28-mavzuning nomi: Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining
son-sanoq haqidagi matematik
tasavvurlarni shakllantirish
Reja:
1.MTT tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni 20 gacha sanash,ajratib
sanash ko`nikmalarini takomillashtirish.
2.7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda raqamlar bilan
tanishtirish.
3.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarning sonning 2ta kichik sondan
iborat tarkibi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
.
247
“Aqliy hujum” savollari:
O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat
qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman.
Topshiriq:B/BX/B usulidan foydalanib mavzuni yoriting.
Bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
(Izoh: O`quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va
taqdimot qilib berishadi. )
4-ILOVA
Aqliy xujum savollari
5-ilova
5-ILOVA
Tayanch so`z va iboralar:
Geometrik shakl
,
Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish,
Kubik
1.MTT tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni sonlarning hosil bo’lishi haqida
tasavvurlarini shakllantirish haqida gapiring?
2. 7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda raqamlar bilan tanishtirish haqida
gapiring?
3.Kichik guruh (3-4) yoshidagi bolalarning tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish haqida gapiring?
4.Maktabgacha kichik guruh yoshida bolalarni yo`nalishlarning asosiy guruhlarini
farqlashga (oldiga-orqaga, yuqoriga-pastga, o’ngga chapga) o’rgatish haqida
gapiring?
5.Bolalarning tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash
bo`yicha o`yin va mashg`ulotlarni tashkil etish haqida gapiring?
6.Predmetlarning hajmi va shakli to’g’risida gapirib bering?
7. Kichik guruhlarda qaysi shakllar o’rgatiladi?
8.Matematika mashg’ulotlari qaysi guruhdan o’rgatiladi?
248
28-Mavzu:Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining son sanoq haqidagi matematik
tasavvurlarni shakllantirish.
Reja:
1.MTT tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni 20 gacha sanash,ajratib sanash
ko`nikmalarini takomillashtirish.
2.7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda raqamlar bilan tanishtirish.
3.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarning sonning 2ta kichik sondan iborat
tarkibi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Yil boshida hamma bolalarni, birinchi navbatda narsalar, turli narsalar sonini
taqqoslash va qaysi narsalar ko`p (kam) yoki tcngligini aniqlash, sanash, bir-biriga
solishtirish, ko`z bilan chamalash narsalarning o`lchamini taqqoslay ola bilishlarini
tekshirish maqsadga muvofiqdir. Tekshirish bolalarning sanoq faoliyatini
qanchalik egallab olganliklarini va qanday masalalarga alohida c`tibor berish
kerakligini ko`rsatadi. Xuddi shunday tekshirishni 2-3 oy o`tgach yana o`tkazish
mumkin, bunda bolalarning bilim egallashlarida qanday siljish bo`lganligi
aniqlanadi.
MTT tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni sonlarning hosil bo`lishi haqida
tasavvurlarini shakllantirish.Birinchi mashg`ulotda bolalarga ikkinchi beshlikning
qanday hosil bo`lishini cslatib o`tish maqsadga muvofiqdir. Bir mashg`ulotda
ketma-ket ( ikki sondan bitta son hosil bo`lishi ko`rib chiqiladi, hamda ular bir-biri
bilan taqqoslanadi (6 soni 5 va 1 dan iborat; 5 soni 1 kam 6; 7 soni 6 va 1 dan
iborat; 6 soni 1 kam 7 va hokazo). Bu bolalarga oldingi songa bir sonini qo`shish
bilan keyingi sonni hosil qilish, shuningdek, hosil bo`lgan keyingi sondan bir
sonini ayirish bilan oldingi sonni hosil qilishning (6 -1 = 5) umumiy tamoyillarini
egallab olishlarida yordam beradi. Ikkinchi holatni, ya`ni bir sonini ayirish bilan
oldingi sonni (kichik sonni) hosil qilishda, binobarin, teskari bog`lanishni
aniqlashda bolalar anchagina qiyinchilikka duch keladilar. Ular turli narsalarni
guruhlarga (qismi to`plamlarga) ajratadilar va bir-biri bilan taqqoslaydilar
(«Baland archalar ko`pmi yoki pastlari ko`pmi?»), narsalar guruhini ularning
qismlari bilan solishtiradilar. («Qaysi biri ko`p: qizil kvadratlarmi yoki qizil bilan
ko`k kvadratlarni birga qo`shilganimi?») Bolalar har safar narsalarning soni
qanday qilih hosil qilinganini, qaysi songa necha sonini qo`shganlarini yoki
ayirganlarini aytib berishlari kerak. Olinadigan javoblar ongli bo`lishi uchun
beriladigan savollarni o`zgartirish va bolalarni ayni bir munosabatni («teng»,
«qancha bo`lsa shuncha», «6 tadan» va hokazo) har xil qilib ifoda etishga undash
kerak.
10 ichidagi narsalarni sanash, hisoblashni bolalarga butun o`quv yili
davomida mashq qildirish va sonlarni sanalayotgan obyektlar bilan solishtirishlari,
oxirgi aytilgan son to`plamdagi narsalarning umumiy sonini bildirishni anglab
olishlari kerak. Sonning narsalar o`lchamlari va ularning joylashish shakliga
bog`liq emasligi « teng»,«kо`р», «kаtta» tushunchalar ongli sanash malakalarining
hosil bo`lishlari ko`p sondagi xilma-xil mashq va ko`rsatma qo`llanmalaridan
foydalanishlarini nazarda tutadi. To`plamdagi o`lchamlari har xil uzun, qisqa,
kcng, tor, baland. past va katta-kichik xilma- xil tartibda joylashtirilgan va turlicha
249
egallangan narsalarni son jihatdan taqqoslashga alohida e`tibor bcriladi.Bolalar
geometrik figuralar yoki sanoq tayoqchalarini har xil tartibda doira yoki juft-juft
qilib joylashtiradilar. Bolalarda joylashish xaraktcriga ko`ra narsalarni qanday qilib
osonroq va tezroq sanash yo`lini qidirishga intilish uyg`otiladi. Bolalar har safar
qanday narsadan nechta va ular qay holatda joylashtirilganligi haqida gapirib,
narsalarning sonini ularning joylashtirish o`rni, o`lchamlari va boshqa sifat
belgilariga bog`liq bo`lganligi haqida ishonch hosil qiladilar
7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda raqamlar bilan tanishtirishda
miqdoriy nisbatlarni o`rganish, ko`p va kam sonlarni aniqlashda turli sanashni
mashq qilish bilan birga qo`shib boriladi: tovushlarni, harakatlarni sanash,
narsalarni paypaslab sanash. Bolalar necha xil tovush eshitgan bo`lsalar, shuncha
o`yinchoq sanab ajratadilar, necha marta qo`l ko`targan bo`lsalar, shuncha doira
rasmini oladilar yoki ko`rgazmada nechta doiracha bo`lsa, shuncha marta o`tirib
turadilar. Ular ko`rgazmalarga qaraganda tugmalarni paypaslab sanaydilar va
shuncha marta yoki 1 ta ko`p (kam) chapak chaladilar.Masalan: «Agar Nilufar bir
marta ortiq (kam) chapak chalgan bo`lsa, uning qutisida nechta tugma bor?
o`yinchoq mashinalar nechtaligini sanang.
To`plamdagi sonlar tengligi va tengsizligini aniqlash mashqlariga turli
dalillar kiritish har bir mashg`ulotda tegishli o`rin egallaydi.Sonlarni eslab qolishni
mashq qilish. Tarbiyachi stol ustiga bir nechta narsalar guruhini joylashtirishi aniq,
navbat bilan bolalarni chiqarib u yoki bu guruhdagi narsalarni sanashni, ularning
sonini esda saqlab qolishni taklif etadi. So`ng narsalar ustini yopib ochadi va bir
necha marta buni shunday bajaradi, har bir bolarning u yoki bu narsalarni nechta
ekanligi (soni)ni esda saqlab qolgan qolmaganligini tekshiradi. Stol atrofiga
bolalarni chaqirmay. barcha bolalarga narsalarning nechtaligini ichlarida sanashni
taklif etish mumkin.
Guruhdagi o`yinchoqlar soni 2 tadan 6-7 tagacha orttirib boriladi. Stol ustida
qizil, ko`k, yashil rangdagi qalamlar nechtaligini yoki uzun va kalta tasmalar
nechtadan hamda o`rtacha tasmalar nechta, teng guruhdagi qalamlar nechtadan va
ular qay tartibda qo`yilgan (5 tasi doira bo`lib, 6 tasi juft-juft bo`lib, 7 tasi ketma-
ket turibdi va hokazo). Bu mashqlarga, odatda, mashg`ulot boshlanishida 5-7
minut vaqt ajratiladi.
«Nima yo`qoldi», «Nima o`zgardi?» o`yin mashqlari bolalarni o`yin
mashg`ulotlariga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Masalan, o`qituvchi stol ustiga
ikki guruh narsalarni joylashtiradi.(Bolalar narsalarni sanab, ularning tengligi
haqida ishonch hosil qiladilar). «Tun» belgisi berilishi bilan bolalar ko`zlarini
yumadilar, «Kunduz» signaliga binoan ko`zlarini ochadilar va nima o`zgarganini
topadilar, narsalar nechta edi, qo`yilgan yoki olingan, nechta bo`ldi yoki nechta
qoldi, narsalar soni ko`paydimi yoki kamaydimi, tushuntirib beradilar. Bolalar
to`g`ri javob qidirayotib, g`oyib bo`lgan narsalar to`plamining xotirada qolganini
ularning tasviri bilan taqqoslaydilar.
6-ILOVA
Mustahkamlash uchun savollar
1.MTT
tayyorlov
guruhi
yoshidagi
bolalarni
sanash,ajratib
sanash
ko`nikmalarini takomillashtirish haqida gapiring?
250
2.7 yoshga qadam qo`ygan bolalarni o`qitishda raqamlar bilan tanishtirish
haqida gapiring?
3.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarning sonning 2ta kichik sondan iborat
tarkibi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish haqida gapiring?
7-ILOVA
Uyga vazifa:
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish.
O`yin.
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi.
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish.
29-Mavzu : Arifmetik masalalar tuzish va yechish
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa
O`quvchilar soni ___ tа
O`quv mashg`ulotining shakli va Nazariy,
251
turi
O`quv mashg`uloti rejasi
1.Bolalarni arifmetik masalalar bilan tanishtirishda
ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
2. Bolalarni og`zaki masalalarni yechishga
tayyorlash usullari.
3.Hisoblash usullarini o`rgatishni bittalab qo`shib
sanash va bittadan ajratib sanashdan boshlash
O`quv mashg`uloti maqsadi: Arifmetik masalalar tuzish va yechish
mavzusi yuzasidan
to`liq tasavvurlarini shakllantirish
O`qitish natijasi
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida
Bolalarning matematik tasavvurlarini
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va
ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Pedagogik vazifalar:
-
Bolalarni
arifmetik
masalalar bilan tanishtirishda
ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olishni tushuntirish;
- Bolalarni og`zaki masalalarni
yechishga tayyorlash usullarini
ko`rsata olish;
-
Hisoblash
usullarini
o`rgatishni
bittalab
qo`shib
sanash
va
bittadan
ajratib
sanashdan boshlashni tasniflash;
O`quv faoliyati natijalari
-
Bolalarni
arifmetik
masalalar
bilan
tanishtirishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga
olishni izohlaydi;
-
Bolalarni og`zaki masalalarni yechishga
tayyorlash usullarini aytib beradi.
-
Hisoblash usullarini o`rgatishni bittalab
qo`shib sanash va bittadan ajratib sanashdan
boshlashni tasniflaydi.
O`qitish metodlari
“Test ” savollari
O`qitish vositalari
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish
shakli
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar
aloqaning
usul
va
vositalari
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish
bosqichlari
va vaqti
Faoliyatlar mazmuni
O`qituvchi
O`quvchi
1-bosqich
O`quv
|