Og'zaki bayon qilish ta'lim metodi




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

Og'zaki bayon qilish ta'lim metodi
 
 
O’quvchilarga ilk yosh bolalarining matematik tasavvurlarni shakllantirish mavzusi 
bo’yicha o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilinadi. 
5
-ILOVA
 
22-mavzuning nomi: Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda didaktik 
vositalarning to’g’ri tanlanishining ahamiyati 
 Reja: 
1.Mashg’ulotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rgazma qurollarini to’g’ri 
tanlashning ahamiyati.
2.Ko`rgazmalar bilan ishlash metodikasi.
3.Ko’rgazma materiallarga qo`yilgan talablar 


204 
Tayanch so`z va iboralar: 
Geometrik shakl

Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta 
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
Kubik 
22-Mavzu:Mashg`ulotlarni muvoffaqqiyatli o`tkazishda didaktik vositalarning 
to`g`ri tanlanishining ahamiyati. 
Reja: 
1.Mashg`ulotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishda ko`rgazma qurollarini to`g`ri 
tanlashning ahamiyati.
2.Ko`rgazmalar bilan ishlash metodikasi.
3.Ko`rgazma materiallarga qo`yilgan talablar. 
Mashg`ulotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishda ko`rsatma qo`llanmalarni to`g`ri 
tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, 
bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo`shni sonlar orasidagi 
bog`lanishlar va munosabatlar, “teng”, “ortiq”, “kam”, “butun”, “qism”) borasida 
ham ko`rsatmalilik boshlang`ich moment bo`lib xizmat qiladi.Hamma 
mashg`ulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o`yinchoqlar, tabiiy 
materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o`yinchoqlar bilan o`ynashlari 
uchun o`yinchoqlar ko`p miqdorda tanlanadi. Matematik bilimlar abstraksiyalash 
yo`li bilan o`zlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. 
O`rgatishning ma`lum bosqichida jadvallar, sxemalar (olmani ikkita va to`rtta teng 
qismga bo`lish sxemasi) ko`rsatmali material bo`lishi kerak.
Ko`rsatmalilikning xarakteri yoshdan-yoshga o`tish bilangina emas,balki 
joyga hamda bilimlarni o`zlashtirishning har xil bosqichlarida konkret bilan 
abstrakt orasidagi munosabatlarga bog`liq holda ham o`zgarib turadi.Chunonchi 
o`rgatishning ma`lum bosqichida buyumlar to`plamini sanash “Sonli jadvallar”, 
“Sonli zinachalar” va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi.Ko`rsatma-
qo`llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashg`ulotlar jarayonidagi bilim va 
ko`nikmalarni egallashga bog`liq.Bolalar bilimlarini umumlashtirish, har xil 
bog`lanishlarni, 
munosabatlarni 
ko`rsatish 
kerak 
bo`ladigan 
hollarda 
ko`rsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qo`shni 
sonlar orasidagi bog`lanish va munosabatlarni yoki sonlarning birliklardan iborat 
miqdoriy tarkiblarini o`rganishda har xil o`yinchoqlardan, geometrik shakllar 
jadvallari va hokazolardan foydalaniladi. Bolalar matematik obyektlarning ayrim 
belgilari yoki xossalari haqida dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin, ularning 
uncha ko`p bo`lmagan miqdori bilan chegaralanishi mumkin.Shu bilan birga 
buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha detallarsiz, qaralayotgan belgisi aniq 
ifodalangan va uni ko`rish nisbatan oson bo`lishi kerak. Masalan, to`plam 
elementlarini emas, balki uning boshqa tarkibiy qismlarini kichkintoylarga 


205 
ko`rsatish uchun ikkiuchta rangli kubchalar (g`isht)lar yoki uzun va qisqa lentalar 
olinadi.Маtematika mashg`ulotlarida, odatda, ko`p turdagi buyumlar to`plamidan, 
ko`rgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bularni joylashtirish tartibini o`ylab 
ko`rish juda muhim.
Кichik guruhda bolalarga material xususiy quti (konvert)da beriladi. Katta 
bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda (bitta qutida) berish 
mumkin. Ko`p turdagi buyumlardan foydalanganda
ularni 
shunday 
joylashtirish kerakki, mashg`ulotni boshlash uchun kerak bo`ladigan material eng 
ustida tursin. Aloqa usullarini qanday birga qo`shib olib borish kerak? Bola 
tafakkurini ko`rsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning ko`rsatma-qo`llanma 
bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik bilimlarni shakllantirish 
zarurligini asoslaydi. Og`zaki bayon usuli (metodi) maktabgacha yoshdagi bolalar 
bilan ishlashda uncha katta o`rin olmaydi va bolalar bilan so`zlashuv shaklida 
foydalaniladi. Bilim, malaka, ko`nikmalarni o`zlashtirishga har xil usullardan 
foydalanish va ularni birga qo`shib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u 
yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va 
ko`nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
O`rgatish kattadan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak. 
Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarini
matematik 
qobiliyat 
mustaqil 
fikrlash, 
umumlashtirish 
qobiliyatini, 
abstraksiyalashni, fazoviy tasavvur va hokazolarni, shuningdek, matematik bilim, 
malaka va ko`nikmalarni mustaqil egallash va qo`llay olish imkonini rivojlantirishi 
kerak. Bugun matematika o`rgatish taqqoslash asosida quriladi. Taqqoslash 
asosida bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o`ngga kabi qarama-
qarshi tushunchalar shakllanadi. Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni 
rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib borish muhim.
Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo`yicha har xil rejada taqqoslashni 
mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin esa bir necha 
buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu belgilari bo`yicha guruhlashni 
(masalan, geometrik figuralarning shakllari, ranglari va hokazo bo`yicha 
taqqoslashni) o`rganadilar.
Bolalarning qo`llanmalar bilan ishlashlarining ma`lum sistemasini tashkil 
qilishda tarbiyachining roli harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam 
berish, tashabbusni, mustaqillikni rag`batlantirishdan, bolalarni xulosalarga olib 
kelishdan iborat. Tushunarli, aniq ifodalangan vazifani qo`yish bolalar tafakkurini 
faollashtirishning zaruriy shartidir. Vazifa (o`yin, amaliy, bilish) qo`yish xarakteri 
bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham 
aniqlanadi.
Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko`rsatadi va tushuntiradi, shu 
bilan birga, u yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatolarning oldini olishga harakat 
qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qo`yishga, yoniga 
qo`yishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi 


206 
mashg`ulotga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko`rsatish, nimani 
tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o`ylab, 
beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi. Bilim va ko`nikmalarni puxta 
o`zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, 
undan keyingi mashg`ulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarishlari kerak.
Bir xil narsaning o`zini ko`p martalab takrorlayverish istalgan samarani 
bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo`ladi. Ko`rgazmali qurollarni 
almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni 
o`zgartirib turish muhimdir. Shu yo`l bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini 
aktivlashtirish, charchashning oldini olish mumkin bo`ladi.
6-ILOVA 
Mustahkamlash uchun savollar
1.Matematika mashg`ulotlariga qo`yladigan didaktik talablar ? 
2.Ta`limiy o`yinlar samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan ko`rgazmalar
qaysilar? 
3.Turli yosh guruhlardagi bolaning oziga xos xususiyatlari? 
4. Ko`rgazmali qurollarni almashtirish haqida gapiring? 
7-ILOVA 
Uyga vazifa: 
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
Rasm. 


207 
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
23-Mavzu : Katta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq haqidagi matematik 
tasavvurlarini shakllantirish 
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa 
O`quvchilar soni ___ tа 
O`quv mashg`ulotining shakli va 
turi 
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi 
1.Katta guruhda bolalarni sanoqqa o`rgatish. 
2.Birliklardan hosil bo`lgan sonning miqdoriy 
tarkibi. 
3. Sanoq malakalarini rivojlantirishda o`yin 
usullaridan foydalanish. 
O`quv mashg`uloti maqsadi: Katta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq haqidagi 
matematik tasavvurlarini shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini 
shakllantirish 


208 
O`qitish natijasi 
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
Bolalarning matematik tasavvurlarini 
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
ko`nikmalarga ega bo`ladi 
Pedagogik vazifalar: 

Katta guruhda bolalarni 
sanoqqa o`rgatishni
tushuntirish; 
- Birliklardan hosil bo`lgan 
sonning miqdoriy tarkibini
ko`rsata olish; 

Sanoq 
malakalarini 
rivojlantirishda o`yin usullaridan 
foydalanishni tasniflash; 
O`quv faoliyati natijalari

Katta guruhda bolalarni sanoqqa o`rgatishni
izohlaydi; 

Birliklardan hosil bo`lgan sonning miqdoriy 
tarkibini aytib beradi. 
-
Sanoq malakalarini rivojlantirishda o`yin 
usullaridan foydalanishni tasniflaydi. 
O`qitish metodlari 
Aqliy xujum 
O`qitish vositalari 
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish 
shakli 
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti 
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari 
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ish
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyatlar mazmuni 
O`qituvchi 
O`quvchi 
1-bosqich 
O`quv 
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa) 

Download 9,12 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish