• 26-mavzuning nomi: Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish Reja
  • Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/105
    Sana05.09.2024
    Hajmi9,12 Mb.
    #270299
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

    “Aqliy hujum” savollari: 
    O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat 
    qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman. 
    2-ilova 
    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati. 
    1.M.E.Jumayev. “Bolalarda boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirish 
    nazariyasi va metodikasi” Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo`llanma - 2013. 
    2.F.Voxobova, Sh.B.Nabixanova,D.T Karimova ”Maktabgacha yoshdagi bola 
    shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta`lim asoslari” pedagogika kolleji 
    o`quvchilari uchun o`quv qo`llanma. Toshkent-2015 
    Internet manba: 
    www.markaz.uz. 
    3-ILOVA 
    O`quvchilarni baholash mezoni 
    Berilgan tоpshiriqlarni bajarish 
    Bahosi (bаllаr 
    yig`indisi) 
    O`tilgan mavzu 
    bo`yicha 
    tushunchalarni bayon 
    qilish vа uy vazifani 
    bajarganligi 
    Yangi ijоdiy 
    g`оyalаr 
    Dars jarayonida 
    faolligi 
    3(ball)
    1(ball)
    1(ball)

    4-ILOVA 
    26-mavzuning nomi: 
    Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal 
    olishga o`rgatish 
     Reja: 
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olishga o’rgatishning 
    o’ziga xosligi.
    2.Katta guruh yoshidagi bolalarini tekislikda mo`ljal olishga o`rgatish.
    3.Bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi tushunchalarini mustahkam-
    lashda o`yinlardan foydalanish. 


    232 
    Aqliy xujum savollari 
    5-ilova 
    5-ILOVA
    Tayanch so`z va iboralar: 
    Geometrik shakl

    Predmet
    , vaqt, tarbiya, O`rta 
    guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
    Kubik 
    26-Mavzu:Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga 
    o`rgatish. 
    Reja: 
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olishga 
    o`rgatishning o`ziga xosligi.
    2.Katta guruh yoshidagi bolalarini tekislikda mo`ljal olishga o`rgatish.
    3.Bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi tushunchalarini 
    mustahkamlashda o`yinlardan foydalanish. 
    Bolalarning atrofdagi narsalarning o`ziga nisbatan vaziyatini so`z bilan 
    ifodalash ko`nikmasini mustaxkamlash: o`ngda, chapda, oldinda, orqada, uzokda, 
    yaqinda.Bolalarni ko`rsatilgan yo`nalishda mo`ljal olishga, berilgan shart bo`yicha 
    o`z xolati o`rnini belgilashga o`rgatish (shunday turginki, mashina o`ng 
    tomoningda, koptok oldingda bo`lsin).U yoki bu predmetni boshqa bir predmetga 
    nisbatan joylashganligini so`z bilan ifodalashga o`rgatish (kuchukchaning chap 
    tomonida quyon, kuchukchaning o`ng tomonida ayiqcha). Bolalarni qog`oz 
    varag`i satxini mo`ljalga olishga, qog`ozning o`ng, chap, yuqori, past qismlarini, 
    o`rtasini aniqlashga o`rgatish. 
    Kompyuterni MTM bolalariga o’rgatish ijobiy va salbiy tomonlari 
    qanday? 
    2.Kompyuterdan MTMda foydalanish mumkinmi? 
    3. Maktabgacha ta’lim muassasalarda kompyuterli ta’limiy va
    rivojlantiruvchi o’yinlar o’tkazish uslubiyoti haqida gapiring? 
    4. Bog’cha bolalarining o’yinli faoliyatiga kompyuter dasturlarini 
    kiritishni ahamyati haqida gapiring? 
    5. .Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda kompyuterdan 
    foydalanish haqida gapiring

     


    233 
    Maktabgacha yoshidagi bolalarning fazoviy tasavvuri faoliyatning xamma 
    turlari jarayonida kengayadi va mustaxkamlanadi. Mashg`ulotlar tarkibiga fazoda 
    mo`ljal olishga doir maxsus mashqlarning kiritilishi xam bunga imkoniyat beradi. 
    Tarbiyachi bolalarga chapda eng baland, o`ngda eng past buyum turadigan qilib, 
    buyumlarning kattaliklari bo`yicha qo`yishni taklif qiladi, yoki uning o`zi stolga 
    o`yinchoqlarni (it, mushuk, sigir, ko`y, quyon) joylashtiradi va bolalarga murojaat 
    qiladi: “Sigirning yonida nima turganini qarang va ayting. Mushukdan chapda 
    nima turibdi? Ko`y qaysi xayvonlar orasida turibdi?” So`ngra tarbiyachi 
    o`yinchoqlarni biri-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo`yadi va 
    so`raydi: “Nima birinchi ketmoqda? Nimadan keyin mushuk ketmoqda? Nimadan 
    oldinda sigir ketmoqda? Ko`ydan keyin nima ketmoqda?” va xakozo.Bolalar 
    atrofdagi buyum orasida o`z xolatlarini aniqlaydigan mashqlar xam samarali: 
    “Stolning orqasida turibman, stolning yonida, deraza oldida turibman” 
    Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog`oz varag`ida mo`ljal 
    olishga o`rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo`q 
    edi. Tarbiyachi raxbarligida bolalar ma`lum miqdordagi buyumlarni ko`rsatilgan 
    yo`nalishda: qog`oz varag`ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o`ng 
    qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Bunday topshiriqlar xam bo`lishi 
    mumkin: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o`ngiga esa 1 ta ortik doiracha 
    kuy; varaqning pastki va ustki qismlariga 8 tadan uchburchak joylashtir. 
    Topshiriqni bajarganidan keyin bola qanday shakllardan nechtasini joylashtirganini 
    va qayerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning kog`oz 
    varag`idagi, stoldagi, poldagi xolatini belgilash uchun so`zlarni to`g`ri, ma`nosi 
    bo`yicha ishlatishga o`rgatish kerak.Yil oxiriga kelib bolalar o`zlariga, boshqa 
    odamlarga nisbatan o`rnini so`zlar bilan ifodalay oladigan bo`lishlari kerak.5-6 
    yoshdan bolalarda chap va o`ng qo`lni farq qilish, o`ziga nisbatan narsalar qay 
    yo`nalishda (yuqorida, pastda, oldinda, orqada, chapda, o`ngda) joylashganini 
    aniqlash ko`nikmasi mustahkamlanib boriladi. Shu maqsadda o`rta guruh bolalari 
    uchun tavsiya etilgan o`yin mashqlari qo`llaniladi. Kim qayerda turibdi? Top! 
    Nima qayerda? Top! Qo`ng`iroq qayerda chalindi? Top! va boshqalar. Bu 
    o`yinlarni matematika mashg`ulotlarida, shuningdek, o`yin vaqtida ham o`tkazish 
    mumkin. Bu narsalar sonning ortishi bilan ifodalanib, bunda bola aniqlashi 
    mumkin bo`lgan joy, shuningdek, bola bilan narsa o`rtasidagi masofa nazarda 
    tutiladi. Bolalarni asta-sckin o`zlaridan uncha uzoq bo`lmagan masofada turgan har 
    qanday narsaning yo`nalishini aniqlashga o`rgatilib boriladi. Bolalarga narsalaiga 
    nisbatan qay yo`nalishda ekanligini aniqlashni o`rgatibgina qolmay, balki aytilgan 
    vaziyatni mustaqil ravishda vujudga keltirishga ham o`rgatiladi. Masalan: 
    «Shunday turgin- ki, Jahongir orqangda, Jasur esa oldingda bo`lsin, chap 
    tomoningda stol, o`ng tomoningda doska bo`lsin». Pedagog (tarbiyachi) harakatlar 
    yo`nalishini aniq belgilash uchun musiqa va jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida 
    qo`shimcha foydalanadi. Balandga, pastga, oldinga, orqaga, chapga, o`ngga va 
    hokazo. 
    Mo`ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshirib borilib, takliflar 
    tartibi ham o`zgartiriladi. Avval bolalar faqat juft, ya`ni: oldinga-orqaga, o`ngga-


    234 
    chapga kabi yo`nalishlarni aniqlasalar, kcyinchalik csa ular yo`nalishlarni 
    xohlagan: 
    oldinga-o`ngga, 
    chapga-orqaga 
    va 
    hokazo 
    tartibda 
    bajaradilar.Bolalarning piyoda yuruvchilarning o`ng va chap yo`nalishlarini 
    mo`ljal qila olish ko`nikmasi bilan bog`liq bo`lgan ko`chada yurish qoidasini 
    egallab olishlari uchun quyidagi o`yinlar tavsiya etiladi: «Ko`chadan kesib o`tish 
    qoidasiga rioya qil» va hokazo. 
    Bolalarni aytilganlar bo`yicha harakat qilib, yo`nalishlarni aniqlashga 
    o`rgatish muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o`yinlar tavsiya etiladi: «Nog`orani 
    chal». Bolalar tarbiyachining ko`rsatmasiga binoan ko`zni yumib, narsa tomon 
    boradilar: «Oldinga ikki qadam tashla, chapga buril, uch qadam tashla» va hokazo. 
    Avval topshiriqlar sonini 2-3 ta bilan cheklash, keyinroq esa ularning sonini 4-5 
    tagacha yetkazish mumkin. Bolalar narsalarning qog`oz varag`iga, polga, joyga 
    nisbatan joylashishini bildiruvchi aniq so`zlardan foydalanishlari kerak. Bolalar 
    matematika mashg`ulotlarida u yoki bu fazoviy bog`lanish hamda munosabatlar 
    haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qiladilar. Ular kun davomida xilma- xil 
    faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalanadilar:o`rin-
    ko`rpalarni yig`ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta va 
    hokazolar.
    Sutka, qismlar haqidagi tasavvurlarni aniqlashda didaktik o`yinlar, masalan, 
    «Tun va kun» o`yini yordam beradi.«Kecha», «bugun», «ertaga» kabi vaqt 
    belgilarining o`zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarga ularni o`zgartirishlarida 
    qiyinchilik tug`diradi. Besh yoshli bolalar bu so`zlarni yanglishtiradilar. 
    Pedagog (tarbiyachi) muayyan so`zlarning mazmun ahamiyatini ochib bcrish 
    uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha qayerda 
    bo`ldik?», «Saylga qachon borgan edik?»,«Bugun qanday mashg`ulot o`tamiz?», 
    «Bizda rasm chizish bo`yicha mashg`ulot qachon bo`ladi?» va hokazo.Bolalar 
    aylana bo`lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla bilan vaqtni aytib, koptokni 
    tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o`sha bola biror sonni aytib, koptokni boshqa 
    bolaga uzatadi. Kim koptokni ushlab olsa, o`sha bola tegishli vaqtni aytadi. 
    Masalan, tarbiyachi koptokni tashlab: «Biz tabiatda sayr qildik», deydi. Bola esa 
    koptokni ushlab olib: «Kecha» deb jumlani tugatadi. «Matematika bo`yicha 
    mashg`ulot …bo`ladi», «bugun». «Biz.. .rasm chizamiz» va hokazo. 
    Mashg`ulotlardan birida bolalar odamlar so`zlashuvda ishlatadigan kun so`zi biri 
    ikkinchisi bilan almashinib turishini bilib oladilar. Shunday kunlardan yettitasi bir 
    haftani tashkil etadi. Hafta kunlarining izchilligi har doim birdek: dushanba, 
    seshanba, chorshanba.Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni 
    bilan bog`laydilar. (Chorshanba kunlari bizda matematika va jismoniy tarbiya 
    mashg`ulotlari, payshanba kunlari...) Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta 
    kunlarining nomini, shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni, ertaga qaysi kuni 
    ekanligini 
    aytadilar. 
    6-ILOVA 
    Mustahkamlash uchun savollar
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olishga o`rgatishning 
    o`ziga xosligi haqida gapiring?


    235 
    2.Katta guruh yoshidagi bolalarini tekislikda mo`ljal olishga o`rgatishda qanday 
    ishlar olib boriladi?
    3.Bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi tushunchalarini 
    mustahkamlashda qanday o`yinlardan foydalaniladi? 
    7-ILOVA 
    Uyga vazifa: 
    1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
    2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
    tayyorlanib kelish.
    3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
    O`yin. 
    Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
    Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
    27-Mavzu : Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirish 
    O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli


    236 
    Vaqt – 80 daqiqa 
    O`quvchilar soni ___ tа 
    O`quv mashg`ulotining shakli va 
    turi 
    Nazariy,
    O`quv mashg`uloti rejasi 
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni 
    chamalash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. 
    2.Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish. 
    3. Kun davomidagi faoliyatlarda vaqt haqidagi 
    tushunchalarni mustaxkamlanishi. 
    O`quv mashg`uloti maqsadi: Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash 
    haqidagi tasavvurlarni shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini 
    shakllantirish 
    O`qitish natijasi 
    Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
    Bolalarning matematik tasavvurlarini 
    shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
    shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
    ko`nikmalarga ega bo`ladi 
    Pedagogik vazifalar: 

    Katta 
    guruh 
    yoshidagi 
    bolalarning vaqtni chamalash 
    haqidagi 
    tasavvurlarini 
    shakllantirishni tushuntirish; 
    - Bolalarni hafta kunlari bilan 
    tanishtirishni ko`rsata olish; 

    Kun 
    davomidagi 
    faoliyatlarda 
    vaqt 
    haqidagi 
    tushunchalarni 
    mustaxkamlanishini tasniflash; 
    O`quv faoliyati natijalari

    Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni 
    chamalash haqidagi tasavvurlarini shakllantirishni
    izohlaydi; 

    Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirishni 
    aytib beradi. 
    -
    Kun davomidagi faoliyatlarda vaqt haqidagi 
    tushunchalarni mustaxkamlanishini tasniflaydi. 
    O`qitish metodlari 
    Tushunchalar tahlili metodi 
    O`qitish vositalari 
    Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
    O`quv faoliyatini tashkil etish 
    shakli 
    Guruhda ishlash
    O`qitish sharoiti 
    Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
    mashg`ulotni o`tish uchun xona
    Qaytar 
    aloqaning 
    usul 
    va 
    vositalari 
    Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
    mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
    O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
    Ish
    bosqichlari 
    va vaqti 
    Faoliyatlar mazmuni 
    O`qituvchi 
    O`quvchi 
    1-bosqich 
    O`quv 

    Download 9,12 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish