Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




Download 73.77 Kb.
bet8/9
Sana06.04.2023
Hajmi73.77 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimer materiallar
Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
Polimer germetiklar - yig'ma konstruksion elementlar choklarini zichlashtirish uchun ishlatiladi. Bunday yig'ma konstruksiyalarga panellar, bloklar, qism va shu kabilar kiradi. Germetiklar elastik bo'lishi haroratdan, kirishishdan hosil bo'ladigan deformatsiyalarni so'ndiradi. Germetiklar bino va inshootlarning issiqlik, tovush va gidroizolyatsiyasini ta'minlaydi. Ular atmosfera muhiti, turli agressiv moddalar va havo aralashmalariga chidamli bo'lishi, o'zidan inson organizmiga salbiy ta'sir etuvchimoddalarni ajratmasligi kerak. Konstruksiya choklarini berkitish va zichlashtirish maqsadida qotuvchan hamda qotmaydigan germetiklovchi mastikalar hamda elastik zichlashtiruvchi qistirmalar ishlatiladi.Germetiklovchi mastikalar plastik holatda maxsus asbob vositasida choklarga surkaladi. Bunda mastika chokdan tashqari, yuzaga ham qisman chiqib, vertikal va gorizontal choklarni qoplashi maqsadga muvofiq. Mastikalar betonga yaxshi yopishishi va 60°S haroratgacha oqib tushmasligi kerak. Polisulfidli kauchuk-tiokollar va bitum-rezinali bog'lovchilar asosidagi mastikalar keng miqyosda ishlatiladi. Tiokolli mastika - tiokol pastasi, vulkanlashtiruvchi qoʻshimcha, vulkanlashishni tezlashtiruvchi modda va suyultiruvchini, germetiklash ishlari boshlanishidan oldin sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi. Mastika vulkanizatsiya jarayoni tufayli bevosita choklarning o'zida qotadi va rezinasimon, elastik germetik (qora rangda) hosil bo'ladi. IZOL mastikasi rezina kukuni, bitum, kumaron polimeri, tolali dispers to'ldirgich (masalan, asbest) va antiseptik (antrasen moyi) aralashtirilib tayyorlanadi. Izol mastikasi 80-100°S haroratgacha qizdirilgan holda va organik erituvchilar (ligroin, benzin va shu kabi) qo'shilib, sovuq holda ishlatiladi.Qotmaydigan mastikalar-poliizobutilen, yumshatuvchi va kukun to'ldirgich (ohaktosh, dolomit va shu kabi) asosida tavyorlanadi. Mastika choklarga maxsus shprislar vositasida kiritiladi. Bunda mastika almashinuvchi patronlarga joylashtirilgan bo'lib, elektr isitgichlar bilan ta'minlangan termoshkaflarda isitib beriladi.Elastik qistirmalar-zich va g'ovak chilvir (gut) koʻrinishida rezina, poliuretan, sintetik kauchuk asosida ishlab chiqariladi.Poroizol chiqindi rezina kukuni, yumshatgich, g'ovak hosil qiluvchi va antiseptik asosida chilvir ko'rinishida tayyorlangan germetik. Poroizol ko'ndalang kesim o'lchamlari 30x40 mm. va 40x40 mm. boʻlgan toʻgʻri to'rtburchak shaklida va diametri 10-60 mm. boʻlgan chilvirlar ko'rinishida tayyorlanadi.Ular vertikal va gorizontal panel choklarini, panel hamda derazaromlari choklarini va boshqa choklarni zichlashtirishda ishlatiladi.
Polimer kompozitsion materiallarning mustahkamligi katta bo'ladi buning uchun matritsaning chozilishidagi, deformatsiya qiymati to'ldiruvchining deformatsiya qiymatidan katta yoki teng bo'lishi kerak. Ko'pchilik ishlab chiqarish korxonalarida polimer kompozitsion materiallarida mahsulot tayyorlash, shu materiallarni olish texnologiyasi bilan birgalikda olib boriladi.Kompozitsion materiallar xossalariga qo'shimcha elementlar (to'ldiruvchi) ning ta'siri juda katta bo'lganligi uchun ko'pincha shu kompozitsion materialning nomi uning to'ldiruvchisi nomi bilan ham aytiladi. Masalan: grafito-plastlar, shisha tolali kompozitsiyalar, organoplastiklar va ha kazolar Kompozitsion materiallarni makrotuzilishi bo'yicha ham farqlash mumkin. Matritsada to'ldiruvchilar tartibsiz joylashishi mumkin, lekin ko'pincha ularning tartibli joylashishiga erishishga xarakat qilinadi. Xar xil o'lchamga ega bo'lgan to'ldiruvchi va armaturalar birgalikda qatnashganda ularning o'zaro tartibli joylashish imkoniyatlari ko'p bo'ladi.Sanoat chiqindilarida - latta va qog'oz chiqindilaridan foydalanib, ularni yorilishga, darz ketishga qarshiligi katta hamda tebranmayuklanishlarini so'ndiradi. Ishlatishiga qarab ularning konstruktsion, elektrotexnik, egiluvchan jipslanuvchi (germetik) hamda grafitlangan turlari mavjud. Ulardan shovqin chiqarmaydigan katta va kichik tishli g'ildiraklar, podshipniklarning almashinuvi (vkladish) qismlari tayyorlanadi. Ular bronzalarga nisbatan 10-15 barobar uzoq ishlaydi, ishlash sharoiti xarorati 80-90°Cdan oshmasligi kerak. Konstruktsion tekstolitlar juvalash dastgohlarida markazdan qochma kuch asosidagi suv so'rgich (nasos) larda, turbinalarda ishlatiladi.

Download 73.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 73.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

Download 73.77 Kb.