“TIZIM VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH” FANI DOIRASIDA MUSTAQIL ISH
VAZIFALARINI BAJARISH BO’YICHA KO’RSATMALAR
Mustaqil ishning tarkibi
Mustaqil ish hajmi 10-15 varaq atrofida bo‘lib quyidagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi
kerak:
•
titul varag‘i(1-ilova);
•
mundarija;
•
kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi);
•
muammoning
holatini tahlili;
•
qilingan ish bo‘yicha olingan
natijalar,
xulosalar va takliflar;
•
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
•
ilova (mavjud bo’lsa).
Mustaqil ishni rasmilashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Mustaqil ish kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish kompyuter matnida (A4
o‘lchamida), hajmi 10-15 betdan iborat (shrift o‘lchami 14 nomi Times New Roman)
va uning
chizmalari A4 o‘lchamida 2-3 varaqni tashkil qilishi kerak, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan
2 sm, pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki qismining o‘rtasiga sahifa nomeri
qo‘yiladi. Grafik yoki chizmalar kompyuterda yoki qalamda chizg‘ichdan
foydalanib GOST larga
rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak. Rasmlar nomi
1-rasm. Rasm nomi
shaklida rasmning
pastki qismi o’rtasidan yozilishi kerak. Jadvallar nomi
1-jadval. Jadval nomi
shaklida jadvalning o’ng
tepa qismidan yozilishi kerak.
Kirish.
Bu bo‘limda axborotlarni izlash va ajratib olish usullari
tadbiq sohalari haqida
ma’lumot keltiriladi. Mustaqil ish maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi
kerak.
Asosiy qismida.
Asosiy qismda berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar ko’rib
chiqiladi hamda ko’rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi.
Bunda berilgan
ma’lumotlar aniq misollar va asoslar asosida berilishi, statistik ko’rinishda chizmlar va rasmlar bilan
to’ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo’lishi talab etiladi.
Xulosa
qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar
kelitiriladi va kelajakda
qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar
ro‘yxati mustaqil ishning bajarilishida foydalanilgan ilmiy maqola (mualliflar,
maqola nomi, qachon va qaerda chop etilganligi), Internet resurslar manzili, monografiya va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati alfavit tartibida yoki chop etilgan yilini o‘sib borish tartibida tuziladi.