• Polimerbetonlar
  • Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




    Download 73.77 Kb.
    bet4/9
    Sana06.04.2023
    Hajmi73.77 Kb.
    #49270
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Polimer materiallar
    Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
    Tuzulishi:Polimer moddalar tarkibi, sintez usuli va ichki tuzilishiga ko’ra tasniflanadi. Polimerlar makromolekulasining asosiy zanjiri tarkibiga nisbatan uchta guruhga bo'linadi: karbon zanjirli polimerlar, ya'ni molekular zanjiri faqat ugleroddan iborat (polietilen, polipropilen):III -C-C-C-C-I I IGetero zanjirli polimerlar, ya'ni molekular zanjir tarkibiga uglerod atomidan tashqari kislorod, oltingugurt, azot, fosfor (epoksid, poliefirlar, poliuretan va shu kabilar) atomlari kiradi.III C-O-O-C-IIIElementorganik polimerlar, ya'ni asosiy molekular zanjiri kremniy, alyuminiy, titan va boshqa ba'zi bir elementlardan iborat boʻladi. Kremniyorganik polimerlar shunday tarkibga ega:RRRIII-Si-O-Si-O-Si- IIIHHH
    Polimerbetonlar-kompozitsion material bo'lib, polimer bog'lovchi,kukun, mayda va yirik to'ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil boʻladi. Termoreaktiv polimerlar-fenolformaldegidlar, epoksidlar, poliefirlar, furanlar, karbamid-fonnaldegidlar termoplastlardan metil metakrilatlar,stirol polimeri polimerbetonlar uchun bog'lovchi sifatida ishlatiladi. To'ldirgichlar polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton kislotali muhitda ishlatilsa unga chidamli to'ldirgichlar - kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiqtoshi va shu kabilar ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda qotadi-gan atseton-formaldegid va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, dolomit va shu kabi to'ldirgichlar kiritiladi. Polimerbetonlar optimal strukturasining hosil boʻlishida kukun to'ldirgichlaming tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to'ldirgich sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antrasit, marshalit, shlak, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi. Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi. Furan polimerlari va ulaming epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan aralashmalari yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda bog'lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar benzolsulfo-kislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi. Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik,kimyoviy muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega. Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab boʻlib, koʻplab o'tkazilgan tajribalar asosida keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog'lovchi sarfi 100-240 kg/m³boʻlib, polimer-kukun to'ldirgich nisbati 1:2-1:4 bo'ladi. Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 40-90°S haroratda 6-24 soat ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid- formaldegid singari kuchsiz kislotalar va nordon tuzlar ta'sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlami xona haroratida qotiriladi. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130 MPa, cho'zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 15-42 MPa. Ularning sovuqqa chidamliligi F200-F500 va yuqori, issiqqa bardoshliligi 100-200°S.Polimerbetonlarning mortligini kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo'riqishini kamaytirish maqsadida kvars kukuni va galogen (sulfat) tuzlar asosidagi binar to'ldirgichlar kiritish mumkin. Uning cho'zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil boʻlishigi bardoshli bo'lishi uchun tarkibiga asbest, shisha, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar qo'shiladi.

    Download 73.77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 73.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

    Download 73.77 Kb.