23-Mavzuning nomi: Katta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq
haqidagi matematik tasavvurlarini shakllantirish
Reja:
1.Katta guruhda bolalarni sanoqqa o’rgatish.
2.Birliklardan hosil bo’lgan sonning miqdoriy tarkibi.
3. Sanoq malakalarini rivojlantirishda o’yin usullaridan foydalanish.
211
“Aqliy hujum” savollari:
O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat
qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman.
4-ILOVA
Aqliy xujum savollari
5-ILOVA
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik
23-Mavzu:Katta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq haqidagi matematik
tasavvurlarini shakllantirish.
Reja:
1.Katta guruhda bolalarni sanoqqa o`rgatish.
2.Birliklardan hosil bo`lgan sonning miqdoriy tarkibi.
3. Sanoq malakalarini rivojlantirishda o`yin usullaridan foydalanish.
Katta guruh yoshidagi bolalarni son-sanoqqa o`rgatish.O`tilganlarni
takrorlash. Ma`lumki, 5 ichida bo`lgan teng va teng bo`lmagan (bitta ko`p yoki
1.Katta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi
matematik tasavvurlarini shakllantirish haqida gapiring?
2. Katta guruh yoshidagi bolalarni son-sanoqqa o’rgatish
haqida gapiring?
3. Maktabga tayyorlov guruhiga o’tish vaqtida bolalar
nimalarni bilishlari lozim?
4. Bolalarda fazoviy yo’nalishlar haqida tushunchalar paydo
bo’lishi uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?
5.O’z-o’zidan harakat yo’nalishini: oldindan (oldinga),
orqasidan (orqaga) tushunchalarini aniqlashda qanday
usullardan foydalaniladi?
6.Tepada va pastda tushunchalarini bilish va farqlash usullari
haqida tushuncha bering?
212
bitta kam) miqdordagi narsalaming ikki to`plamini taqqoslash bolalarga birinchi
beshlik sonining qanday tashkil topishini cslatish imkonini bcradi.Teng, tcng emas,
ko`p, kam va sanoqning nisbatlarini aniqlash uchun ikki guruh predmetlarini
birma-bir taqqoslash usullarini bolalar ongiga yetkazish maqsadida to`plamlarni
tcnglashtirishga oid topshiriqlar beriladi, masalan: «Hamma bolalarga yetadigan
piyolalar olib kel»,va hokazo.Bolalarni narsalarni tartib bilan chapdan o`ngga
qarab
sanashga,
sanoq
yakunining
nomini
aytishga
o`rgatish
sanoq
ko`nikmalarining mustahkamlanishiga olib keladi.
Katta guruhda sonni xotirada saqlab qolish mustahkamlanib boriladi. Buning
uchun predmetlarni sanab chiqish mashqlari asta- sckin murakkablashtirib boriladi.
Masalan, bolalarga ayni bir vaqtda ikki son aytiladi, darhol ikki xil predmetni yoki
bir xildagi, ammo bir-biridan rangi yoki hajmi jihatidan farq qiladigan
predmetlarni sanab chiqish taklif qilinadi. Predmetlar nomi ularning joylashish
o`rni bilan bog`lanadi.Bolalar sonni xotirada eslab qolishga, prcdmetlarni bittalab
olishga, sonlarning olingan har bir predmet bilan munosabatini aniqlashga,
bajarilgan topshiriq haqida hisobot berishga o`rgatiladi. Ba`zi bir fazoviy
tasavvurlar o`ziga nisbatan predmetning joylashish o`rni oldida, orqasida, chapda,
o`ngda: qog`oz varag`i yuzasida tasvirlangan predmetlarning joylashishi yuqorida,
pastda, chap tomonda, o`ng tomonda, o`rtada kabilar mustahkamlanadi.10 ichida
sanash. Ikki to`plamdagi elementlarni solishtirish asosida ikkinchi beshlik sonini
hosil qilishi va 10 gacha sanashni o`rgatish uchun o`rta guruhda birinchi beshlik
sonini hosil qilish namoyish etiladi.
Katta guruhda bo`lganidek, har bir kelgusi son qanday hosil qilinishini
ko`rsatish uchun bundan oldingi son qanday hosil qilinganini takror ko`rsatish
lozim. Shunday qilib, hamma vaqt 3 tadan kam bo`lmagan ketma-ket sonlar
taqqoslab ko`riladi.Bolalar ko`pincha 7 va 8 sonlarini adashtiradilar, bu o`z
navbatida 7 va 8 elementlardan iborat to`plamlarni taqqoslash bo`yicha juda ko`p
mashq qilishni taqozo etadi.Turli o`lchovda yoki turli maydonni egallovchi
predmetlar to`plamini taqqoslash ko`nikmasi sanoq ahamiyatini va taqqos-
lanadigan ikki to`plamlar elementlarini bittalab solishtirishda aniqlash usullarini
tushunish, teng, ko`p, kam munosabatlarini aniqlash imkonini bcradi. Masalan,
qaysi olmalar ko`proq qizillarimi yoki yashillarimi, qaysi gullar ko`proq
,sariqlarimi yoki oqlarimi ana shularni aniqlash uchun, agar keyingilari
birinchilarga nisbatan katta oraliq bilan joylashgan bo`lsa, predmetlarni sanab
chiqish va ular sonini yoki 2 guruh predmetlarini bir-biriga taqqoslash zarur.
Bunda taqqoslashning ustiga qo`yish, yoniga qo`yish usullaridan foydalaniladi.
Bolalar guruhlardan birida ortiqcha predmct paydo bo`lganini, demak, bu
guruhdagi predmetlar ko`proq, boshqa guruhda esa bitta yetishmasligini, demak,
bu guruhda predmetlar kamroq ekanligini ko`radilar.
Soni kamroq guruhga bitta predmetni qo`shish yoki soni ortiqroq guruhdan
bitta predmetni olib qo`yish yo`li bilan guruhlarni tenglashtirish natijasida bolalar
taqqoslanayotgan sonlardan har birini hosil qilish usullarini o`zlashtirib
oladilar.Ko`proq, kamroq munosabatlarining o`zaro aloqasini ko`rib chiqish
bolalarga kelgusida sonlar o`rtasidagi munosabatlarning o`zaro simmetriklik
xossasini o`rganishga zamin yaratadi.
213
Didaktik materialni almashtirib turish, xilma-xil topshiriqlar berish bolalarga
har bir sonni hosil qilish usullarini yaxshiroq anglab olishda yordam
beradi.Bolalarda 10 gacha sanash ko`nikmalarini mustahkamlash uchun turli xil
mashqlardan, masalan, «Xuddi shuncha ko`rsat» mashqidan foydalaniladi.10 gacha
bo`lgan predmetlarni sanash. Predmetlarni sanash mashqlari murakkablashib
boradi.Birdaniga turli xil predmetlarning 2 guruhini (6 t:i piyola va 7 ta kosani
sanang) yoki bir xil ko`rinishga ega. ammo bir-biridan rangi, shakli yoki katta-
kichikligi bilan ajralib turuvchi (7 ta katta va 8 ta kichkina tugmachalarni), 2 guruh
predmetlarini hosil qilish mashqlari bilan birgalikda faqatgina ikkita guruhdagi
predmetlarni sanashnigina emas, balki ularni ma`lum joyga, masalan, qog`oz
varag`ining ko`rsatilgan qismiga: yuqoriga, pastga, chapga, o`ngga, o`rtasiga
joylashtirish topshirig`i ham beriladi. Biroz keyinroq tarbiyachi ko`rsatmasi
asosida, bolalar predmetlarni varaqning yuqori yoki pastki, o`ng yoki chap
chetlariga, yuqoridagi o`ng burchagi, pastdagi chap burchagiga joylashtiradilar.
Tarbiyachi bolalarga bunday topshiriqlarni berishdan oldin ularni qog`oz
varag`ining tcgishli qismlarini topishda maxsus ravishda mashq qildiradi.Bolalarni
topshiriqni diqqat bilan tinglashga, uni eslab qolishga, aniq bajarishga nima qilgani
va qanday qilgani haqida so`zlab berishga o`rgatiladi. Avvaliga ularga aniq javob
berish qiyinlik qiladi. Shuning uchun tarbiyachi ularga yordamchi savollar bilan
yordam beradi. Masalan, u boladan: «Kvadratlar nechta, sen ularni qayerga
qo`yding? To`g`ri burchaklar nechta, sen ularni qayerga qo`yding?
Katta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik tasavvurlarini
shakllantirish.Maktabga tayyorlov guruhiga o`tish vaqtida bolalar o`lchovlarni
(uzunlik, kenglik, balandlik) bilishlari va narsalar o`lchovini 2-3 o`lchov nuqtayi
nazaridan baholay bilishlari zarur. Berilgan kattaliklarni aniqlashdan narsalarni
taqqoslash mashqlari qo`llaniladi. Bitta o`lchovi bilan farq qiluvchi narsalarni
taqqoslashdan bolalar 2-3 o`lchov bilan farq qiluvchi narsalarni taqqoslashga
o`tadilar («Qaysi taxtacha uzunroq (qisqaroq)? Qaysi biri kengroq (torroq)?
Qaysinisi yo`g`onroq (ingichkaroq?»).Taqqoslanadigan narsalar doirasi ortib
boradi. Bolalar o`z faoliyatlarida muntazam uchratib turadigan har xil narsalar
(tasmalar, sharflar, arg`amchiqlar, shnur iplar, kamarlar, quti- chalar va
hokazolar)dan foydalanadilar.Kattaliklarni taqqoslash ayrim olingan holda amalga
oshirilmaydi, balki narsalarning boshqa xossalarini (bajaradigan vazifasi, qismi,
rangi,materiali va boshqalarni) ko`rib chiqish bilan birgalikda bajariladi. Bu bolalar
aqliy qobiliyatining o`sishida muhim ahami- yatga egadir.
Bolalar ko`rsatilgan narsalarning o`rtasidagi o`lchov munosabatlarini
aniqlabgina qolmay, balki tasavvurlari bo`yicha shularga o`xshash munosabatlarni
ham yaratadilar. Tarbiyachi ularga o`xshash munosabatlarni ham yaratadilar.
Tarbiyachi ularga, masalan, shunday topshiriqlar beradi: «Biri ikkinchisidan
uzunroq bo`lgan ikkita yo`lka rasmini chizing; uzunligi bir xil, kengligi har xil
yoki uzunligi ham, kengligi ham bir xil 2 ta tasmaning rasmini chizing»,va
hokazo.Bolalarga ikkita boshqa narsadan namunaga teng narsa tuzishni taklif ctish
foydalidir. Masalan, bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o`lchov
uzunligiga, u esa o`z navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab
olinishini taklif ctish va hokazo.
214
Bolalarga ikkita boshqa narsadan na`munaga teng narsa tuzishni taklif ctish
foydalidir. Masalan, bolalarga ikkalasining birgalikdagi uzunligi o`lchov
uzunligiga, u esa o`z navbatida uy tomining uzunligiga teng ikkita taxtacha tanlab
olinishini taklif ctish va hokazo.Agar narsalarni bevosita taqqoslash mumkin
bo`lmasa, unday holda vosita o`lchov kiritiladi. Shartli o`lchov sistemasi va shu
kabilardan foydalaniladi. Bu davrda o`lchanayotgan narsalarga nisbatan katta
o`lchovdan foydalaniladi. Belgilar o`rtasidagi oraliq bir narsa boshqasiga
qaraganda qanchalik uzun (keng, baland) ekanligini ko`rsatadi. Harbir narsa
alohida-alohida o`lchovlarbilan o`lchanishi mumkin. O`lchovlarni taqqoslash
narsalar o`lchami orasidagi farqni aniqlash imkonini beradi. Masalan, narsalaming
uzunligi va kengligi uning uzunligi va kengligiga mos keladigan 2 ta arqon
yordamida solishtirilishi mumkin.
O`lchov vositadan foydalanishni o`rganib olgach, bolalar bevosita bir-biri
bilan taqqoslash mumkin bo`lmagan narsalarning o`lchamlarini solishtira oladilar.
Bolalarda ko`z bilan chamalash qobiliyatini o`stirishga katta e`tibor beriladi.
Bolalar narsalar o`lchamlarini bevosita taqqoslash, ustiga qo`yish. yoniga qo`yish,
o`lchov yordamida o`lchash usullarini egallashlari asosida ko`z bilan yanada
aniqroq chamalanishni talab etuvchi masalalarni yechadilar. Avvalo bolalarga
o`lchamlari namunadan katta va kichik narsalarni chamalab topish topshirig`i
beriladi, shu bilan birga, narsalar qidiriladigan joy asta-sekin kengaytirib boriladi.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagog o`lchov qoidasini aniqlashda
bolalarga yordamlashadi: eng qisqa masofa bo`lishi uchun to`g`ri chiziq bo`ylab
o`lchash zarur; bir maromda katta qadam tashlab yurgan ma`qul; qadam-o`lchov.
Barcha masofada o`lchov bir xil bolishi kerak. Bolalar daraxtgacha, qum solingan
yashikkacha va boshqa narsalargacha necha qadam ekanligini ishtiyoq bilan
aniqlaydilar. Aynan bir masofani har bir bola va pedagog qadamida o`lchanganida
har xil chiqishi bilan oladilar.
6-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollar
1.Katta guruhda bolalarni sanoqqa o`rgatish haqida gapiring?
2.Birliklardan hosil bo`lgan sonning miqdoriy tarkibi qanday?
3. Sanoq malakalarini rivojlantirishda qanday o`yin usullaridan foydalaniladi?
4.Katta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik tasavvurlarini
shakllantirish haqida gapiring?
7-ILOVA
Uyga vazifa:
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish.
215
Rasm.
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish
24-Mavzu : Kattalik. Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga o`rgatishning o`ziga
xosligi.
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va
turi
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga
o`rgatishning o`ziga xosligi.
2.Kattaliklarni aniqlashda predmetlarni
taqqoslashni mashq qilish.
3.Bolalarni kattaliklar haqidagi tushunchalarini
mustahkamlashda o`yinlardan foydalanish.
O`quv mashg`uloti maqsadi: Kattalik. Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga
o`rgatishning o`ziga xosligi mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini shakllantirish
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi
Pedagogik vazifalar:
-
Katta guruh yoshidagi
bolalarni o`lchashga
o`rgatishning o`ziga xosligini
tushuntirish;
- Kattaliklarni aniqlashda
O`quv faoliyati natijalari
-
Katta guruh yoshidagi bolalarni o`lchashga
o`rgatishning o`ziga xosligini izohlaydi;
-
Kattaliklarni
aniqlashda
predmetlarni
taqqoslashni mashq qilishni aytib beradi.
-
Bolalarni
kattaliklar
haqidagi
216
predmetlarni taqqoslashni mashq
qilishni ko`rsata olish;
-
Bolalarni
kattaliklar
haqidagi
tushunchalarini
mustahkamlashda
o`yinlardan
foydalanishni tasniflash;
tushunchalarini mustahkamlashda o`yinlardan
foydalanishni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
Bumerang metodi
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa)
|