4-bob. KUTUBXONA-BIBLIOGRAFIK KLASSIFIKATSIYA
NASHRLARI
4.1. 0 ‘zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik
klassifikatsiyasi
Universal o‘nlik klassifikatsiya sobiq ittifoq mafkurasiga, ayniq
sa ijtimoiy-gumanitar adabiyotlarni tavsiflashda to‘la javob bermas-
ligi nuqtayi nazaridan yangi kutubxona-bibliografik klassifikatsia-
sini yaratishga kirishildi. «Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya»
(KBK) jadvali tayyorlandi va quyidagi nashrlarda chop etildi:
1. I960—68-yillarda KBK jadvalining ilmiy kutubxonalar
uchun mo'ljallangan birinchi to‘liq nashri 25 ta (30 ta kitobdan
iborat) chop etildi.
2. 1970—72-yillarda ilmiy kutubxonalar uchun qisqartirilgan
varianti 5 ta chiqishda (7 ta kitobdan iborat) nashr etildi.
3. 1978-yilda ommaviy kutubxonalar uchun bir jildlik nashri
bosmadan chiqdi. Ikkinchi nashri 1984-yilda bosmadan chiqdi.
1988-yilda « 0 ‘zbekiston» nashriyotida shu nashr o‘zbek tilida
chop etildi. 1978-yilda bolalar kutubxonalari uchun yangi nashri
bosildi. Shu kitob 1986-yilda o‘zgartirilgan va to‘ldirilgan holda
ikkinchi m arta qayta nashr etildi. 1980—84-yillarda viloyat ku
tubxonalari uchun mo‘ljallangan to‘rtta kitob nashrdan chiqdi.
2004-yilda « 0 ‘zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik
klassifikatsiyasi»si (KBK) yaratildi. Barcha universal * klassifi-
katsiyalar singari « 0 ‘zbekiston Respublikasi kutubxona-biblio-
grafik klassifikatsiyasi»si (KBK) ham ilm-fan rivojlanishining
muayyan darajasini aks ettiribgina qolmay, shu bilan birga barcha
bo'limlarda respublikamizning milliy xususiyati, milliy mafku-
ra, milliy siyosat, milliy iqtisod va fanlarni rivojlanishidagi jahon
tajribalari hamda yutuqlari hisobga olib tuzilgan. U 2004-yilda
p.f.n., prof. Ergash Yo‘ldoshevich Yo'ldoshev muharrirligi ostida
bir guruh kutubxonashunos olimlar tomonidan nashrga tayyorlan-
gan va « 0 ‘zbekiston» nashriyotida chop etilgan1.