30-mavzuning nomi:
Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni
o’lchashga o’rgatish
Reja:
1.O`lchashning ma`nosi va ahamiyatini tushuntirish.
2. Bolalarni predmetlarni o`lchashga o`rgatish.
3. Bolalarda o’lchash malakalarini tarkib toptirish.
263
Berilgan tоpshiriqlarni bajarish
Bahosi (bаllаr
yig`indisi)
O`tilgan mavzu
bo`yicha
tushunchalarni bayon
qilish vа uy vazifani
bajarganligi
Yangi ijоdiy
g`оyalаr
Dars jarayonida
faolligi
3(ball)
1(ball)
1(ball)
5
4-ILOVA
Ko’rgazmali metodi
Ushbu metodda ko’rgazmalrdan foydalangan holda o`quvchilarni baholab
boraman .
5-ILOVA
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik
30-Mavzu:Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni o`lchashga o`rgatish.
Reja:
1.O`lchashning ma`nosi va ahamiyatini tushuntirish.
2. Bolalarni predmetlarni o`lchashga o`rgatish.
3. Bolalarda o`lchash malakalarini tarkib toptirish.
«O`lchamlar bu ob`ektning shunday holatiki, ma`lum chegaralargacha
o`zgara borib, aqalli berilgan alohida ob`ektni o`zgartirsa ham, ammo uning tur,
boshlang`ich sifatini o`zgartirmaydi. Berilgan stol uzunliginig o`zgarishi, uning
kattaliginigina o`zgartiradi ammo uning mazmuni va sifatini o`zgartirmaydi, stol
stolligicha qolaveradi.
264
Katta kichiklik haqidagi bilimlar narsalarni bevosita idrok qilish
protsessida aniqlanadi. Narsalarning katta kichikligini idrok qilish murakkab
protsess bo`lib, u ko`rish, sezish va harakat analizatorlarining faoliyati asosida
amalga oshiriladi. Katta kichiklikni idrok qilish u haqidagi so`zni ham o`z ichiga
oladi. Ya`ni narsalarning katta kichikligi ikki tomonlama: narsalarining idrok
qilayotgan haqiqiy katta kichikligi va so`z bilan aytiladigan katta- kichiklikni
aytish orqali baholanadi. Katta kichikligi turlicha bo`lgan narsalarni bolalar ilk
yoshligidanoq ajratib olishi mumkin. Bu yoshidagi bolalar «katta» va «kichik»
degan tushunchalarni o`zlashtirib oladilar, lekin katta kichiklikning boshqa
belgilarini hali ajrata olmaydilar. «Katta» yoki «kichik» degan umumiy nom ostida
narsalarning eni, uzunligi, balandligi, qalinligiga tegishli bo`lgan barcha narsa
tushiniladi.
Masalan, bir sharoitda bola bir necha karobka ichidan bittasini eng uzun deb
olsa, boshqa sharoitda ham, karobka bu gal boshqalariga qaraganda baland
bo`lsada, uni «uzun» deb atayveradi. Xuddi shu narsa ancha kattaroq bolalarda
ham kuzatiladi. 5-6 yoshli bolalar katta - kichiklik haqidagi tushuncha (tasavur)
ancha keng. U faqat ko`rinib turgan narsalarni emas, balki ko`rinmaydigan
narsalarni ham taqqoslay oladilar: «bizning uyimiz bog`chamizdan katta, u
qavatli”. Biroq bu yoshdagi bolalarda ham o`ziga xos xususiyat bor. Masalan
bolalar buyi baland odam degan gapni tez tushunadilar va nutqlarida ishlatadilar,
lekin «Bo`yi baland ko`g`irchoq» yoki «bo`yi past ayiq» degan tushunchalarni
ishlatmaydilar, bu yerda ular faqat «katta» va «kichik” so`zini ishlatadilar.
Bolalar «chuqur», «yuza»tushunchalarini qiyinchilik bilan o`zlashtiradilar.
Shunday qilib, narsalar turli o`lchamlarini ajratishda bolalar qiynaladilar. Bolalar
sonlarni taqqoslash mobaynida katta-kichik haqidagi tushunchalarni oson
o`zlashtiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar aniq narsalarni taqqoslab,
ularning o`lchamlarini ajratishlari mumkin, lekin bu har bir narsaning o`lchamini
alohida holda ajrata olmaydilar. M: bolalar narsaning yuqori tekisligini ko`pincha
undan balandligi deb biladilar, uzunligi o`rniga esa odatda narsa balandligini yoki
uning enini ko`rsatadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar hatto aniq doimiy
fazoviy holatni egallab turadigan narsalarda, masalan, yozuv stolnning o`lchami
(uzunligi, eni, balandligi) ni aniq ajrata olmaydilar. Bola ko`pincha bu uchta
o`lcham o`rniga narsaning uchta tomonini ko`rsatadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning narsalarning katta- kichikligi haqidagi tushunchani o`zlashtirib
olishlari imkoniyatlari va o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida
ochib berish bolalar bog`chasidagi har bir yosh gruppasi uchun dasturda berilgan
bo`lim bo`yicha kerak bo`lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon
beradi.
Bolalarni uzinlikni o`lchashga o`rgatish vaqtida o`lchovni soniga qarab,
lentachalarning uzunligini o`lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif
qilinadi. Bolalar rasmdagi predmetlarning o`lchamlarini olishga qaraganda, tayyor
predmetlarning o`lchamlarini olish vaqtida uncha qiynalmaydilar. Shuning uchun
bolalarga to`g`ri o`lcham olishni o`rgatish vaqtida tayyor predmetlardan
foydalanish kerak. Shuningdek ma`lum sondagi o`lchovlar ko`p bo`lmasligi ya`ni
5 — 6 ta bo`lishi kerak.
265
Kundalik hayotda olib borgan maxsus mashg`ulotlar davomida bolalarni
uzunlik o`lchashni, turli usullarini o`rganib oladilar. Enini o`lchashga o`rgatish
vaqtida bolalarga o`lchovni predmetning kundalangiga qarab qo`yganligini
tushintirishning o`zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o`lchash vaqtida olgan
ko`nikmalarini balandlikni o`lchash vaqtida qo`llaydilar, shuning uchun bu
o`lchovni olishda qiynalmaydilar va birinchi mashg`ulotdayoq o`lchovni to`g`ri ola
boshlaydilar. Tajriba va kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, 6-7 yoshli bolalar uzinlikni
o`lchashni to`la egallash qobiliyatiga egadirlar.
Og`irlik o`lchamini bolalar qanday tushunadilar? Kuzatish va bolalarning
javobi shuni ko`rsatadiki, 6-7 yoshli bolalar og`irlikni tarozi orqali o`lchash
kerakligini biladilar. Xaltacha (qop)larda qancha shakar bor degan savolga bolalar
«Uni tarozida tortish kerak» deb javob beradilar. Bu savolga maishiy uy tajribasini
ifodalovchi javoblar ham beradilar. M: «Stakan bilan o`lchash kerak». Bolalar shu
narsalarning og`irligi uning toshi ekanligini bilmaydi. Toshlar katta va kichik, og`ir
va yengil bo`ladi. Agar bolalarning uzunlik va og`irlik haqidagi bilimlari
taqqoslansa, ularning og`irlik haqidagi bilimlari ko`p ekaniga ishonch hosil
qilamiz.
Bolalarning suyuqliklarning sig`imi haqidagi bilimlari juda past ekanligi
aniqlangan. Bolalarning ko`pchiligi ko`zadagi sutni qanday o`lchashni bilmaydi.
Ularni «santimetr» bilan, lineyka bilan, gradusnik bilan deb javob beradilar.
Bolalarning javoblari ularning suyuqliklarni, sochiluvchi jismlarni o`lchash
haqidagi bilimlari yo`qligini ko`rsatadi. Bolalar suyuqliklarni o`lchash qoidalarini,
suyuqlikning o`lchami nimaligini bilmaydi. Bolalarning hikoyalarida ularning
onalari bilan bir litr sut olganliklarini aytadilar, lekin ular litr suyuqliklarning
o`lchov birligi ekanligini bilmadilar. Turli narsalarni o`lchay olishga o`rgatish
bolaning aqliy taraqqiyotiga katta ta`sir qiladi. Shuning uchun bog`chaning katta
tayyorlov gruppalarida olib borgan ta`lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni
o`lchash, og`irlikni o`lchash, suyuqliklarning sig`imini o`lchash va ularning
o`lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak.
6-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollar
1.Predmetlar o`lchamini idrok qilish va taqqoslash haqida gapiring?
2.Bolalarni shartli o`lchov birliklari bilan tanishtirish haqida gapiring?
3.Bolalarda shartli o`lchov yordamida turli o`lchamlarni o`lchash haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish haqida gapiring?
7-ILOVA
Uyga vazifa:
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish.
Rasm.
266
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish
31-Mavzu : Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik shakl
haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va
turi
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Maktabga tayyorlov guruxi bolalarning shakl
haqidagi bilimlarini mustahkamlash va sistemaga
solish.
2.“Beshburchak”, “Ko`pburchak” bilan tanishtirish.
3.Bolalarni sodda masalalar bosh qotirg`ichlar
(cho`plardan har xil geometrik figuralar tuzish)
bilan tanishtirish.
267
O`quv mashg`uloti maqsadi: Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik
shakl haqidagi tasavvurlarni shakllantirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini
shakllantirish
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi
Pedagogik vazifalar:
-
Maktabga
tayyorlov
guruxi
bolalarning
shakl
haqidagi
bilimlarini
mustahkamlash va sistemaga
solishni tushuntirish;
- Beshburchak”, “Ko`pburchak”
bilan
tanishtirishni
ko`rsata
olish;
-
Bolalarni sodda masalalar
bosh qotirg`ichlar (cho`plardan
har xil geometrik figuralar
tuzish)
bilan
tanishtirishni
tasniflash;
O`quv faoliyati natijalari
-
Maktabga tayyorlov guruxi bolalarning shakl
haqidagi bilimlarini mustahkamlash va sistemaga
solishni izohlaydi;
-
Beshburchak”,
“Ko`pburchak”
bilan
tanishtirishni aytib beradi.
-
Bolalarni sodda masalalar bosh qotirg`ichlar
(cho`plardan har xil geometrik figuralar tuzish)
bilan tanishtirishni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
Amaliy metodi
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa)
|