Toshkent – 02 O‘qitish materiallar




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/105
Sana05.09.2024
Hajmi9,12 Mb.
#270299
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan Ismoilova Nargiza Turs nnngSVL

Bumerang metodi
 
 
 
 
 
 
33-mavzuning nomi: 
Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni 
vaqtni chamalash haqidagi tushunchalarini rivojlantirish
 
Reja: 
1.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida katta guruhda berilgan bilimlarni 
mustahkamlash. 
2. Bolalarning yil fasllari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. 
3.Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarini “Oylar” bilan tanishtirish.


289 
Ushbu metodda kichik guruhlar shakllantiriladi. Har bir guruhga alohida 
tarqatma materiallar tarqatiladi. Ular materiallarni mustaqil o’rganishadi. 
5-ILOVA 
Tayanch so`z va iboralar: 
Geometrik shakl

Predmet
, vaqt, tarbiya, O`rta 
guruh, chamalash, arifmetika, tevarak atrof, Son,kattalik, Natural, mo`ljal olish, 
Kubik 
33-Mavzu:Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni vaqtni chamalash 
haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. 
Reja: 
1.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida katta guruhda berilgan bilimlarni 
mustahkamlash. 
2. Bolalarning yil fasillari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
3.Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarini “Oylar” bilan tanishtirish. 
Bu yosh bosqichida bolalarda hafta kunlarining ketma-ketligi; yil 
fasllarining ketma-ketligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash ishi davom 
ettiriladi. Bolalarni oylarning nomlari bilan, hafta kunlarining ketma-ketligi har 
doim o`zgarmas ekan-ligi bilan tanishtirish kerak. Bu tartib: dushanba, seshanba, 
chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba. Yetti sutka hafta hosil qiladi. 
Katta guruhda boshlangan ish tayyorlov guruhida ushbu izchillikda davom 
ettiriladi.Bolalar hafta kunlarini to`g`ri va teskari tartibda aytishni o`rganadilar. 
Aytilgan kungacha va undan keyin haftada necha kun borligini, ikki aytilgan kun 
orasida qanday kun borligini aniqlaydilar. Aytilgan kunlar orasida tushib 
qolganlarini aniqlaydilar. Bolalar hafta har doim, sanashni qaysi kundan 
boshlaganimizdan qat`i nazar, o`z ichiga yetti kunni olishini bilishlari kerak.Bu 
masalalarni hal qilish uchun «Hafta» kalendari, «Hafta kunlari» kabi 
qo`llanmalardan foydalaniladi.Masalan, katta guruhda «Hafta kunlarn ketma-
ketligi» temasini o`rganishda tarbiyachi ``Hafta, tizil`` kabi didaktik o`yindan 
foydalanadi. Bolalarga kartochkalar hafta kunlari tarqatiladi, ular shu kartochka 
bilan guruhda yurishadi. Tarbiyachining «Hafta, tizil» signali berishi bilan bolalar 
o`z kartochkalaridagi raqamlarga mos ravishda qatorga turadilar. Qolgan bolalar 
haftalar to`g`ri tizilganini tekshirishadi, hamma kunlarni tartibi bilan aytishadi, 
shundan keyin o`ynovchilar almashinadi. 
Tayyorlov guruhida shu mashqning o`zini o`tkazishda bolalar har qanday 
kundan boshlab saflanadilar. Saflanish uchun signal sifatida hafta kunining nomi: 
seshanba, payshanba va h.k. xizmat qiladi yoki «Qaysi hafta oldin saflanadi?» 
o`yini o`tkaziladi. Guruhdagi bolalar soniga qarab, uchta yoki to`rtta hafta 
o`ynaydi, «Haftalar» oldin ikkita, so`ngra esa uchta yoki to`rtta kolonna (saf) 
bo`lib turishadi. Har qaysi bolaning bir qo`lida kartochka hafta kunining simvoli, 
ikkinchi qo`lida o`z «haftasi» ning raqami bo`ladi. Birinchi kolonna («hafta») 
bolalariga, masalan, bitta uchburchakli, ikkinchi kolonna bolalariga ikkita 
uchburchakli, uchinchi kolonna bolalariga uchta uchburchakli kartochkalar 


290 
tarqatiladi. Tarbiyachining «Haftalar, saflan» signali bo`yicha har kim o`z o`rniga 
turadi. O`yin musobaqa tarzida o`tkaziladi, tez va xatosiz saflangan kolonna yutib 
chiqadi. O`yinning borishida bolalar kartochkalarini almashtiradilar. 
Katta va tayyorlov guruhlari mashg`ulotlarida tarbiyachi bolalarga hafta 
kunlari haqidagi masalalarni yechishni taklif qiladi. Katta guruhlarda beriladigan 
topshiriqlar juda sodda bo`lib, ularda haftaning qo`shni kunlarini bilish talab 
qilinadi. (Ertaga biz qo`girchoq teatriga boramiz, bu qaysi kun bo`ladi? Kecha 
bizda musiqa mashg`uloti bo`ldi. Aytilgan kecha haftaning qaysi kuni edi? Bugun 
dushanba. Ertaga qaysi kun? Bizda haftaning ikkinchi kuni musiqa, rasm 
mashg`uloti esa, haftaning uchinchi kuni bo`ladi. Rasm mashg`uloti qaysi kuni 
bo`ladi? Sherzod baliq oviga bordi. U keyingi kuni juma kuni qaytib keldi. 
Sherzod qaysi kuni baliq oviga borgan?). 
Tayyorlov guruhida masalalar qiyinlashtiriladi. Masalan: Kamol . 
buvisinikiga dushanba kuni ketdi, ikki kundan keyin esa qaytib keldi. Kamol uyiga 
qaysi kuni qaytib keldi? Dushanba kuni Gulnora kasal bo`lib qoldi. U bog`chaga 
keyingi dushanba kuni keldi. Gulnora necha kun kasal bo`ldi? (Bir hafta, 7 kun). 
Hilola seshanba kuni, Ilhom esa undan bir kun keyin teatrga bordi. Ilhom qaysi 
kuni teatrga borgan? 
Katta va tayyorlov guruhlarda bolalarning yil fasllari haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish ishi ham bajariladi.Yil fasllari haqidagi bilimlarni shakllantirishda 
mashg`ulotlarda rasmlar hamda hikoyalar, she`rlar, topishmoqlar, maqollar kabi 
og`zaki materiallardan keng foydalaniladi. Adabiyotdan yil fasllarini tasvirlovchi 
belgilarni ko`plab topish mumkin. Tarbiyachining o`zi yil fasllari haqida 
topishmoqlar, she`rlar, maqollar to`plamlarini tuzishi va zarur bo`lganda ulardan 
foydalanishi maqsadga muvofiq bo`lur edi.Yil fasllari haqidagi bilimlarni 
shakllantirishga oid dastlabki mashg`ulotlarda tekshirish mavsumlari qish-yoz, 
bahor-kuz tasvirlangan rasmlardan foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga rasmlarni 
ko`rsatadi va u yoki bu kartochkada yilning qaysi fasli tasvirlanganini va nima 
uchun bunday o`ylashlarini so`raydi. Bolalar yil fasllarini va ularning xarakterli 
belgilarini aytadilar. Ular yana u yoki bu yil fasllari haqida bilganlarini gapirib 
berishlari mumkin. Tarbiyachi bolalarga yo`naltiruvchi savollar bilan yordam 
beradi (savollar o`yinlar, kishilarning tabiatdagi mehnatlari, har xil tabiat hodisalari 
haqida bo`lishi mumkin). 
Bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun illyustrativ material adabiy 
material bilan qo`shib foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bolalarga yilning to`rt 
fasli tasvirlangan har xil kartochkalarni tarqatadi va qisqa she`r topshiriqni 
o`qiydi. Bolalar javob kartochkani ko`taradilar va topishmoq yilning qaysi fasli 
haqida ekanini va nima uchun ular xuddi shu kartochkani ko`targanliklarini gapirib 
beradilar.Bolalar hamma topishmoqni to`g`ri topganlaridan keyin, tarbiyachi 
yozdan keyin, qishdan keyin, kuzdan keyin, bahordan keyin yilning qaysi fasli 
kelishini so`raydi. Kartochkalarni yil fasllarining bir-biridan keyin kelish tartibida 
yoyishni taklif qiladi. 
Bolalar yil fasllarining ketma-ketligini yaxshi eslab qolishlari uchun yil va 
uning fasllari simvollaridan (rasmlarni qarab chiqqanlaridan keyin) foydalanish 
mumkin. Bu to`rtta teng qismga bo`lingan va har qaysi qism boshqa rangga 


291 
bo`yalgan (yaxshisi oq, qizil, sariq va yashil bo`lgani ma`qul) doira.Tarbiyachi 
bolalardan so`raydi: «Siz yil fasllaridan qaysinisini bilasiz? Yil fasllari hammasi 
bo`lib nechta?» Shundan keyin doirani ko`rsatadi va deydi: «Mana bu yil bo`lsin. 
U to`rt qismga bo`lingan».Bolalar doira qismlarini qarashadi. Tarbiyachi bolalarga 
doiradagi har bir qismning rangini mos yil fasli va uning xarakterli belgilari bilan 
taqqoslashni taklif qiladi.Doiraning oq qismi qishni bildiradi. Qishda hammayoq 
oppoq qor bilan qoplanadi. Qizil qismi yozni bildiradi. Yozda qizil quyosh yorqin 
nur sochadi. Doirannng yashil qismi baxorni bildiradi. Bahorda yam-yashil o`tlar 
chiqadi, daraxtlar yashil yaproqlarini yozadi. Kuz sariq rang bilan belgilangan. 
Kuzda daraxtlarning yaproqlari sarg`ayadi.Tarbiyachi yil fasllarini strelka bilan 
ko`rsatadi, bolalar esa, ularni istalganidan boshlab ketmaket aytadilar.Masalan, 
tarbiyachi strelka bilan doiraning u yoki bu qismini ko`rsatadi, bolalar esa o`z 
tarqatma materiallaridan yilning berilgan fasliga mos keladiganini topishadi yoki 
yilning bu fasli haqida she`r o`qishadi, topishmoq, maqol aytishadi. 
Tayyorlov guruhida ham bolalar qish, baxor, yoz va kuz oylarini aytishni 
o`rganadilar.Bolalar joriy oy bilan tanishtiriladi, uning xarakterli belgilarini tabiat 
hodisalari, bayramlar (agar shu oyda bayram bo`lsa), odamlarning tabiatdagi 
mehnatini ta`kidlaydilar, shu oy haqidagi maqolni eslaydilar.Birinchi mavsum kuz 
tugashi bilan tarbiyachi «Yil fasllari» qo`llanmasini ko`rsatadi va tushuntiradn: 
«Doiraning har qaysi qismi, ya`ni oq, yashil, qizil va sariq qismining har biri yana 
uchtadan qismga bo`lgan. Bular oylar, yilning har bir faslida uchtadan oy bor. 
Hozir noyabr oyi. Bu kuz oyi. Siz yana qaysi kuz oylarini bilasiz? «Ularning 
hammasi tar-tibi bilan keladi: sentyabr, oktyabr, noyabr».Yilning har bir fasli 
o`tishi bilan tarbiyachi shu faslga mos oylar bilan tanishtiradi. Bolalar yo`l-
yo`lakay oldingi faslning` oylarini eslashadi. 
Maktabga tayyorlov guruhida bolalar mashg`ulotga ajratilgan vaqtda 
qilinadigan ishlarni bajarib ulgurishga o`rgatiladi. Buning uchun xilma-xil usul-
lardan foydalaniladi.Masalan, tarbiyachi bolalar necha minut shug`ullanishlarini, 
bu vaqt ichida nima qilishlari kerakligini aytadi. Mashg`ulot qismlarining vaqtini 
belgi-laydi: 5, 10 daqiqa o`tdi, «7 daqiqa qoldi», «2 daqiqa ichida siz doirachalarni 
tartibi bilan joylashtirishga ulgurishingiz kerak», «5 daqiqa ichida», «Toping-chi, 
topishmoq yilning qaysi fasli haqida» o`yinini o`ynaymiz va h.k.Agar 
mashg`ulotlarda qum soatlardan foydalanilsa, bolalar vaqtning o`tuvchanligini, 
uning oraliqlari davomiyligini ko`radilar. Shunday qilib, vaqt bo`yicha mo`ljal 
olish malakasi kundalik tarbiyaviy ravishdagina emas, balki mashg`ulotlarda ham 
shakllanadi. 
Tarbiyachi 
reja 
materialining 
hamma 
bolalar 
tomonidan 
o`zlashtirilishiga erishadi. Ta`lim vaqt oraliqlarini, ular ketma-ketliklarini topishga 
doir har xil o`yin va mashqlar shaklida o`tkaziladi. Bunda illyustrativ material 
ham, ta`limning metod va usullari ham tobora qiyinlashtiriladi. 
Ta`limning vazifasi eng avval bolalar maktab yoshigacha vaqt o`lchovining 
alohida birliklarini bilib olishdan iborat bo`lsin. Bu bilim har xil uzunlikdagi vaqt 
oraliqlarini hissiy aks ettirishga asoslansin, ya`ni imkoniyatga qarab puxta sensor 
zaminga asoslanishi kerak. Hissiyot va mantiq, maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarda «vaqt sezgisi» deyiladigan idrok vaqtni yuksak «mantiqiy tushuncha» 
sifatida aks ettirish va chamalash (mo`ljal olish) darajasini rivojlanishining zarur 


292 
shartidir.Ta`limning vazifasi vaqt o`lchovining (soat, hafta, oy, yil va h.k.) har bir 
alohida birligi ichidagi komponentlari orasida mavjud bo`lgan sistemali xarakteri, 
shuningdek barcha mavjud birliklar orasidagi sistemali va o`zaro bog`liqlikni 
tushunish uchun bolaga yordam berishdan iborat. Bu bog`lanishni ko`rsatish, uning 
uchun xarakterli bo`lgan miqdoriy munosabatlarni ochish demak, bolalarni 
etalonlar 
yagona 
sistemasining 
alohida 
birliklarini 
tushunishga 
yaqinlashtirishdir.Bolalarda takomillashayotgan vaqt munosabatlarining akslanishi 
bolaning turli tuman amaliy va aqliy faoliyatiga, uning obyektiv faoliyatiga o`rab 
olingan tomonlari orasidagi munosabatlar doirasida maksimal ifodasini olishi 
muhimdir. Shu bilan bolalar bog`chasida bolalarda vaqt bo`yicha mo`ljal olish 
malakasini rivojlantirish ishi tor mutaxasislikka xizmat qilishi emas, balki bolalar 
shaxsini butunlicha kamolotga yetkazishga xizmat qilinishi kerak. 
6-ILOVA 
Mustahkamlash uchun savollar
1.Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida katta guruhda berilgan bilimlarni 
mustahkamlash haqida ma`lum berish?
2. Bolalarning yil fasillari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish haqida gapiring?
3.Maktabga tayyorlov guruhlari bolalarini “Oylar” bilan tanishtirish haqida 
gapiring? 
4 Barcha vaqt o`lchovlari (daqiqa, soat, sutka, vh); etalonlari ma`lum sistemasini 
tashkil etishi haqida gapiring? 
7-ILOVA 
Uyga vazifa: 
1. O`tilgan mavzu bo`yicha konspektni to`ldirish.
2. O`tilgan mavzudagi ma`lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga
tayyorlanib kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 
O`yin. 


293 
Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi. 
Fan (nomi) Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish 
34-Mavzu : Maktabgacha tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni soat va uning 
turlari bilan tanishtirish. 
O`quv mashg`ulotining o`qitish texnalogiyasining modeli
Vaqt – 80 daqiqa 
O`quvchilar soni ___ tа 
O`quv mashg`ulotining shakli va 
turi 
Nazariy,
O`quv mashg`uloti rejasi 
1.Qadimda 
odamlarning 
vaqtni 
qanday 
o`lchaganliklari haqida.
2.Vaqt o`lchovlari haqida. 
3. Bolalarni soat, uning tuzilishi va turlari bilan 
tanishtirish. 
O`quv mashg`uloti maqsadi: Maktabgacha tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni soat 
va uning turlari bilan tanishtirish mavzusi yuzasidan to`liq tasavvurlarini shakllantirish 


294 
O`qitish natijasi 
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida 
Bolalarning matematik tasavvurlarini 
shakllantirishga doir dastlabki tushunchalar 
shakllanadi. Mavzu bo`yicha bilim va 
ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Pedagogik vazifalar: 

Qadimda 
odamlarning 
vaqtni qanday o`lchaganliklarini
tushuntirish; 
- Vaqt o`lchovlarini ko`rsata 
olish; 

Bolalarni 
soat, 
uning 
tuzilishi 
va 
turlari 
bilan 
tanishtirishni tasniflash; 
O`quv faoliyati natijalari

Qadimda 
odamlarning 
vaqtni 
qanday 
o`lchaganliklarini izohlaydi; 

Vaqt o`lchovlarini aytib beradi. 
-
olalarni soat, uning tuzilishi va turlari bilan 
tanishtirishni tasniflaydi. 
O`qitish metodlari 
Og’zaki metodi 
O`qitish vositalari 
Matnlar, yozuv taxtasi,kompyuter, proyektor
O`quv faoliyatini tashkil etish 
shakli 
Guruhda ishlash
O`qitish sharoiti 
Maxsus texnikalar bilan jixozlangan ma`ruza 
mashg`ulotni o`tish uchun xona
Qaytar 
aloqaning 
usul 
va 
vositalari 
Tezkor –so`rov, savol-javob, test, misol va 
mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash 
O`QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ish
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyatlar mazmuni 
O`qituvchi 
O`quvchi 
1-bosqich 
O`quv 
mashg`ulot
iga kirish
(5 daqiqa) 

Download 9,12 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish