Lizimetrik tajribalar oiib borisk sharonti




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/163
Sana02.06.2024
Hajmi3,18 Mb.
#259446
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
64363c7a88a43

Lizimetrik tajribalar oiib borisk sharonti 
Tajriba tizimi 
tadqiqotda qo‟yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda tuziladi. Tajribalar bir , ikki 
va uch omilli bo‟lishi mumkin.Biroq har qanday holda ham yagona farq prinsipi 
buzilmasligi kerak. Lizimetrik tajriba natijalarida nisbatan xolis baxo berish uchun 
tadqiqotlarda uiumdorligi va genezisi buyicha dala tajribalari olib oorilayotgan 
tuproqdar bilan bir xil yoki unga yakin tartibda olib boriladi. 
Lizimetrlarda nisbatan katta ma‟lumot olish uchun qiyosiy qarama - qarshi 
sharoitlar vujudga keltirish zarur. Bunday natijaga erishish yo‟llaridan biri-
lizimetrik tajribalarda ko‟plab variantlar ichida bir biri bilan eng ko‟p farq 
qiladigan variantlami ajratish (o‟g‟it me‟yori, sug‟orish va boshqalar). Mineral va 
organik o‟g‟itlar bilan bog‟liq lizimetrik tajribalarda o‟g‟itlar juda past 
me‟yorlarda variantlar qo‟yilishi yaramaydi, undan past fonda nafaqat ekin 
ekilganda , balki ekin ekilmagan maydonlarda ham azot infiltratsiyasi deyarli 
kechmaydi. 
Lizimetrik maydonlarda variantlami sistematik yoki rendamizatsion tarzda 
joylashtirish maqsadga muvofik. Lizimetrik tadqiqotlarda


1 6 2
takrorlanishlar soni kamida uch yoki to‟rttani tashkil etishi lozim. Lilimetrlarda 
tuproqqa ishlov berish qo‟lda amalga oshiriladi. Bir yillik ekinlar o‟rganilganda 
har yili mavsum oxirida tuproqqa asosiy ishlov beriladi. O‟simliklarda 2-3 
donadan xaqiqiy barg shakllanganda yaganalash amalga oshiriladi, bunda eng 
sog‟lom bo‟lgan, tipik o‟simliklar koldiriladi. Keyinchalik barcha agrotexnik 
tadbirlar dala tajribasiga maksimal tarzda yakinlashtirilgan holda olib boriladi. 
Kuzatish va uchyotlar
.Lizimetrik tajribalarda kuzatish va uchyotlar 
tajribaning mazmuni, maqsadi va oldiga qo‟ygan vazifalardan kelib chiqqan 
holda rejaga asosan olib boriladi. Eng avvalo tajriba qo‟yilishidan oldin tuproq 
na‟munalari olinib uning agrokimyoviy xossalari o‟rganiladi. Bundan tashqari 
tuproq to‟g‟risida to‟liqroq tasavvurga ega bo‟lish maqsadida gumusning fraksion 
tarkibi, umumiy azot, fosfor va kaliy miqdori , shuningdek tuproq tarkibidagi 
mikro elementlar aniqlanadi.Bu ko‟rsatkichlar I.V.Tyurin, Granvalt Lyaju, 
A.N.Kirsanov, B.P.Machigin uslublari bo‟yicha aniqlanadi. 
O‟simlikning o‟sish va rivojlanish holatini o‟rganish uchun unib chiqqandan 
hosil yig‟ib terib olinguncha lizimetrlarda fenologik kuzatuvlar olib boriladi. 
Shuningdek ko‟chat qalinligi , yoritilganligi , barg sathi , fotosintez jarayoni, 
biologik maxsuldorligi aniqlanadi. 
Fenologik kuzatuvlar xar oyning dastlabki kunlari , tezpishar ekinlarda esa 
ishchi dasturdan kelib chiqqan holda bir oyda ikki martadan o„tkaziladi. 
Uchyotlar rivojlaiish fazalari buyicha va tajribaning maqsadidan kelib chiqqan 
holda olib boriladi. 
Organik massaning uchyotini aniqlash uchun hosil bilan chiqib ketayotgan 
massa, barcha tuproqqa tukilgan barg, shona va gullar, tuproqda qoladigan 
ildizmeva va ildiz qoldiqlari hisobga olinadi, ya‟ni terib tortiladi. 
Organik massa va uning kimyoviy tahlili uchyoti uglerod, azot, hamda kul 
elementlari aylanishi va balansini o‟rganish uchun zarur. Biologik massani 
o‟rganish bo‟yicha hisob pshlari L.N. Rodinning (1988) "Fitotsenozda biologik 
aylanish dinamikasini o‟rganish uslubiy ko‟rsatmalar" ("Metodicheskimi 
ukazaniyami к izucheniyu dinamiki i biologicheskogo krugovorota v 
fitotsenozax") bo‟yicha olib boriladi. 
Atmosfera yoginlari bevosita tajriba maydonida yoki unga yakin bo‟lgan 
joyda (200 metrdan uzoq bo‟lmagan ) aniqlanadi. Atmosfera yog‟inlari uchyotini 
olib borishda "Atmosfera yoginlarini yigish va saqlash bo‟yicha uslubiy 
ko‟rsatmalar” dan foydalaniladi (M, 1987). 
Lizimetrik suvlari mikdorini hisobga olish vegetatsiya davridagi uchyotlar 
bilan chegaralanib qolish yaramaydi, chunki kalsiy, magniy, oltingugurt singari 
mikroelementlaming yuvilishi erta baxor va kech kuzda ham kuzatiladi. 


1 6 3
Suvlaming infiltratsiyasi uchyotini yogin yoqqandan keyin darxol, baxor va 
kuzda esa har kuni o„tkazilishi yaxshi. 
Lizimetrik tajribalarda infiltratsiya suvlarining kislotaliligi, tiniqligi, 
ishkoriyligi, nitratlar, amiyakli va umumiy azot, fosfor mikdori o‟rganiladi. 
Ayrim xollarda ishning mazmunidan kelib chiqqan holda suv tarkibidagi 
mikroelementlar ham o‟rganilishi mumkin. 
Azotni gazsimon holatda yukolishi N
5
izotopi yordamida aniqlanadi. 
Lizimertli tajribalarda izotoplar bilan silash o‟g‟itlar balansini aniqlash va anik 
ma‟lumotlar olishda katta nazariy ahamiyatga zga. 
Tuproqning faol katlamining makbul suv- xavo rejimini aniqlash uchun 
umumiy suvga bulgai ta‟labni aniqlash lozim. Butun vegetatsiya davomida bu 
ko‟rsatkich o‟zgarib boradi, shuning uchun u mavsumiy yoki rivojlanish fazalari 
davomida aniklab boriladi. Suvga bulgan ta‟lab suv talabi va hosildorlik 
koeffitsientlari buyicha aniqlanadi. Jami suv bug‟lanishi (E, mm) ko‟rsatkichini 
aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 
E=C)s+D-0±V bu yerda Os-atmosfera yomgiri,mm; D-lizimetrga qo‟yilgan 
suv mikdori, mm; O- lizimetrdan olingan suv, mm; V-empirik usulda 
aniqlanadigan suv qaytarish, mm. 
Smzot suvlari ko‟tarilganda bu ko‟rsatkich salbiy ko‟rsatkich, pastlaganda 
esa musbat ko‟rsatkichga ega buladi. 
Suv zaxiralari hisobga olingan holda umumiy buglanish (E) quyidagi 
formulada hisoblanadi: 
E=0s+D-0± >Ud Bu yerda W
fl
=W
n
-W
K
-hisoblash davri davomida 
lizimetrdagi suv zaxiralariii uzgarib borishi,mm; Wva Whisoblash davrining 
boshlanishi va oxirida lizimetrdagi suv zaxirasi, mm . 
Nazorat savollari 
1
.Lizimetrik tajribalar deb qanday tajribalarga aytiladi? 
2.
Lizimetrik 
tajribalaming ahamiyati va kamchiliklari ? 
3.
Lizimetrik 
tajriba turlari; 
4.
Lizimetrik 
tajriba olib borish tartibi; 
5.Suvga bulgan ta‟labni ani klash; 
6.
Hosildorlikni aniqlash;
Ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda labaratoriya eksperimentlari alohida , 
muhim ahamiyatga ega. Labaratoriya sharoitida olib boriladigan ilmiy tadqiqot 
ishlari - labaratoriya eksperimentlari deb ataladi. Labaratoriya eksperimentlari 
odatda maxsus jixozlangan labaratoriya xonalarida , xona haroratida olib 
boriladi. 
Labaratoriya eksperimentlari ilmiy tajqiqot ishlarida eng aniq, ishonarli 


1 6 4
tajriba natijalari olishda katta ahamiyatga ega. Akademik N.I.Vavilovning 
ta‟kidlashicha “Fan xech kimga ishonmaydi, u aniq dalillarga tayanadi.” Aniq 
dalillami eksperiment natijalariga tayanib keltirishimiz mumkin. Shu tufayli 
ilmiy tadqiqotlarda har bir ish maxsus qabul qilingan metodika asosida olib 
borilishi qat‟iy nazorat qilinishi lozim. 
Odatda labaratoriya eksperimentlarida dala sharoitida ko„z bilan ko„rib 
aniqlash mumkin boMmagan tadqiqotlar olib boriladi. Masalan o„sim!ik va 
tuproqning kimyoviy tarkibi , ichki tuzilishi, urug„ va tola sifat ko„rsatkichlari 
bunga misol bo„la oladi. Qishloq xo„jalik ekinlar hosildorligini oshirish , tuproq 
unumdorligini saqlash va oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashda labaratoriya 
eksperimentlariga asoslanib ish yuritish g„oyat muhim. Eksperimentlami to„g„ri 
va sifatli amalga oshirish har bir agrotexnik tadbimi ilmiy asosda o„tkazish, 
ekologik muvozanatni saqlash , mineral o„g„itlar samaradorligini oshirish, 
hosildorligini dasturlash imkonini beradi. 

Download 3,18 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lizimetrik tajribalar oiib borisk sharonti

Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish