XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/128
Sana14.05.2024
Hajmi5,22 Mb.
#230930
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
Bog'liq
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I

3.7. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida
Rossiyada kutubxona klassifikatsiyasi
XIX 
asrning ikkinchi yarmida Rossiya kutubxonalari 
qo'llagan sxemalarda katta o‘zgarishlar yuz bermadi. Yirik ku­
tubxonalar bundan oldinroq klassifikatsiya sxemalarini tuzgan 
va endigina ularning kam-ko‘stini qisman tuzatmoqda edi. Ros­
siyada kitoblarni sistemalashtirishning bu davrdagi nazariy va
66


amaliy masalalari hozircha kam o‘rganilganligini aytib o‘tish 
kerak.
Kutubxona klassifikatsiyasi masalalariga qiziqish XIX asr­
ning oxiri va XX asrning boshlarida sezilarli darajada kuchaydi. 
M atbuot sahifalarida o‘nli klassifikatsiya haqida, Xalqaro bib­
liografiya institutining ishi haqida m a’lumotlar paydo bo'ldi. 
0 ‘sha vaqtda Rossiyada chiqqan ba’zi bir bibliografik nashrlarda 
kitoblar tasviri o‘nli klassifikatsiya indekslari bilan birga berilar 
edi.
0 ‘sha vaqtda Rossiyaning revolyutsiyadan ilgarigi atoqli ku- 
tubxonashunosi va bibliografi N.A. Rubakin o‘zining «Kitoblar 
orasida» (Среди книг)1 degan katta asari uchun mukammal bib­
liografik sxema tuzdi. Bu sxema XIX asrning birinchi yarmidagi 
filosof va sotsiolog O. Kontning fanlar klassifikatsiyasi ta’sirida 
tuzilgan edi.
Ogyust Kontning fanlar klassifikatsiyasida fanlar mantiqiy 
qatorining 
«murakkablikning 
oshib 
borishi va 
umumiy- 
likning kamayib borishi» tar­
tibida bo‘lishi g‘oyasi ifodalan- 
gan bo'lib, N.A. Rubakinni shu 
g'oya o‘ziga jalb qilgan edi. Bu 
g‘oya utopik sotsializmning ta- 
niqli namoyandalaridan biri 
Sen-Simondan olingan bo‘lib,
Ogyust Kont (1798—1857) klas­
sifikatsiyasida buzilgan shaklda 
berilgan, biroq bu sxema Kontga tabiat haqidagi: olam, anorganik 
tabiat, organik tabiat haqidagi fanlarning mantiqiy qatorini belgi- 
lashga imkon bergan edi. O. Kont sxemasi fanlar bilan tugallanar 
edi. Fanlarning mana shu so'nggi guruhi bo‘linmalarini ishlab

Download 5,22 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida

Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish