Bumerang metodi
Ushbu metodda kichik guruhlar shakllantiriladi. Har bir guruhga alohida
tarqatma materiallar tarqatiladi. Ular materiallarni mustaqil o’rganishadi.
5-ILOVA
24-Mavzu: Kattalik. Katta guruh yoshidagi bolalarni o’lchashga
o’rgatishning o’ziga xosligi.
Reja:
1.Katta guruh yoshidagi bolalarni o’lchashga o’rgatishning o’ziga xosligi.
2.Kattaliklarni aniqlashda predmetlarni taqqoslashni mashq qilish.
3.Bolalarni kattaliklar haqidagi tushunchalarini mustahkamlashda o`yinlardan
foydalanish.
219
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik
24-Mavzu:Kattalik. Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga o`rgatishning
o`ziga xosligi.
Reja:
1.Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga o`rgatishning o`ziga xosligi.
2.Kattaliklarni aniqlashda predmetlarni taqqoslashni mashq qilish.
3.Bolalarni kattaliklar haqidagi tushunchalarini mustahkamlashda
o`yinlardan foydalanish.
Maktabga tayyorlov guruhiga o`tish vaqtida bolalar o`lchovlarni (uzunlik,
kenglik, balandlik) bilishlari va narsalar o`lchovini 2-3 o`lchov nuqtayi nazaridan
baholay bilishlari zarur. Berilgan kattaliklarni aniqlashdan narsalarni taqqoslash
mashqlari qo`llaniladi. Bitta o`lchovi bilan farq qiluvchi narsalarni taqqoslashdan
bolalar 2-3 o`lchov bilan farq qiluvchi narsalarni taqqoslashga o`tadilar («Qaysi
taxtacha uzunroq (qisqaroq)? Qaysi biri kcngroq (torroq)? Qaysinisi yo`g`onroq
(ingichkaroq?»).
Taqqoslanadigan narsalar doirasi ortib boradi. Bolalar o`z faoliyatlarida
muntazam uchratib turadigan har xil narsalar (tasmalar, sharflar, arg`imchoqlar,
shnur iplar, kamarlar, qutichalar va hokazolar)dan foydalanadilar.
Kattaliklarni taqqoslash ayrim olingan holda amalga oshirilmaydi, balki
narsalarning boshqa xossalarini (bajaradigan vazifasi, qismi, rangi, materiali va
boshqalarni) ко`rib chiqish bilan birgalikda bajariladi. Bu bolalar aqliy
qobiliyatining
o`sishida
muhim
ahamiyatga
cgadir.Bolalar
ko`rsatilgan
narsalarning o`rtasidagi o`lchov munosabatlarini aniqlabgina qolmay, balki
tasavvurlari bo`yicha shularga o`xshash munosabatlarni ham yaratadilar.
Tarbiyachi ularga o`xshash munosabatlarni ham yaratadilar. Tarbiyachi ularga.
masalan, shunday topshiriqlar beradi: «Biri ikkinchisidan uzunroq bo`lgan ikkita
yo`Ika rasmini chizing; uzunligi bir xil, kengligi har xil yokj uzunligi ham,
kengligi ham bir xil 2 ta tasmaning rasmini chizing», va hokazo.Bolalarga ikkita
boshqa narsadan namunaga teng narsa tuzishni taklif ctish foydalidir. Masalan,
bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o`lchov uzunligiga, u esa o`z
navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab olinishini taklif ctish
va hokazo.
Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga o`rgatishning o`ziga xosligi.Agar
narsalarni bevosita taqqoslash mumkin bo`lmasa, unday holda vosita o`lchov
kiritiladi. Shartli o`lchov sistemasi va shu kabilardan foydalaniladi. Bu davrda
o`lchanayotgan narsalarga nisbatan katta o`lchovdan foydalaniladi. Belgilar
220
o`rtasidagi oraliq bir narsa boshqasiga qaraganda qanchalik uzun (keng, baland)
ckanligini ko`rsatadi. Har bir narsa alohida-alohida o`lchovlar bilan o`lchanishi
mumkin. O`lchovlarni taqqoslash narsalar o`lchami orasidagi farqni aniqlash
imkonini beradi. Masalan, narsalarning uzunligi va kengligi uning uzunligi va
kengligiga mos keladigan 2 ta arqon yordamida solishtirilishi mumkin.
O`lchov vositadan foydalanishni o`rganib olgach, bolalar bevosita bir-biri bilan
taqqoslash
mumkin
bo`lmagan
narsalarning
o`lchamlarini
solishtira
oladilar.Bolalarda ko`z bilan chamalash qobiliyatini o`stirishga katta e`tibor
beriladi. Bolalar narsalar o`lchamlarini bevosita taqqoslash, ustiga qo`yish, yoniga
qo`yish, o`lchov yordamida o`lchash usullarini egallashlari asosida ko`z bilan
yanada aniqroq chamalanishni talab etuvchi masalalarni yechadilar. Avvalo
bolalarga o`lchamlari namunadan katta va kichik narsalarni chamalab topish
topshirig`i beriladi, shu bilan birga, narsalar qidiriladigan joy asta-sekin
kengaytirib boriladi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagog o`lchov qoidasini aniqlashda
bolalarga yordamlashadi: eng qisqa masofa bo`lishi uchun to`g`ri chiziq bo`ylab
o`lchash zarur; bir maromda katta qadam tashlab yurgan ma`qul; qadam-o`lchov.
Barcha masofada o`lchov birxil bolishi kerak. Bolalar daraxtgacha, qum solingan
yashikkacha va boshqa narsalargacha necha qadam ekanligini ishtiyoq bilan
aniqlaydilar. Aynan bir masofani har bir bola va pedagog qadamida o`lchanganida
har xil chiqishi bilan oladilar.
Narsalar o`lchamini bevosita taqqoslash tajribasi tasavvurda solishtirish
uchun zamin yaratadi. Bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: u yoki bu narsa
qanday o`lchovda ekanligini ko`rsatish, masalan, devor, eshik, bolalar stolining
balandligi qanday; namunadan katta, kichik (uzun, qisqa yoki unga teng
narsalaming nomini ayting; yoki qalam, piyola, koptokni oldin ko`rganlariga
solishtirib, qanday kattalikda ekanligini aytish; birini ikkinchisidan uzunroq
(qisqaroq) kengroq (torroq), balandroq (pastroq) deb aytish mumkin bo`lgan ikkita
narsalarning nomini aytish.
Maktabga tayyorlov guruhiga o`tish vaqti kelganda bolalar narsalarning
faqat uzunligi, kengligi, balandligini baholay bilishlari kerak. Ular chiziq
olchamlarini taqqoslash usullarini bilishlari, mo`ljal harakat (zich qilib qo`yish)
usuli bilan tcgishli belgi o`rtasidagi aloqani aniqlay bilishlari, kattaliklarning aniq
son xarakteristikasini ishlay bilishlari lozim.
6-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollar
1.Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga o`rgatishning o`ziga xosligi haqida
gapiring?
2.Kattaliklarni aniqlashda predmetlarni taqqoslashni mashq qilish haqida gapiring?
221
3.Bolalarni kattaliklar haqidagi tushunchalarini mustahkamlashda o`yinlardan
foydalanishni ahamyati qanday?
7-ILOVA
Uyga vazifa:
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish.
Rasm.
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish
25-Mavzu : Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi
tasavvurlarini shakllantirish
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va
turi
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Katta guruh yoshidagi bolalarining geometrik
shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
2.Shakllar va uning ayrim belgilari haqida
tasavvur hosil qilishga o`rgatish.
3.Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirish.
O`quv mashg`uloti maqsadi: Katta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini
222
shakllantirish
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Pedagogik vazifalar:
-
Katta guruh yoshidagi
bolalarining geometrik shakl
haqidagi tasavvurlarini
shakllantirishni tushuntirish;
- Shakllar va uning ayrim
belgilari haqida tasavvur hosil
qilishga o`rgatishni ko`rsata
olish;
-
Hajmli geometrik shakllar
bilan tanishtirishni tasniflash;
O`quv faoliyati natijalari
-
Katta
guruh
yoshidagi
bolalarining
geometrik
shakl
haqidagi
tasavvurlarini
shakllantirishni izohlaydi;
-
Shakllar va uning ayrim belgilari haqida
tasavvur hosil qilishga o`rgatishni aytib beradi.
-
Hajmli
geometrik
shakllar
bilan
tanishtirishni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
Aylana metodi
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa)
|