• “Teskor savol javob ” savollari: O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman.
  • Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/105
    Sana05.09.2024
    Hajmi9,12 Mb.
    #270299
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

     
     
     
     
    31-mavzuning nomi: 
    Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirish 
    Reja: 
    1.Maktabga tayyorlov guruxi bolalarning shakl haqidagi bilimlarini mustahkamlash va sistemaga 
    solish. 
    2.“Beshburchak”, “Ko’pburchak” bilan tanishtirish. 
    3.Bolalarni sodda masalalar bosh qotirg’ichlar (cho’plardan har xil geometrik 
    figuralar tuzish) bilan tanishtirish
    ..


    270 
    “Teskor savol javob ” savollari: 
    O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat 
    qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman. 
    Berilgan tоpshiriqlarni bajarish 
    Bahosi (bаllаr 
    yig`indisi) 
    O`tilgan mavzu 
    bo`yicha 
    tushunchalarni bayon 
    qilish vа uy vazifani 
    bajarganligi 
    Yangi ijоdiy 
    g`оyalаr 
    Dars jarayonida 
    faolligi 
    3(ball)
    1(ball)
    1(ball)

     
    4-ILOVA 
    Tezkor savol. 
    1.Geometrik figuralarning modellari qanday taqqoslanadi? 
    A)qo`shish 
    B)ayirish 
    C)ko`paytirish 
    D)juftlab 
    2.Koptokni qayerga tashladingiz o`yini kichi guruhda necha marotaba 
    takrorlanadi? 
    A)6-8 
    B)4-5 
    C)7-6 
    D)9-8 
    3. Koptokni qayerga tashladingiz o`yini kichi guruhda necha minut o`ynaladi? 
    A)6-7 
    B)5-6 
    C)4-5 
    D)2-3 
    4.O`rta guruhda matematika mashg`uloti necha minut bo`ladi? 
    A)15 minut 
    B)20 minut 
    C)16 minut 


    271 
    D)15-20 
    5.O`rta guruhda narsalarni sanash uchun qancha mashg`ulot o`tiladi? 
    A)5-6 
    B)7-8 
    C)9-10 
    D)6-7 
    6.Ikkita likopcha bor 1-chisida sabzavotlar,2-chisida mevalar bor qaysi likopcha 
    ko`p? 
    A) sabzavotlar 
    B)mevalar 
    C)teng 
    D)A-B javob to`g`ri 
    7.Ushbu savolda vaqt tushunchalarini ko`rsating? 
    A)hafta kunlari 
    B)Ertalab, kechqurun 
    C)soat 
    D) Ertalab, kechqurun,kechqurun,kecha,bugun,ertaga 
    8.Maktabgacha tayyorlov guruhda haftasiga matematika mashg`uloti nechta 
    o`tiladi? 
    A)2 marotaba 
    B)1
    C)1-2 
    D)barch javob to`g`ri 
    9. Maktabgacha tayyorlov guruhda yil mobaynida matematika mashg`uloti nechta 
    o`tiladi? 
    A)70 ta 
    B)56 ta 
    C)72 ta 
    D)68 ta 
    10. Maktabgacha tayyorlov guruhda yil mobaynida matematika mashg`ulotni 
    birunchisi necha minut o`tiladi? 
    A)30-minut 
    B)25-minut 
    C)20-minut 
    D)35-minut 
    11. Maktabgacha tayyorlov guruhda yil mobaynida matematika mashg`ulotni 
    ikkinchisi necha minut o`tiladi? 
    A)30-minut 
    B)25-20minut 
    C)20-minut 
    D)35-minut 
    12.O`rta guruh bolalari nechi sonigacha sanashni bilishlari kerak? 
    A)10-gacha 
    B)5-6 gacha 
    C)8-gacha 


    272 
    D)5-8 
    13.O`rta guruhda yassi narsalarni qaysi jihati bilan cheklanadi? 
    A)katta,kichikligini taqqoslash orqali 
    B)uzunligi,kengligi taqqoslash orqali 
    C)baland,pastligi 
    D)A-C javob to`g`ri
    14.Sonlarni taqqoslash deb nimaga aytiladi? 
    A)Bu ularni qaysi biri katta,qaysi biri kichikligini aniqlash demakdir 
    B)uzunligi va pastligi demakdir 
    C)to`g`ri javob yo`q 
    D)A-B javob to`g`ri 
    5-ILOVA 
    Tayanch so`z va iboralar: 
    Geometrik shakl

    Predmet
    , vaqt, tarbiya, O`rta 
    guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
    Kubik 
    31-Mavzu:Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik shakl 
    haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. 
    Reja: 
    1.Maktabga tayyorlov guruxi bolalarning shakl haqidagi bilimlarini 
    mustahkamlash va sistemaga solish. 
    2.“Beshburchak”, “Ko`pburchak” bilan tanishtirish.
    3.Bolalarni sodda masalalar bosh qotirg`ichlar (cho`plardan har xil 
    geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirish.
    Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning shakl haqidagi bilimlari 
    mustahkamlanadi va bir tizimga solinadi. Bolalar maktabga borgunlariga qadar 
    quyidagi geometrikshakllarni farq qilish, nomlarini aytish, asosiy xossalari va 
    belgilarini bilishlari kerak: doira, oval, to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, uchburchak, 
    to`rtburchak, shar, kub va silindr. Bu shakllarni bolalar rangi, kattaligi, 
    proporsiyasi, u yoki bu shakllarning fazoviy holatlaridan qat`iy nazar bilishlari, 
    hayotiy buyumlardan o`zlariga tanish shakllarni topa olishlari kerak. Bu ishga, 
    odatda mashg`ulotlarning bir qismi ajratiladi. 
    Mashg`ulotlarda shu maqsadlarda o`yinlar o`tkaziladi, bu o`yinlarning 
    shartiga ko`ra, bolalar atrofdagi buyumlardan o`zlariga tanish geometrik shakllarni 
    topishadi. Masalan, tarbiyachi kvadrat shaklidagi buyumlarni aytishni taklif qiladi. 
    Buyumni to`g`ri topib, uning shakli haqida gapirib bergan har qaysi bola bittadan 
    rag`bat kartochkasini oladi. Ko`p buyum aytgan (ko`p rag`bat kartochkasi 
    to`plagan) bola yutib chiqadi. Tarbiyachi buyumni ko`rsatmasdan, uning tasviri 
    tushirilgan kartochkani ko`rsatishi mumkin.Bolalar olgan bilimlarni sistemaga 
    solish, ularga ba`zi buyumlar orasidagi munosabatlarni tushunib olishda yordam 
    berish muhim vazifalardan biridir. 


    273 
    Bolalarni to`g`ri to`rtburchak va kvadrat modellaridan foydalanib, 
    “to`rtburchak” tushunchasi bilan tanishtirilgan. Endi, ularga to`g`ri to`rtburchak 4 
    ta burchagi va 4 ta tomoni bo`lgan shakl ekanini tushuntirish qo-ladi. Bolalarga bir 
    nechta topshiriq berish mumkin, ya`ni ular to`rtburchak shaklidagi qanday 
    buyumlarni bilishlarini, rasmda tasvirlangan buyumlar shaklini aytishlarini so`rash 
    va shu kabi topshiriqlarni berish mumkin.Bolalarga bu shakllarni farq qilishnigina 
    emas, balki ularni tiklay olishni ham o`rgatish kerak. Masalan, tarbiyachi bolalarga 
    katakli qog`ozga tomonlari 4 tadan katakka teng kvadrat chizishni tavsiya qiladi. 
    So`ngra tomonlari oldingisidan 2 ta katak ortiq bo`lgan kvadrat chizishni, ustki va 
    pastki asoslari 4 tadan katakka, chap va o`ng tomonlari 2 tadan katakka teng to`g`ri 
    to`rtburchak chizishni taklif qiladi. Topshiriqni bajarishganidan keyin bolalardan 
    qanday shaklnitasvirlaganlarini so`rash kerak. 
    Таrbiyachi bolalarga bunday topshiriq bernshi mumkin: tomonlari teng (har 
    biri 4 katakdan) to`rtburchak chizing, uni ikkita shaklga ajrating (ajratishni 
    chapdan o`ngga yoki yuqoridan pastga qaratib bajarnsh mumkin) va qanday 
    shakllar hosil bo`lganini ayting. Keyingi mashg`ulotlarda bolalarga rasmi chizilgan 
    kvadratni “burchagidan burchagiga” bo`yicha bo`lish va hosil bo`lgan shakllarni 
    aytyshni taklif qilish maqsadga muvofiq.U holda ham, bu holda ham bolalar 
    shakllardan biri (to`rtburchak, uchburchak)ni rangli qalam bilan bo`yashlari 
    mumkin.Bu xil mashqlar bolalarni geometrik shakllarning shaklini almashtirishga 
    doir mashqlarni bajarishga (2—4 ta doira qismidan butun doira yasash (tuzish); 
    oldin 2 ta, keyin 4 ta uchburchakdan to`rtburchak tuzish va h.k.) zamin 
    tayyorlaydi. 
    Uchburchaklar va to`rtburchaklar haqidagi bilimlar asosida tarbiyachi yangi 
    tushuncha “ko`pburchak” tushunchasini kiritadi. Har xil turdagi uchburchaklar, 
    kattaligi va fazodagi o`rni bo`yicha har xil bo`lgan to`rtburchak modellarini 
    ko`rsatadi. Shakllarni qarab, ularning nimasi umumiy, degan savolga javob berpsh-
    ga harakat qilishnitaklif qiladi. Bolalarning diqqatlarini uchburchaklar va 
    to`rtburchaklarning tomonlari va burchaklari borligiga qaratish kerak. Shundan 
    keyin bu shakllarning har birida qanchadan burchak borligini, bu shakllarni bir 
    so`z bilan qanday atash (ko`pburchaklar) mumkinligini so`rash kerak.Bolalarni 
    mashq qildirish uchun quyidagidek topshiriqlardan foydalanish kerak: “Bir xil 
    o`lchamdagi 10 ta cho`pdan bir nechta ko`pburchak tuzing”. “Katakli daftarga har 
    xil o` 
    lchamliva rangli ko`pburchaklar chizing”.Shuningdek, maktabgacha 
    yoshdagi bolalarni buyumlarni shakli bo`yicha guruhlashga doir mashq qildirish 
    maqsadga muvofiq. Masalan, oldin bolalar buyumlarni 2 ta guruhga, ya`ni 
    yumaloq shakldagi shakllar va ko`pburchaklar guruhlariga bo`lishadi. Shundan 
    keyin ko`pburchaklar ichidan to`rtburchaklar va uchburchaklarni ajratishadi. 
    Nihoyat, to`rtburchaklar orasidan kvadratlarni topishadi.Quyidagidek mashqlar 
    o`tkazish foydali: “Top-chi, qatorda qaysi shakl ortiqcha?”, “Qaysi shakl 
    yetmaydi?”, “Xuddi shunday shakldagi shaklni top” va hokazo. 
    Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar boshqotirg`ichlar (cho`plardan har xil 
    geometrik shakllar tuzish) bilan tanishtirishimumkin. Masalan, 7 ta cho`pdan 2 ta 
    kvadrat tuz; 6 ta cho`pdan to`g`ri to`rtburchak tuz; 7 ta cho`pdan 3 ta uchburchak 


    274 
    tuz; 5 ta cho`pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish mumkinmi? Bu mashqlar 
    bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini rivojlantirish imkonini beradi.Butun 
    ish ma`lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli.O`quv yili boshida tarbiyachi 
    bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi. Katta guruhda 
    foydalanilgan usullarning o`zi bilimlardagi kamchiliklarmi to`ldirishga yordam 
    beradi. 
    Geometrik 
    shakllar 
    haqidagi 
    bilimlarni 
    mustahkamlash 
    va 
    aniqlash,shuningdek, bolalarni kataklar bo`yicha o`lchashga mashq qildirish uchun 
    katakli qog`ozda kvadratlar, to`g`ri to`rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish 
    bo`yicha mashqlar o`tkaziladi.Geometrik shakllar, shuningdek, sodda shakldagi 
    buyumlar (bayroqchalar, olxo`rilar, olmalar va hokazolar)ning rasmini chizishga 
    matematikadan 10-12 ta mashg`ulot ajratiladi.U yoki bu shakl rasmini chizgandan, 
    keyin, bolalar ularni ikki yoki to`rt qismga bo`ladilar, bunda ular shakllarning 
    qarama-qarshi tomonlari yoki burchaklarini to`g`ri chiziq bilan birlashtiradilar va 
    nima hosil bo`lganini gapirib beradilar.Bolalar tarbiyachining topshirig`iga ko`ra, 
    har xil yo`nalishda ma`lum miqdorda kataklarni sanab, nuqta qo`yishlari va bu 
    nuqtalarni o`zaro birlashtirib, u yoki bu shaklni hosil qilishlari mumkin. 
    Tayyorlov guruhida har xil alomatlariga ko`ra, ya`ni rangi, shakli, kattaligi 
    va miqdoriga ko`ra buyumlarni guruhlarga ajratishga doir mashqlarga keng o`rin 
    beriladi. Bolalarga shakllarning to`rtta-beshtadan har xil ko`rinishlari, uch-to`rt xil 
    rangda ikkitadan beshtagacha xil o`lchamlarda beriladi. Ular bu shakllarning rangi 
    va o`lchamiga e`tibor bermay, o`lcham alomati bo`yicha guruhlaydilar.Тarbiyachi 
    dastlab bolalarga shakllarning belgilarini aniqlashda yordam beradi, keyinchalik 
    esa, ularning o`zlari shakllarning qanday belgilari bo`yicha guruhlarga bo`lish, 
    nechta guruh hosil bo`lishi, u yoki bu guruhga nechta shakl kirishi kabi masalalarni 
    mustaqil hal qiladilar, ya`ni oldin ishlarni rejalashtirishadi, keyin esa bajarishadi. 
    Bolalar shakllarni guruhlashda bitta belgi bo`yicha mo`ljal olib, boshqa belgilarga 
    e`tibor bermaydilar.Guruhlashga doir mashqlar o`tkazganda bolalarning shakl 
    haqidagi bilimlarini sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin shakllarni 
    guruhga ajratish, so`ngra yumaloq shakllar orasidan doira va ovallarpi, 
    ko`pburchaklar orasidan to`rtburchaklar va uchburchaklarni ajratishkerak. Nihoyat, 
    to`rtburchaklar orasidan to`g`ri to`rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak. 
    Bolalarga mantiqiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, “Topingchi, 
    qatorda qaysi shakl ortiqcha?”, “Shakllarni tanlashda qanday xato qilishgan?” 
    (Qator qilib qo`yilgan 6 ta uchburchak orasiga bitta to`rtburchak qo`yilgan va h. 
    k.), “Qanday shakl yetishmaydi?” (uch-to`rt xil o`lchamdagi uchburchaklar, 
    ovallar, to`rtburchaklar qatorlarga joylashtirilgan, har qaysi qatorga buyumlar 
    kattaliklari kichiklashib boradigan tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta shakl 
    yetmaydi);. 
    Bir guruhdagi shakllarning ikkinchi guruhdagi shakllardan farq qilishalomatlarini 
    topishga doir masalalar. uchburchaklar, to`rtburchaklar va boshqa shakllar 
    haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, 
    uchburchaklar va to`rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish 
    mumkin. Shakllar ikki-uch xil o`lchamda va rangda berilgan. 


    275 
    Tayyorlov guruhi dasturida geometrik shakllar I ko`rinishini o`zgartirish, bir 
    xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan.Tarbiyachi bolalarga o`z 
    ixtiyorlaridagi figuralarni qarashni, ularni shakl bo`yicha taqsimlash, ular qanday 
    atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi. So`ngra esa, qandaydir 
    ikki-uchta shakl olib, ularni birlashtirish yo`li bilan qanday yangi shakl tuzish 
    mumkinligni o`ylab ko`rishni taklif qiladi. Bolalar shakllarni tuzganlaridan keyin, 
    qanday yangi shakllar hosil bo`lganini va ular qanday shakllardan tuzilganligini 
    gapirib berishni taklif qiladi.Bolalar qismlardan butun shakllar tuzib, ikkita 
    yarimta, 4 ta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to`rtdan biriga teng 
    qismdan va h. k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar. 
    Maktabgacha yoshidagibolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli 
    o`yin va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik bilimlarga qiziqishni 
    rivojlantiradi, bolalarning aqliy qobiliyatlarining o`sishiga yordam beradi.Bolalar 
    topqirlikka doir masalalar, “boshqotirgichlar”, yasashga doir masalalarni 
    yechadilar, masalan, bir shakl yoniga ikkinchi shaklni yasash yo`li bilan bolalar 7 
    ta cho`pdan ikkita kvadrat tuzadilar. U yoki bu rasm applikatsiyani ( masalan, 
    xo`rozni ) tuzishda nechta doira, uchburchak, to`g`ri to`rtburchakdan 
    foydalanilganini aniqlashadi. U yoki bu rasm yoki naqsh qanday shakllardan 
    tuzilganini topadilar (fahmlaydilar), ular nechta ekanini ko`radilar.“ Таngram” 
    (geometrik konstruktor) o`yinida murakkab shakllar, ya`ni “quyoncha”, 
    “Turnalar”, “xo`rozcha” va boshqa narsalarni bolalar yettita sodda shakllardan 
    yasaydilar.Tarbiyachi bolalarni masalaning yechilishyo`llarini ongliizlashga 
    o`rgatadi, ularga o`ylab ko`rish, fahmlash, so`zlab berish, so`ngra o`z yechimini 
    tekshirishnitaklif qiladi. Masalan, tarbiyachi bunday deydi: “Bu shakl-ga qarang, u 
    bizga nimani eslatadi? Ha, bu xuddi xo`rozchadek. Bu xo`rozni “Tangram” 
    o`yinining yettita shaklidan tuzish kerak. Qarang, u qanday qismlardan iborat, har 
    qaysi qism qanday shakllardan tuzilgan, ular qanday kattalikda va qanday 
    joylashgan. Siz “xo`rozcha” shaklni qanday tuzishingizni gapirib bering. Agar 
    dastlab tarbiyachi shakllarni bolalar bilan birgalikda qarasa, keyinchalik ularga 
    tahlil rsjasini bsradi, shundan keyin esa ularni mustaqil tahlil qilishga o`rgatadi. 
    Tarbiyachi bolalarning mustaqilliklarini rivojlantiradi, masalani o`zing 
    yechsang, o`shanda qiziqarli bo`ladi, deb ularni ishontiradi. Masalalarni yechishga 
    bolalarning kuchlari yetadigan bo`lishi kerak, bo`lmasa, bolalarda ishtiyoq 
    yo`qoladi. Shu sababli qiziqarli masalalar bolalar dasturda nazarda tutilgan shakl 
    haqidagi bilimlarnn o`zlashtirib olganlaridan keyin, shaklni to`g`ri aytibgina 
    qolmay, balki uni Qaytar tiklay oladigan, shaklini almashtira oladigan, hayotiy 
    buyumlardan o`zlariga tanish geometrik shakllarni topa oladigan bo`lganlaridagina 
    beriladi. 
    6-ILOVA 
    Mustahkamlash uchun savollar
    1.Maktabga 
    tayyorlov 
    guruxi 
    bolalarning 
    shakl 
    haqidagi 
    bilimlarini 
    mustahkamlash va sistemaga solish haqida gapiring? 


    276 
    2. Maktabga tayyorlov guruxi bolalarning “Ko`pburchak” bilan tanishtirish haqida 
    gapiring?
    3.Bolalarni sodda masalalar bosh qotirg`ichlar (cho`plardan har xil geometrik 
    figuralar tuzish) bilan tanishtirish haqida gapiring?
    4.Maktabgacha yoshidagi bolalar bilan ishlashda, geometrik mazmunli qiziqarli 
    o`yin va mashqlar katta foyda keltirishi haqida gapiring? 
    7-ILOVA 
    Uyga vazifa: 
    1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
    2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
    tayyorlanib kelish.
    3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
    Rasm. 


    277 
    Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
    Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
    32-Mavzu : Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni tevarak-atrofda 
    mo`ljal olishga o`rgatish 
    O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
    Vaqt – 80 daqiqa 
    O`quvchilar soni ___ tа 
    O`quv mashg`ulotining shakli va 
    turi 
    Nazariy,
    O`quv mashg`uloti rejasi 
    1.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish 
    metodlari. 
    2.Olti yoshli bolalar bilan «Buyumlardan» mo`ljal 
    olishga doir topshiriqlarning murakkablashuvi.
    3. Maktabga tayyorlov guruhi bolalariga yo`l 
    qoidalarini o`rgatish. 
    O`quv mashg`uloti maqsadi: Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni tevarak-
    atrofda mo`ljal olishga o`rgatish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini shakllantirish 
    O`qitish natijasi 
    Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
    Bolalarning matematik tasavvurlarini 
    shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
    shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
    ko`nikmalarga ega bo`ladi 
    Pedagogik vazifalar: 

    Tevarak atrofda mo`ljal 
    O`quv faoliyati natijalari

    Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish 


    278 
    olishga o`rgatish metodlarini
    tushuntirish; 
    - Olti yoshli bolalar bilan 
    «Buyumlardan» mo`ljal olishga 
    doir 
    topshiriqlarning 
    murakkablashuvini 
    ko`rsata 
    olish; 

    Maktabga 
    tayyorlov 
    guruhi 
    bolalariga 
    yo`l 
    qoidalarini o`rgatishni tasniflash; 
    metodlarini irishni izohlaydi; 

    Olti yoshli bolalar bilan «Buyumlardan» 
    mo`ljal 
    olishga 
    doir 
    topshiriqlarning 
    murakkablashuvini aytib beradi. 
    -
    Maktabga tayyorlov guruhi bolalariga yo`l 
    qoidalarini o`rgatishni tasniflaydi. 
    O`qitish metodlari 
    Aqliy xujum 
    O`qitish vositalari 
    Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
    O`quv faoliyatini tashkil etish 
    shakli 
    Guruhda ishlash
    O`qitish sharoiti 
    Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
    mashg`ulotni o`tish uchun xona
    Qaytar 
    aloqaning 
    usul 
    va 
    vositalari 
    Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
    mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
    O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
    Ish
    bosqichlari 
    va vaqti 
    Faoliyatlar mazmuni 
    O`qituvchi 
    O`quvchi 
    1-bosqich 
    O`quv 
    mashg`ulot
    iga kirish
    (5 daqiqa) 

    Download 9,12 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish