25-Mavzuning nomi: Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi
tasavvurlarini shakllantirish
Reja:
1.Katta guruh yoshidagi bolalarining geometrik shakl haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish.
2.Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilishga o`rgatish.
3.Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirish
225
3(ball)
1(ball)
1(ball)
5
4-ILOVA
Aylana metodi
Kattalik. Predmetlar o`lchamini taqqoslashga o`rgatish mavzusi yuzasidan
topshiriq yozib qo’yilgan qog’oz varag’i davra bo’ylab o’tkaziladi har bir
o’quvchilar o’zining javob variantini yozadilar so’ngida esa javoblar
umumlashtiriladi.
5-ILOVA
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik
25-Mavzu:Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish.
Reja:
1.Katta guruh yoshidagi bolalarining geometrik shakl haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish.
2.Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilishga o`rgatish.
3.Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirish.
Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik oddiy shakllar.Matematika
mashg`ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba`zi
xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik shakllar bilan taqqoslash
asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o`rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday
tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o`zlashtirish uchun asos
bo`ladi. Geometrik figuralar to`g`risidagi birinchi ma`lumotlarni bolalar o`yinlarda
oladilar. O`quv yilining boshida guruhga sharlar to`plami, qurilish materiallari,
geometrik shakllar va boshqalar olib kiriladi. Bolalar zehnini boyitish, ularda turli
shakllar haqida tasavvur hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Ilk yoshdagi
guruhlarda bolalar shar va kubni bir-biridan farq qilishga o`rgatilgan edi.U harakat
jarayonida gapirib turadi. Men sharni u qo`limdan bu qo`limga yumalatib-deydi.
Har bir bolaga shar olish va xuddi shunday harakatlar qilish taklif etiladi.Keyin har
qaysi kichkintoydan ismi, olgan shari qanday rangdaligini, yumalaydimi yoki
yumalamaydimi, deb so`raydi va xulosa qiladi: „Jasurda qizil shar, u yumalaydi.
Nigorada havo rang shar, u yumalaydi, Sheralida yashil, u ham yumalaydi. Sharlar
yumalaydi". Bolalar narsalar shaklini tekshirib ko`rish tajribasiga ega
bo`lganliklari sababli ularga birdaniga turli hajmdagi kubiklarning modellari
beriladi.
Pedagog
(tarbiyachi) avval kubikni ko`rsatadi va nomini aytadi.
226
Keyin esa turli kattalikdagi ikki kubikni ko`rsatib: Bular nima? Kubiklar qanaqa
rangda? Qaysi kub katta (kicliik)?",- deb so`raydi. Bolalar kubikni ushlab
ko`radilar qirralari bo`ylab barmoq yurgizib chiqadilar, qo`llari orasiga yumalatib
ko`radilar.Ular kichik kubikni kattasining ustiga qo`yadilar, boshqa narsalar
orasidan kubiklarni tanlab oladilar, ulardan eng oddiy qurilishlar yasaydilar va
hokazo.Shaklni ko`rish va his qilish, harakat tuyg`ulari orqali idrok etishni tashkil
etish. Uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma-xil ishlardan foydalanish,
figuralar nomini, ularning xossalarini va harakat usullari nomini aytish bolalarning
figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. So`ngra bu figuralar
modellarini taqqoslash va guruhlarga ajratish mashqlari o`tkazadi.
Kichkintoylarga bir nechta shar va kubning juftini namunaga qarab topish
yoki tanlab olish taklif qilinadi: ,.Kub (shar)ni ko`rsat (3-4 figura orasidan)". „Shu
rangda (kattalikda)gi shar (kub)ni top". Bunday holda shar va kublar bir-biridan
rangi va katta kichikligiga qarab farq qilinadi. ``Hamma katta kubiklarni tanlab ol".
(Kubiklar va sharchalar turli rangga va ikki xil kattalikka ega). Topshiriqni
bajargach, bola juft yoki bir guruh narsalar uchun umumiy bo`lgan belgilarni
aytadi. (..Demak. kubiklar katta").Kubiklarni va sharlarni farqlash narsalarni
berilgan belgilari bo`yicha tenglash (juftlarini tanlash, toqlarini tuzish) taqqoslash
mashqlariga kiradi, ya`ni to`plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish ishlari olib
boriladi.
Bolalar matematika mashg`ulotlarida shakl jihatidan bir-biriga yaqin
figuralar (doira va dovul) bilan chegaralangan figuralarni o`rganadilar.Modelini
farq qilishni, idrok etadigan figuralarni tahlil qilishni, ularning ba`zi bir xossalarini
ajratib ko`rsatish va dovul shaklidagi figuralar bilan tanishtiriladi, shakli bo`yicha
o`zgarishlarni ko`rish, o`xshash figuralarni topishga o`rgatiladi. Didaktik o`yinlar
bolalarning faqat shakl haqidagi tasavvurlarini aniqlab va mustahkamlabgina
qolmay, balki ularning ana shu tasavvurlarini boyitadi ham.
Katta guruhda bolalarga har bir figura har xil rangda, har xil o`lchamda va
tomonlari har xil munosabatda, har xil materialdan (qog`oz, karton, faner, plastilin
va boshqa narsalardan) yasalgan model shaklida ko`rsatiladi. Yakka ishlash uchun
jadval va kartochkalar qo`llaniladi. Bunda bir xil yoki har xil ko`rinishdagi
figuralarning rasmi turli holatda joylashtiriladi. Barcha ishni figuralar modelini
solishtirish asosida olib boriladi. Figuralar har birinning xarakterli xossalari,
rangi,o`lchami, materiali bilan bir-biridan farq qiladigan 4-5 modelini taqqoslash
yo`li bilan aniqlanadi.
Katta guruhda pedagog (tarbiyachi)lar bolalar bilan figuralar modelini ko`rib
chiqayotganida muayyan rejaga rioya qiladi. Bolalaiga quyidagicha savol beriladi:
«Bu nima? Qanday rangda? Qanday o`lchamda? Nimadan qilingan?». Endi
figuralar modelini ko`rib chiqayotganda bolalarni figuralarning elementini ajratib
ko`rsatish, ular o`rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun savollar beriladi.
Masalan, to`g`ri to`rtburchak ko`rib chiqilayotganda, pedagog (tarbiyachi):
«To`g`ri to`rtburchakda nima bor? Necha tomoni bor? Tomonlarning o`lchami
227
haqida nima deyish mumkin?»kabi savollar beradi. Modellarni ma`lum tartibda
ko`rib chiqish, solishtirish bolalarda figuralarning shaklini aniqlash, ularning bir
xil belgilarini taqqoslash, muhim belgilarini ajratib ko`rsatish hamda muhim
bo`lmagan belgilariga e`tibor bcrmaslik ko`nikmasini asta- sekin rivojlantirib
borishga xizmat qiladi. Bolalar tafakkurning dastlabki malakalarini hosil qila
boshlaydilar. Ular bir qator faktlar asosida oddiy xulosalar chiqara boshlaydilar:
qizil kvadratning tomonlari teng, ko`k kvadratning tomonlari teng.
Taqqoslanadigan figuralar va figura turlarining soni oshirib boriladi. Belgilar
sonining ko`pligi bilan farq qiladigan modellar qo`llaniladi. Ayni bir xil modellar
har xil belgilari, shakli, rangi, o`lchami bo`yicha guruhga ajratiladi. Guruhlashga
oid mashqlar tartib bo`yicha sanashga o`rgatish bilan qo`shib olib boriladi. Bunda
birliklardan hosil bo`lgan sonlar hamda sonlar o`rtasidagi bog`liqlik o`rgatiladi.
Figuralarning o`zaro joylashishini aniqlash mashqlari ko`p hollarda didaktik
formalarda o`tkaziladi. Nima o`zgardi? Xuddi shunday naqshni top! Juftini top!
Bolalar asta-sekin murakkab naqshni uni tashkil etgan elementlarga ajratish,
ularning shakli hamda fazoviy holatini aytish malakalarini egallab boradilar.
6-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollar
1.Katta guruh yoshidagi bolalarining geometrik shakl haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish haqida gapiring?
2.Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilishga o`rgatishda
nimalarga ahamyat berish lozim?
3.Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirish haqida gapiring?
4.Bolalar matematika mashg`ulotlarida nimalarni o`rganadilar?
7-ILOVA
Uyga vazifa:
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish.
Topshiriq.
228
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish
26-Mavzu : Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal olishga
o`rgatish
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va
turi
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak-atrofda
mo`ljal olishga o`rgatishning o`ziga xosligi.
2.Katta guruh yoshidagi bolalarini tekislikda mo`ljal
olishga o`rgatish.
3.Bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi
tushunchalarini mustahkam-lashda o`yinlardan
foydalanish.
O`quv mashg`uloti maqsadi: Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak atrofda mo`ljal
olishga o`rgatish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini shakllantirish
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi
Pedagogik vazifalar:
-
Katta
guruh
yoshidagi
O`quv faoliyati natijalari
-
Katta guruh yoshidagi bolalarni tevarak-
229
bolalarni tevarak-atrofda mo`ljal
olishga
o`rgatishning
o`ziga
xosligini tushuntirish;
-
Katta
guruh
yoshidagi
bolalarini
tekislikda
mo`ljal
olishga o`rgatishni
ko`rsata olish;
-
Bolalarni tevarak-atrofda
mo`ljal
olish
haqidagi
tushunchalarini
mustahkam-
lashda o`yinlardan foydalanishni
tasniflash;
atrofda mo`ljal olishga o`rgatishning o`ziga
xosligini izohlaydi;
-
Katta guruh yoshidagi bolalarini tekislikda
mo`ljal olishga o`rgatishni aytib beradi.
-
Bolalarni
tevarak-atrofda
mo`ljal
olish
haqidagi
tushunchalarini
mustahkam-lashda
o`yinlardan foydalanishni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
Aqliy xujum
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa)
|