobxonga avvalo unga 
    yaqinroq bo‘lgan hodisalar haqi­
    dagi (jamiyatdagi o‘zaro muno- 
    sabatlar haqidagi), so‘ngra esa 
    bir qadar umumiy va bir qadar 
    mavhum fanlar haqidagi kitob­
    larni berishga imkon tug‘dirar 
    edi.
    N.A. Rubakin klassifikatsiyasi bir necha ayrim kutub­
    xonalarning bosma kataloglarida materialni sistemalashtirishga 
    birmuncha ta’sir etdi. Kutubxonalarning amaliy ishi uchun bu 
    klassifikatsiya uncha yaroqli bo‘lib chiqmadi. Ayniqsa, ijtimoiy 
    fanlar bo‘limlarida mayda bo'linm alarning juda ko‘payib ket- 
    ganligi, bo‘linm alarning aniq ifodalangan bosqichlari yo‘qligi, 
    boMimlarning sarlavhalari juda ko‘p so‘zlar vositasida berilgan- 
    ligi, indekslarning yo‘qligi ana shunga olib kelgan edi.
    0 ‘nlik klassifikatsiyadan foydalanish rus kutubxonachilarini 
    tobora ko'proq qiziqtira bordi. Matbuotda shunday maqolalar 
    paydo boldiki, ularning mualliflari Rossiyaning shahar va tuman 
    kutubxonalarida qo‘llanilayotgan haddan tashqari qisqa, kam 
    ishlangan klassifikatsiya sxemalarining qoniqarsizligini ta’kidlab 
    o‘tar edilar. B.S. Bodnarskiy, Ye.N. Dobrjinskiy, RA. Unde- 
    Popov o‘nli klassifikatsiya qo'llanishining aktiv targ'ibotchilari
    / Л
    68


    edilar. Boshqa kutubxonashunoslar garchi bu klassifikatsiyaning 
    amaliy jihatdan qulayligini tan olsalar-da, uning ilmiy jihatdan 
    asossizligini ko'rsatib o'tganlar. 0 ‘sha yillarda o‘nli klassifikatsi­
    yaning qisqartirilgan tarjimalari (asosan uning ikkinchi varianti) 
    mamlakatda birinchi bor nashr etildi. Sekin-asta bu klassifi­
    katsiya Rossiya kutubxonalarida amalda ham qoMlanila boshla- 
    di. 1917-yilga kelib Moskva, Petrograd va boshqa shaharlarning 
    ko‘pchilik kutubxonalari o‘nli klassifikatsiyadan foydalanardi, 
    uning indekslari mamlakatimizda chiqqan bir qancha bibliografik 
    nashrlarda qo‘llanilar edi.
    XX 
    asr boshlaridagi rus kutubxonachilari orasida o‘nli klas- 
    sifikatsiyaga nisbatan zid fikrlar qaror topdi. Bir tomondan, o‘nli 
    indekslarning amaliy jihatdan qulayligi e’tirof etildi, boshqa to ­
    mondan, asosiy bo‘lim larning va ular bo£linm alarining izchilligi, 
    fanning o‘sha vaqtdagi darajasiga javob bermasligi qattiq tanqid 
    qilindi. Bu o‘nli indekslardan foydalangan holda klassifikatsiya 
    sxemalari tuzishga olib keldi, biroq bu sxemalar o‘nli klassifi­
    katsiyaning mantiqiy tuzilishiga m uhim tuzatishlar kiritar edi. 
    Kutubxonachilik sohasining taniqli arbobi P.M. Bogdanov shun- 
    day sxemalarning bir necha variantlarini ishlab chiqdi. Bogda­
    nov ishlab chiqqan sxemalarda muhim ustunlikka ega bolishiga 
    qaramay asosiy klasslarning izchilligi o‘nli klassifikatsiyaga nis­
    batan mantiqiyroqligi, ularda rus kutubxonasi amaliy ehtiyojlari 
    hisobga olinganligi, ijtimoiy fan bo‘limlarining bir qadar ilmiy 
    tarzda ishlab chiqilganligi sababli bu sxema amalda keng yoyil- 
    madi.
    Bu — o‘nli klassifikatsiyaning Rossiya kutubxonalarida qisman 
    qo‘llanila boshlaganligi, uning indekslari rus kutubxonachilariga 
    yaxshi tanishligi va ko'nikib qolingan indekslarni o‘zgartirish no- 
    maqbul bo‘lib ko‘ringanligi bilan izohlanadi.

    Download 5,22 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rubakin N. А. Среди книг. Опыт обзора русских книжных богатств

    Download 5,22 Mb.
    Pdf ko'rish