1 6 8
eksperimentlapri daftarlari.
Birlamchi hujjatlar ichida eng muhimlaridan biri
fenologik kuzatuv, xisob ishlari va laboratoriya eksperimentlari olib borish
daftarlari xisoblanadi. Bu hujjatlarda ilmii ishda zarur bo„lgan ma‟lumotlar yozib
boriladi. Kuzatuv, xisob va eksperiment daftarlari foydalaiishdan oldin har bir
varag„i raqamlanib chiqiladi, so„ngra tikilib, oxirgi betiga tamg„a bosiladi va ilmiy
kotib tomoiidan tasdiqlanadi. Tadqiqot davomida tamg„alangan daftarlaming
bironta ham varog„i yirtib olinishi mumkin emas.
Fenologik kuzatuv, xisobga olish va eksperimental analizlardan olingan
malumotlar daftarga kat‟iy qora oddiy kalamda yozib boriladi. Daftarga
ma‟lumotlar ruchkada, kimyovmiy yoki rangli qalamlarda yozilishiga ruxsat
etilmaydi.