• Tushunchalar tahlili metodi
  • Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/105
    Sana05.09.2024
    Hajmi9,12 Mb.
    #270299
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

     
     
     
     
    27-mavzuning nomi: 
    Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirish
    Reja: 
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini 
    shakllantirish. 
    2.Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish. 
    3. Kun davomidagi faoliyatlarda vaqt haqidagi tushunchalarni mustaxkamlanishi. 


    239 
    Berilgan tоpshiriqlarni bajarish 
    Bahosi (bаllаr 
    yig`indisi) 
    O`tilgan mavzu 
    bo`yicha 
    tushunchalarni bayon 
    qilish vа uy vazifani 
    bajarganligi 
    Yangi ijоdiy 
    g`оyalаr 
    Dars jarayonida 
    faolligi 
    3(ball)
    1(ball)
    1(ball)

    4-ILOVA 
    Tushunchalar tahlili metodi 
    Ushbu metodimizda o’tilgan bo’limning barcha mavzularini o’quvchilar 
    tomonidan yodga olish, tushunchalarga mustaqil izoh berish va o’z bilimlarini 
    tekshirib baholashga imkon beradi. 
    5
    -ILOVA
    Tayanch so`z va iboralar: 
    Geometrik shakl

    Predmet
    , vaqt, tarbiya, O`rta 
    guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
    Kubik 
    27-Mavzu:Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirish. 
    Reja: 
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini 
    shakllantirish. 
    2.Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish. 
    3. Kun davomidagi faoliyatlarda vaqt haqidagi tushunchalarni mustaxkamlanishi. 
    Vaqtni 
    chamalash. 
    Bolalarni 
    soatlarning 
    turlari 
    va 
    ularning 
    tuzilishi(strelkalari, tsifrblati) bilan tanishtirish. Vaqtning eng kichik birliklari 
    soniya va daqiqa xaqida tushuncha berish. Yarim soatgacha aniqlikdagi vaqtni 
    belgilashga o`rgatish.Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha qanday sana 
    bo`lganligini, ertaga qanday sana bo`lishini aytishga o`rgatish.Xafta kunlari va yil 
    fasllari izchilligi xaqidagi bilimlarni mustaxkamlash, kelgusi oyning nomini 
    aytishni mashq qildirish. 
    Katta guruhda tarbiyachi bolalarning faol lug`atlarida sutka qismlarining 
    nomlarini mustaxkamlaydi, bolalarning vaqtning bu oraliqlari xaqidagi 
    tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar e`tiborlarini sutka 
    qismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
    xar doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bilan almashishini, kunduzi 
    kechqurun bilan, kechqurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka 


    240 
    qismlarining ketma- ketligini bilishlarini mustaxkamlash uchun rasmlarni qarashni, 
    ular bo`yicha xikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Rasmlar qarab 
    bo`linganidan keyin, bolalarga ularni stollarga to`g`ri ketma-ketlikda joylashtirish 
    va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirig`ini berish mumkin. Yil oxirida 
    bolalarga shu mashqlar asosida sutka xaqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish 
    va sutka so`zining mazmunini ochib berish mumkin.
    Katta guruhda bolalar “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarini farqlashni 
    o`rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan xar doim 
    foydalanish buning uchun eng yaxshi sharoitdir. Masalan, bolalarga yangi 
    o`yinchoqni ko`rsatishdan oldin tarbiyachi ularga bugun u yangi o`yinchoq 
    ko`rsatishi va ular shu o`yinchoqni o`ynashlari xaqida ogoxlantirishi kerak. Yoki 
    tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mashg`ul bo`lganliklarini, bugun ertalab 
    nima qilganliklarini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: 
    “Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasaymiz, ertaga esa, rasm 
    chizamiz. Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr qildik, bugun esa parkka 
    boramiz” va xk. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachi bilan xar doim shunday 
    muloqotda bo`lib, bu tushunchalarni o`zlashtiradilar. Konkret misollarda “tez-
    sekin” tushunchalari bilan tanishadilar. 
    Katta guruhda asosiy e`tibor haftadagi o`zgarishni, yil fasllarining xarakterli 
    xususiyatlarini ongli o`zlashtirnshga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo`lgani, 
    bugun qaysi kun ekan, ertaga qanday kun bo`lishini, haftadagi kunlar sonini, 
    ularning tartibini aytishni o`rganadilar. Bundan tashqari, bolalar yil fasllarining 
    xarakterli belgilarini o`zlarining bu vaqtdagi o`yinlarini, odamlarning tabiatdagi 
    mehnatlarini aniqlaydilar.Ma`lumki, bolalar hafta kunlarini bir tekisda 
    o`zlashtirmaydilar. Ular yakshanba, shanba va dushanbani eng yaxshi eslab 
    qoladilar.Yakshanba xursandchiliklar bo`ladigan kun, yaqinlar bilan, ya`ni ota-
    ona, buvi va boshkalar bilan birga bo`ladigan kun.Bu kun yani shunisi bilan ham 
    g`ay-rioddiy kunki, ba`zi bola hayotini odatdagi tartibi o`zgaradi: buvisining uyida 
    tushlik qilish, mehmonlar kelishi, kinoga borish va h. k. Shanba ham yakshanbaga 
    o`xshagan kun.
    Bu kunlarning bola tomonidan haftaning boshqa kunlaridan alohida 
    ajratilishining sababi shundan iborat bo`lsa kerak.Shu narsa ham payqaldiki, 
    bolalar bog`chada butun sutka davomida bo`lishlari munosabati bilan shanba va 
    yakshanba bilan birgalikda,| chorshanbani ham ajratishadi. Nega? Odatda, ota-
    onalar bolalarini chorshanbada uylariga olib ketadilar. Ular shuning uchun ham bu 
    kunni yaxshi biladilar, uni kutadilar,bolalar dushanbani ham yaxshi biladilar, 
    chunki shu kuni ular, yakshanbadan keyin bog`chada bo`lishlarining birinchi 
    kunidir. Seshanba, payshanba va juma kunlari alohida ahamiyatli voqeyalar bilan 
    belgilanmagan. To`g`risi, juma kunini bolalar dam olish arafasi sifatida, bolalar 
    bog`chasida bo`lishlarining dam olinadigan kunlardan oldingi oxirgi kun sifatida 
    yaxshiroq biladilar va ajratadilar. Shunday qilib, katta guruh bolalarining haftaning 
    har xil kunlarini bilishdek bilimlarni o`zlashtirishlarida ularning faoliyatlari va 
    hayajonli kechinmalarining ro`li haqida gapirish uchun ba`zi asoslar bor. 


    241 
    Masalan, tarbiyachi mashg`ulot davomida ushbularni so`raydi: Kecha qaysi 
    kun edi?» «Ertaga qaysi kun bo`ladi?» Agar bolalar haftaning kunlarini aytishda 
    qiynalishsa, tarbiyachining o`zi aytadi. U yakshanba dam olish kuni ekanini aytadi. 
    Shu kuni hamma dam oladi. Bolalar bog`chaga borishmaydi. Yakshanbadan keyin 
    duyshanba deb ataluvchi kun keladi. Bu dam olish kunidan keyin bolalar 
    bog`chaga, kattalar ishga boradigan birinchi kun va h.k.Shunday qilib, tarbiyachi 
    bolalarni xaftaning kunlari bilan ketmaket tanishtiradi.
    Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab qolishlari 
    uchun, ularning e`tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi orasidagi 
    bog`lanishga qaratish kerak, masalan, chorshanba haftaning o`rtasi payshanba-
    haftaning to`rtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va h.k.Bolalar hafta 
    qunlarini farqlash va aytishni o`rganib olganlaridan keyin, kunning hamma 
    nomlarini ketmaket o`zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. Bolalar haftada 
    hammasi bo`lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini aytishadi. 
    Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini, ular haftada nechta 
    ekanligini so`raydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini tushuntiradi: 
    birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va h.k. 
    Ta`limning bu bosqichida hafta kunlari tartibini yaxshi eslab qolish uchun 
    rasmlardan haftaning hamma kunlari tasvirlangan simvollardan foydalanish 
    maqsadga muvofiq.Bolalarga ko`rsatish uchun katta doira (diametri 35 smli) olish 
    mumkin. Unda har xil rangli doirachalar (diametri 8 sm. li) tartibi bilan terib 
    qo`yilgan. Bu doirachalarning ichiga esa 1 dan 7 gacha sonlar yozilgan kichik 
    doirachalar (hafta kunlari tartibiga mos ravishda 7 ta doiracha) joylashtirilgan. Har 
    xil rangli doirachalar bunday joylashtirildi: qora, kulrang, ko`k, yashil, sariq, 
    nimrang, qizil. Katta doira o`rtasiga harakatlanadigan strelka joylashtirilgan.Har 
    qaysi bola alohida hafta kunlarini belgilovchi rangli donachalar oladi.Tarbiyachi 
    bolalardan so`raydi: «Hafta kunlarini kattalar qanday bilishadi?»Bolalar: 
    kalendardan bilishadi. 
    Tarbiyachi: biz ham hafta kunlarini kalendardan bilishni o`rganib olamiz. 
    Bizda bunday kalendar bo`ladi (ko`rsatadi). Siz hafta yetti kundan iboratligini 
    bilasiz: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba. 
    Istalgan kunni bizning kalendardan doirachalardagi raqamlardan bilish mumkin, 
    Undagi qora doira dushanbani bildiradi. Dushanba haftaning birinchi kuni. Shu 
    sababli qora fonda bittagina oq doiracha. Navbatdagi doira kulrang, unda ikkita oq 
    doiracha. U haftaning ikkinchi kuni seshanbani bildiradi va h.k.Bolalar o`z 
    doirachalarini qaraydilar, bitta oq doirachali qora doirani topadilar. Bu dushanba.
    Bolalar shu usulda ketma-ket qaraydilar va barcha doirachalarni 
    aytishadi.Shundan keyin tarbiyachi strelka bilan rangli doirachani kalendardagi 
    hafta kunlarini ko`rsatadi.Bolalar o`zlaridagi doirachalardan xuddi shundaylarni 
    topadilar va ularni aytadilar; hamma doirachalarni qator qilib joylashtiradilar va 
    hafta kunlarining hammasini tartibi bilan aytib chiqadilar. Bolalar hafta kunlarini 
    to`g`ri va teskari tartibda ayta oladilar, sanoq bo`yicha haftaning to`rtinchi yoki 
    beshinchi kunini aniqlaydilar, aytilgan kun qaysi kunlar orasida, aytilgan kungacha 
    necha kun o`tganligini, aytilgan kundan oldin qaysi kun kelishini aniqlaydilar va 


    242 
    «Hafta» kalendarini «Ob-havo» kalendari bilan yonmayon osib qo`yish mumkin, 
    bunda bolalar har kuni strelka bilan haftaning o`tayotgan kunini belgilaydilar. 
    Katta guruhda kalendar bilan ishlash sanoq bilan tanishilgandan keyin o`tkazilishi 
    kerak. Kalendardan foydalanib tarbiyachi, bir tomondan, «hafta» tushunchasining 
    mohiyatini chuqur tushunilishiga erishadi, ikkinchi tomondan, bolalarni miqdor va 
    sanoq bo`yicha mashq qildiradi.
    6-ILOVA 
    Mustahkamlash uchun savollar
    1.Katta guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini 
    shakllantirish haqida gapiring? 
    2.Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish haqida gapiring? 
    3. Kun davomidagi faoliyatlarda vaqt haqidagi tushunchalar haqida gapiring? 
    4. Vaqtni chamalash tushunchasiga ta`rif bering? 
    7-ILOVA 
    Uyga vazifa: 
    1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
    2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
    tayyorlanib kelish.
    3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
    Rasm. 


    243 
    Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
    Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
    28-Mavzu : Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining son-sanoq haqidagi
    matematik 
    tasavvurlarni shakllantirish 
    O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
    Vaqt – 80 daqiqa 
    O`quvchilar soni ___ tа 
    O`quv mashg`ulotining shakli va 
    turi 
    Nazariy,
    O`quv mashg`uloti rejasi 
    1.MTT tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni 20 
    gacha sanash,ajratib sanash ko`nikmalarini 
    takomillashtirish.
    2.7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda 
    raqamlar bilan tanishtirish. 
    3.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarning sonning 
    2ta kichik sondan iborat tarkibi haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirish. 
    O`quv mashg`uloti maqsadi: Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining son-sanoq 
    haqidagi matematik tasavvurlarni shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq 
    tasavvurlarini shakllantirish 
    O`qitish natijasi 
    Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
    Bolalarning matematik tasavvurlarini 
    shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
    shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
    ko`nikmalarga ega bo`ladi 


    244 
    Pedagogik vazifalar: 

    MTT tayyorlov guruhi 
    yoshidagi bolalarni 20 gacha
    sanash,ajratib 
    sanash 
    ko`nikmalarini 
    takomillashtirishni tushuntirish; 
    - 7 yoshga qadam qo`ygan 
    bolalarni o`qitishda raqamlar 
    bilan 
    tanishtirishni 
    ko`rsata 
    olish; 

    Maktabga 
    tayyorlov 
    guruhi bolalarning sonning 2ta 
    kichik sondan iborat tarkibi 
    haqidagi 
    tasavvurlarni 
    shakllantirishni tasniflash; 
    O`quv faoliyati natijalari

    MTT tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni 20 
    gacha sanash,ajratib sanash ko`nikmalarini 
    takomillashtirishn izohlaydi; 

    7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda 
    raqamlar bilan tanishtirishni aytib beradi. 
    -
    Maktabga tayyorlov 
    guruhi bolalarning 
    sonning 2ta kichik sondan iborat tarkibi haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirishni tasniflaydi. 
    O`qitish metodlari 
    Aqliy xujum BBB metodi 
    O`qitish vositalari 
    Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
    O`quv faoliyatini tashkil etish 
    shakli 
    Guruhda ishlash
    O`qitish sharoiti 
    Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
    mashg`ulotni o`tish uchun xona
    Qaytar 
    aloqaning 
    usul 
    va 
    vositalari 
    Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
    mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
    O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
    Ish
    bosqichlari 
    va vaqti 
    Faoliyatlar mazmuni 
    O`qituvchi 
    O`quvchi 
    1-bosqich 
    O`quv 
    mashg`ulot
    iga kirish
    (5 daqiqa) 

    Download 9,12 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish