Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




Download 73.77 Kb.
bet3/9
Sana06.04.2023
Hajmi73.77 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimer materiallar
Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
Xossalari:Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat koʻrsatkichi yuqori, ya'ni xususiy massasi kam, mustahkamligi yuqori material. Ular alyuminiydan 2 marta, po'latdan 5-6 marta yengil. Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 g/sm', o'rtacha zichligi esa 20 dan 2200 kg/m'. Ular mustahkamligi keng oralig'ida oʻzgaradi. Kukun va tolasimon to'ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120-160 MPa, yog'och shponli 200-220 MPa, SVAM niki (shisha tolali anizotrop material) 420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 0,1-10 MPa.Tolali va qatlamli to'ldirgichli plastmassalarning uzilishdagimustahkamligi yuqori bo'ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, yog'ochshponli plastmassalarniki 350 MPa.O'ta yengil plastmassalarning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,03 W/m°C.Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo'ladi. Yuqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi plastmassalar yedirilishga va zarbga bardoshlidir.Organik shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof boʻlib, ultra-binafsha nurlarni 1 foizdan kam, oddiy oyna esa bu kabi nurlarning 70 foizni oʻtkazadi Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va boshqa texnologik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni oʻzaro va boshqa materiallar (metall, yog'och, mato va shu kabilar) bilan yelimlab qurilish buyumlari tayyorlanadi. Payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya muhitidan himoyalovchi gidroizolyatsiya qatlamlari hosil qiladi. Ba'zi plastmassalarning yoriqlarsiz o'ta yupqa pardalar hosil qilish imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli, pardozlash bo'yoqlari va loklar tayyorlashga zamin yaratadi.Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o'ziga xos kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi 70°Sdan 200°S gacha bo'ladi. Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsiyentining yuqoriligi plastmassalarning asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda, 25-120°S' atrofida boʻlib, poʻlatning ushbu ko'rsatkichidan 2,5-10 marta ko'pdir.

Download 73.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 73.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

Download 73.77 Kb.