• “Aqliy hujum” savollari: O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman.
  • Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/105
    Sana05.09.2024
    Hajmi9,12 Mb.
    #270299
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
    Bog'liq
    Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

     
     
     
     
    32-mavzuning nomi: 
    Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni
    tevarak-atrofda mo`ljal olishga o`rgatish
     
    Reja: 
    1.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish metodlari. 
    2.Olti yoshli bolalar bilan «Buyumlardan» mo`ljal olishga doir topshiriqlarning 
    murakkablashuvi.
    3. Maktabga tayyorlov guruhi bolalariga yo`l qoidalarini o’rgatish. 


    281 
    “Aqliy hujum” savollari: 
    O’tgan mavzular yuzasidan o’quvchilarga savollar bilan murojaat 
    qilaman va faol o’quvchilarni baholab boraman. 
    4-ILOVA 
    Aqliy xujum savollari 
    5-ilova 
    5-ILOVA
    Tayanch so`z va iboralar: 
    Geometrik shakl

    Predmet
    , vaqt, tarbiya, O`rta 
    guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
    Kubik 
    32-Mavzu:Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni tevarakatrofda mo`ljal 
    olishga o`rgatish. 
    Reja: 
    1.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish metodlari. 
    2. Olti yoshli bolalar bilan «Buyumlardan» mo`ljal olishga doir topshiriqlarning 
    murakkablashuvi.
    3. Maktabga tayyorlov guruhi bolalariga yo`l qoidalarini o`rgatish. 
    1.Maktabga tayyorlov guruhida bolalar bilan ishlash metodikasi 
    haqida gapiring? 
    1. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning tevarak-atrofda mo`ljal 
    olish haqidagi tasavvurlarni shakllantirish haqida gapiring? 
    2. Maktabga tayyorlov yoshida bolalarni yo`nalishlarning asosiy 
    guruhlarini farqlashga (oldiga-orqaga, yuqoriga-pastga, o’ngga chapga) 
    o’rgatish haqida gapiring? 
    3.Bolalarning tevarak-atrofda mo`ljal olish haqidagi tasavvurlarni 
    mustahkamlash bo`yicha o`yin va mashg`ulotlarni tashkil etish haqida 
    gapiring? 
    4.Predmetlarning hajmi va shakli to’g’risida gapirib bering? 
    5. Kichik guruhlarda qaysi shakllar o’rgatiladi? 
    6.Matematika mashg’ulotlari qaysi guruhdan o’rgatiladi?
     


    282 
    Tayyorlov guruhida bolalarni tevarak-atrofda mo`ljalga olishga o`rgatishda 
    ularni qog`oz varag`i sathida predmetlarning qanday joylashganligini (chaproq,
    o`ngroq, o`rtasida, yuqoriroq, pastroq aniqlashga) o`rgatish, daftar sathini
    aniqlash va shakllarni shtrixlar orqali chizishni mashq qilish, bolalarga 
    predmetlarni pol, qattiq qog`oz, daftar varag`i ustiga joylashni mashq 
    qildirish,tevarak-atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlarni 
    tashkil etish orqali o`rgatiladi. 
    Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo`nalishida ularniig
    o`zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o`zi orasidagi fazoviy 
    munosabatlarda, shuningdek, qog`oz varag`ida (tekislikda) mo`ljal olish 
    malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi 
    «chapdan-o`ngdan», «ustida-ostida» kabi qarama-qarshi yo`nalishlarni ajratishga 
    asoslanishi kerak. Bolada qog`oz varag`ida mo`ljal olish malakalarini 
    shakllantirish uchun bunday topshiriq beriladi: varaqning yuqori chekkasiga 4
    ta yulduzcha va pastki chekkasiga shuncha yulduzcha qo`yish. Shundan keyin
    tarbiyachi bolalarga nima qaerda turganini gapirib berishni taklif qilishi 
    mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan (figuralar 
    miqdorini orttirish, ular o`rinlarini almashtirish usullaridan) foydalanish maqsadga
    muvofiq. Shuningdek,«Kim eslab qoladi?», «Nima o`zgardi?», «Nimalari bilan 
    farq qiladi?», «Juft kartochkalar» kabi o`yinlarni o`tkazish tavsiya qilinadi. 
    Olti yoshli bolalar «o`ziga» nisbatan to`la ishonch bilan mo`ljal 
    oladilar.Ammo hali ularning ko`pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o`ng 
    va chap tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o`zi tomoniga yuzi 
    bilan aylangan o`rtog`ining o`ng qo`li uning chap qo`li qarshisida bo`lish holi 
    ajablantiradi.Nega bunday bo`ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va
    malakalarning puxta stereotipi (andozasi) yig`ilib qoladi: o`ngda (o`ngroqda, 
    o`ngga), o`ng qo`l turgan tomonda bo`ladi. Bu fazo «o`zidan» mo`ljal olishda 
    mutlaqo to`g`ri. Ammo endi vaziyat o`zgardi. «Bolaga boshqa odamdan yoki
    boshqa buyumlardan mo`ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi 
    sub`ektning o`zidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy 
    vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo`ladi. 
    Haqiqatda esa, masalan, bola o`zi bilan juft bo`lib, turgan bola o`zidan o`ng 
    tomonda turganini yaxshi biladi. Ammo teskari fazoviy munosabatlarni («Agar 
    Malik mendan chap tomonda turgan bo`lsa, u holda men undan o`ng
    tomonda turgan bo`laman») tushunish tayyorlov guruh bolalari uchun ham
    unchalik oson emas. Bu yerda «boshqa odamga nisbatan» mo`ljal olish vaziyati 
    mavjud. Buni to`g`ri tahlil qilish uchun bola eng oldin o`rtog`ining o`ng va chap 
    qo`li (tomoni)ni aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar bu malakani egallab 
    olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko`nikma bo`lishi kerak. 
    Olti yoshli bolalar o`ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan 
    aniqlashni 
    xuddi o`ziga nisbatan «o`ng va chap tomonini aniqlagandek aniqlashini yaxshi 
    tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o`ng qo`l turgan tomonda; o`ng tomon 
    chap 


    283 
    qo`l turgan tomonda). Aniqlashning samarali usuli hayolan o`rtog`ining orqasiga 
    turishdan iboratdir. Shunday qilib, «yuzi bilan orqasiga» boshlang`ich holatidan, 
    ya`ni bola o`rtog`ishshg orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o`ng va 
    chap tomonni aniqlash kerak; shundan keyin «yuzma-yuz» holatida, ya`ni boshqa 
    bola qarshisiga turib, «o`ng-chap»ni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday 
    boshlang`ich holatda, xatto o`rtog`i orqasi bilan turganda ham, «o`ng-chap» 
    tomonlar aniqlanadi. 
    Biz bolalarga bog`chadan boshlab barkamol, madaniyatli va odobli yo`l 
    harakati qatnashchilarini tayyorlashimiz kerak.Bolalarning maktabgacha yoshi 
    ko`nikma va odatlarni shakllantirish uchun eng qulay hisoblanadi. Ularda yo`lning 
    yo`l qismi oldida to`xtash, uni o`ngga va chapga qarab ko`zdan kechirish, yo`lni 
    faqat belgilangan joyda kesib o`tish va hokazo odatlarni shakllantirishimiz kerak. 
    O`z xavfsizligi to`g`risida g`amxo`rlik qilish odati kunlik, mashaqqatli mehnat 
    natijasida, bolalarning yo`l harakati qoidalari bo`yicha olgan nazariy bilimlari 
    ko`p, tizimli amaliy takrorlash bilan mustahkamlanganda paydo bo`lishi mumkin. 
    Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijobiy odatlarning 
    mavjudligi ular uchun hayotiy hodisadir, aks holda bu yo`lda xavfsiz xatti-
    harakatlar ko`nikmalari deb ataladi. Ijobiy odatni rivojlantirish uchun bolani yo`lga 
    olib borish shart emas. Buni yo`l harakati qoidalari bo`yicha mashg`ulotlar 
    o`tkazishda, minimal yo`l belgilari va atributlariga ega bo`lgan guruhda qilish 
    mumkin. 
    Shuningdek, ota-onalar bolalarga yo`llarda o`zini tutishni o`rgatish uchun 
    namuna ko`rsatishni unutmasliklari uchun ular bilan ishlash juda muhimdir. 
    Bolalar bog`chasida yo`l-transport shikastlanishining oldini olish bo`yicha ishlarni 
    tashkil etish, unga o`quvchilarning ota-onalarini jalb qilmaslik mumkin emas. 
    Bizning maktabgacha ta`lim muassasamizda ushbu mavzuga alohida ota-onalar 
    yig`ilishi bag`ishlangan bo`lib, unda ota-onalar o`z farzandlarining hayoti, sog`lig`i 
    va xavfsizligi uchun to`liq javobgar bo`lgan pedagogik jarayonning teng huquqli 
    ishtirokchilari sifatida harakat qilishadi. 
    6-ILOVA 
    Mustahkamlash uchun savollar
    1.Tevarak atrofda mo`ljal olishga o`rgatish haqida gapiring?. 
    2. Olti yoshli bolalarni «Buyumlardan» mo`ljal olishga o`rgatish bu? 
    3. Maktabga tayyorlov guruhi bolalariga yo`l qoidalarini o`rgatish haqida gapiring? 
    7-ILOVA 
    Uyga vazifa: 
    1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
    2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
    tayyorlanib kelish.
    3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
    Rasm. 


    284 


    285 
    Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
    Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
    33-Mavzu : Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni
    vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish
    O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
    Vaqt – 80 daqiqa 
    O`quvchilar soni ___ tа 
    O`quv mashg`ulotining shakli va 
    turi 
    Nazariy,
    O`quv mashg`uloti rejasi 
    1.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida katta 
    guruhda berilgan bilimlarni mustahkamlash. 
    2. Bolalarning yil fasllari haqidagi tasavvurlarini 
    shakllantirish.
    3.Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarini “Oylar” 
    bilan tanishtirish. 
    O`quv mashg`uloti maqsadi: Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni
    vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish
    mavzusi yuzasidan to`liq 
    tasavvurlarini shakllantirish 
    O`qitish natijasi 
    Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
    Bolalarning matematik tasavvurlarini 
    shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
    shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 


    286 
    ko`nikmalarga ega bo`ladi 
    Pedagogik vazifalar: 

    Maktabga 
    tayyorlov 
    guruhi bolalarida katta guruhda 
    berilgan 
    bilimlarni 
    mustahkamlashni tushuntirish

    Bolalarning 
    yil 
    fasllari 
    haqidagi 
    tasavvurlarini 
    shakllantirishni ko`rsata olish; 

    Maktabga 
    tayyorlov 
    guruhlari bolalarini “Oylar” 
    bilan tanishtirishni tasniflash; 
    O`quv faoliyati natijalari

    Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida katta 
    guruhda 
    berilgan 
    bilimlarni 
    mustahkamlashni
    izohlaydi; 

    Bolalarning 
    yil 
    fasllari 
    haqidagi 
    tasavvurlarini shakllantirishni aytib beradi. 
    -
    Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarini 
    “Oylar” bilan tanishtirishni tasniflaydi. 
    O`qitish metodlari 
    Bumerang metodi
    O`qitish vositalari 
    Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
    O`quv faoliyatini tashkil etish 
    shakli 
    Guruhda ishlash
    O`qitish sharoiti 
    Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
    mashg`ulotni o`tish uchun xona
    Qaytar 
    aloqaning 
    usul 
    va 
    vositalari 
    Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
    mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
    O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
    Ish
    bosqichlari 
    va vaqti 
    Faoliyatlar mazmuni 
    O`qituvchi 
    O`quvchi 
    1-bosqich 
    O`quv 
    mashg`ulot
    iga kirish
    (5 daqiqa) 

    Download 9,12 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




    Download 9,12 Mb.
    Pdf ko'rish